Nizomiy nomidagi tdpu magistratura bo’limining 1-bosqich magistranti Muxamedxodjayeva Mavjudaxon Axbarovnaning “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi bo’yicha



Download 21,99 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2022
Hajmi21,99 Kb.
#490391
  1   2   3
Bog'liq
Muhammad Qoshg\'ariy (3)


Nizomiy nomidagi TDPU magistratura bo’limining 1-bosqich magistranti Muxamedxodjayeva Mavjudaxon Axbarovnaning “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi bo’yicha “Muhammad Sodiq Qoshg’ariy asarlari asosida talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining
A S O S N O M A S I


Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmonida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.
Shu bilan birga tarbiyaning maqsad va vazifalari borasida muayyan xalqning hayotiy tajribasi hamda turmush tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmui; muayyan jamiyatda yashash uchun har bir odam amal qilishi shart sanalgan va urfodat, udum, xulqodob, marosim, anʼana, turmush tarzi, badiiy ijod, uyin singari empirik vositalarda namoyon bo’ladigan amaliy faoliyat hamdir. 
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish maqsadida 2020-yil 31-dekabrdagi O’zbekisron Respublikasi Vazirlar mahkamasining Oila institutinini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora tadbirlari to’g’risidagi 820-son qarori qabul qilingan. Unda zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila — muqaddas”, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat”, “Oila — jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish yoshlarni oilaviy hayotga bosqichma-bosqich tayyorlab borish masalalariga qat’iy to’xtalib o’tilganlikni ko’rishimiz mumkin.
Tadqiqot doirasida Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning ijdoi va bunda oila masalalariga qaratilgan e’tiborga alohida to’xtatlib o’tiladi. Olimning bizgacha juda oz ma’lumotlari yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma’lum bo’lgan “Odob as-solihin” asarining o’ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi.Bizgacha uning “Zubdat al-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”), “Dur al-muzoxir” (“Ko’makdoshlarning durdonasi”) hamda “Tazkirai xojagon” (“Xojalar tazkirasi”) nomli asarlari yetib kelgan.O’zida shaxs va uning tarbiyasini yo’lga qo’yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarni yaratish an’anasi mavjud bo’lgan davrda Muhammad Sodiq g’oshg’ariy tomonidan turkiy tilda “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), “Zubdat as-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”) nomli asarlar yaratildi. “Odob as-solihin” asari 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda Toshkent shahrida va 1891, 1892 hamda 1986 yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari jamiyat a’zolari, shu jumladan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol bo’lishlarida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar har bir inson tomonidan o’rganilishi va kundalik turmushda qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan hulq-odob qoidalarining majmui sanaladi. Shu bois SHarq pedagogikasi tarixida mazkur asar ham Unsurul-Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari kabi o’z o’rni va mavqeiga ega.

Download 21,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish