O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TDPU
TABIIY FANLAR FAKULTETI FAKULTETI
‘‘KIMYО’’ KAFEDRASI
‘‘Tasdiqlayman’’
Tabiiy fanlar fakulteti dekani
___________K.A. Saparov
‘‘___’’_________2021- yil
5110300_ ‘‘Kimyo o‘qitish metodikasi’’ ta ‘lim yo’nalishi
4-kurs 403-guruh talabasi Turdiqulova Madina Yoqubjon
qizining
‘‘Kimyoning asosiy tushunchalariga oid hisoblashlar’’
mavzusidagi
KURS ISHI
‘‘Himoyaga tavsiya etildi’’ Kurs ishi rahbari
Kimyo kafedrasi mudiri v.b. Kimyo kafedrasi dotsenti
R.A.Berdiqulov_______ A.Yu.Iskandarov_______
‘‘____”_________2021-y. “____”_________2021-y.
Toshkent- 2021
Mundarija
1. Kirish……………………………………………………..
2. Mo‘l.Modda miqdori va molyar massaga tavsif……………………..
3. Mo‘l, modda miqdori, molekulyar massaga doir masalalar yechish.....
4. Valentlik va oksidlanish darajalariga tavsif………………………….
5. Valentlik va oksidlanish darajasiga oid masalalar…………………..
6. Hajmiy nisbat va unga oid hisoblashlar………………………………
7. Xulosa…………………………………………………………………
8. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………....
ANNATATSIYA
Mazkur kurs ishi ,,Kimyoning asosiy tushunchalariga oid masalalar‘‘mavzusida yozilgan. Kurs ishida masalalar haqida qisqacha hisoblash ishlari olib borilgan.
AHHOTAЦИЯ
Данная курсовоя работа написана по тема « Вопросы, связанные с основаными понятиями химии», В ходе курсовой работы был произведен краткий расчет вопросов,
ANNATATION
This course work is written on ,,Issues related to the basic concepts of chemistry‘‘. In the course work, a brief calculation of issues was made.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida ,,Ta‘lim to‘grisidagi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturi‘‘ uzluksiz ta‘lim tizimini amalga oshirishga ilmiy nazariy asos bo‘ldi. Bu qonunlarda o‘quvchilarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyalash, ma‘rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, o‘quv tarbiya jarayonini si‘fatli joriy etish, o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnalogiyalar bilan ta‘minlash muhim vazifalardan biri etib belgilanmoqdadir.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bajarilishi o‘quv tarbiya jarayonining yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari bilan ta‘minlash ularni ta‘limga milliy yo‘naltirilganligi, ta‘lim va tarbiya uzviy bog‘liqligining ko‘rsatilishi muhim ahamiyatga ega. Ma‘naviyatni shakllantirishga bevosita ta‘sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil-bu ta‘lim va tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma‘naviy hayotimizni yuksaltirishning jamiyatda ezgu, insoniy qadriyatlarlarni keng qaror toptirishda, tobora kuchayib borayotgan , bizning milliy tabiatimiz, urf-odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan har qanday zararli ta‘sirlar, buzg‘unchilik g‘oyalariga qarshi kurashishda, azaliy qadriyatlarni asrab-avaylashda oilaviy mustahkam tayanch deb bilamiz. Shu borada ham jismoniy, ham ma‘naviy jihatlardan yetuk, o‘z mustaqil fikriga ega, oqni-qoradan taraqqiy topgan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga qodir bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash zarur.
Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarining rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda asosiy ta‘lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish ,, Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyot yili ‘‘ Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan. Zero, o‘g‘il-qizlarimizning kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarida yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo tog‘-kon oziq ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda xalqimiz turmush sharoitini va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.
Jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida ta‘lim tizimi oldida ulkan vazifalar turadi. Mamlakatimizda o‘qituvchilarga juda kata ma‘suliyat yuklangan. Vatanimizning kelajagi ularning fidokorona va hayrli mehnatlarining samarasiga bog‘liqdir. Bu faxrli vazifani bajarish uchun o‘qituvchilarning o‘zi har tomonlama yetuk va shakllangan bo‘lishi lozim.O‘qituvchilik bu mashaqqatkli va fahrli kasbdir. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi bo ‘lishi darkor. U o‘z fanining chuqur bilishi bilan birga boshqalarga o‘z bilimlarini soda va tushunarli tarzda yetkaza olishi ham muhim ahamiyatga ega. Shunga asoslangan holda kimyo fanining asosiy vazifalari o‘quvchilarning bilim va ilmiy saviyasini yanada rivojlantirish asosiy vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |