XX asrning so’nggi o’n yilligi va XXI asr boshlarida jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishi mutlaqo yangi sifat o’zgarishlarini boshlab berdi. O’tgan asrning 90-yillari boshlarida jahon siyosiy xaritasida ro’y bergan jarayonlar paradigmasida ko’p qutbli tizimni shakllantirish sari qo’yilgan qadam, jahon xo’jaligi tizimining tubdan qayta qurilishiga olib keldi. Iqtisodiy inqiroz- iqtisodiyotning shunday holatiki, mamlakat yalpi ichki mahsulotining mutlaq hajmi kamida ikki chorak mobaynida ketma-ket qisqaradi. Iqtisodiy inqiroz bozor iqtisodiyotiga xos hodisa bo’lib, ma’lim davriylik bilan takrorlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |