Низомий номидаги



Download 18,73 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi18,73 Kb.
#765342
  1   2
Bog'liq
Psixologik trening asoslari Qarshiyev Anvar


Низомий номидаги
Тошкент давлат педагогика университети
Педагогика ва психология факультети
Амалий психология кафедраси

302-ПП гуруҳи талабаси


Qarshiyev Anvarning


“Psixologik trening asoslari”


фанидан ОРАЛИҚ НАЗОРАТ ИШИ

Саволлар:


1. Psixologik trening haqida tushuncha (trening tushunchasi, treningni ahamiyati, sehrli tayoqcha tushunchasi)
2. Treningga berilgan ta’riflarning mazmuni (G.I.Makshanov, S.V.Petrushina, O.Gorbushina, L.A.Petrovskaya, I.Vachkov, Devid Li tomonidan berilgan ta’riflar)
3. Treningni maqsad va vazifalari (umumiy maqsadi, umumiy vazifalari, tarkibiy qismlari)

Топширди:



1-саволга жавоб.
Keyingi yillarda jamiyatdagi insonlar salomatligi muammosi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bilan birga quvonarli hol shundan iboratki, har bir kishi o‘z salomatligiga nisbatan ongli munosabatda bo‘lmoqda. Salomatlik deganda nafaqat jismoniy balki, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “...har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ruhan, ham ma’nan” sog‘lom bo‘lishiga e’tibor berilayotganligi bizning yutug‘imizdir. Psixologiyada shaxsga bo‘lgan e’tibor nihoyatda katta bo‘lib, buning birgina isbotini “shaxs” atamasining o‘zinigina ilmiy jihatdan talqin etuvchi 50 dan ortiq ta’riflar mavjudligi bilan izohlash mumkin. Shunga qaramasdan shaxs rivojlanishi, shaxs barkamolligiga berilgan tushunchalar anchagina tarqoq holda bo‘lib, turli psixologik maktablar bu tushunchani turlicha talqin etadilar. Lekin ularning barchasi shaxs barkamolligining asosida ruhiy salomatlik yotishini ta’kidlashgan. Barcha davrlarda, barcha xalqlarda insoniyat va jamiyatning asosiy boyligi, qadriyati sifatida jismoniy va ruhiy salomatligi tan olingan. Qadimdanoq jismoniy va ruhiy salomatlik tabiblar va faylasuflar tomonidan insonning erkin faoliyat yuritishi hamda kamolotining asosiy sharti sifatida tushunilgan. Insonni bio-energo-informasion tizim sifatida qaraladigan bo‘lsa, bu piramidal tizim tana, psixika va ruhiy elementlardan tashkil topgan mukammallik sifatida qabul qilinadi. Bu uchlikdan bittasining buzilishi butun bir tizimning 7 barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, inson salomatligining qay darajadaligi ko‘pgina omillarga: nasliy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va hatto sog‘liqni saqlash tizimiga ham bog‘liqdir. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, 10-15 % oxirgi omil (sog‘liqni saqlash tizimi)ga bog‘liq, 15-20 %ini - genetik omillar, 25 %ini - ekologik omillar va 50-55 %ini esa - insonning hayot tarzi belgilab beradi. Shunday qilib, inson salomatligining qay darajada bo‘lishi asosan insonning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib, uning hayot tarzi, qadriyatlari, ustanovkalari, ichki dunyosi va atrofdagilarga bo‘lgan munosabati asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi kunda mutaxassislar tomonidan o‘tkazilayotgan aksariyat treninglar aynan shu sohaga qaratilgan bo‘lib, ularning soni juda ko‘pdir. Kitob rastalariga chiqarilayotgan kitoblarning bir qismi treninglarning qanday o‘tkazilishi, trenerga qo‘yiladigan talablarga doir ma’lumotlar bilan boyitilgandir. Ulardan foydalanish uchun ularni ma’lum bir klassifikasiyaga keltirish, umumlashtirish lozim bo‘ladi. Shunga ko‘ra, zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida trening haqida aniq bir ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Ma’lumki, trening atamasi bugungi kunda juda ko‘p ishlatilmoqda. Hatto bu atama bugungi kunning eng urf bo‘lgan va ommaviylashgan atamalaridan biri bo‘lib qoldi desak, xato bo‘lmaydi. Bugungi kunda odamlar orasida trening atamasini tushunishda ikki xil yondashuv mavjud bo‘lib, birinchi toifadagilar aksariyat shu sohadan xabardor bo‘lgan kishilardir. Ular treningni istalgan hayotiy muammolarni yecha oladigan “sehrli tayoqcha” sifatida qabul qilishadi, ikkinchi toifadagilar esa bu sohadan xabardor bo‘lmagan yoki bu sohani tan olmaydiganlar bo‘lib, ular treningni vaqt va mablag‘ni bekorga sarflashdan boshqa narsa emas, deb tushunishadi. Hatto bir xil maqsadda o‘tkazilgan ma’lum bir trening mashg‘ulotida ishtirok etgan bitta guruhdagi kishilarning treningga bergan bahosi ham turlicha bo‘lishi kuzatiladi. Xo‘sh, trening nima o‘zi? Bu atama treningda bir marotabagina ishtirok etgan kishi uchun hech qanday ta’riflashsiz tushunarlidir. Treningda ishtirok etmaganlar uchun esa bu atamani tushuntirish anchagina murakkab kechadi. 8 Treningda ishtirok etmagan kishiga trening haqida gapirib berishni go‘yoki yetilib pishgan olchani yemagan kishiga uning mazasi va ta’mini tushuntirishga harakat qilishga qiyoslash mumkin, ya’ni uning mazasini to‘liqligicha tushuntirib bo‘lmaydi va buni shu mevani yeb ko‘rgandagina bilish mumkin, xolos. Xuddi shuningdek trening haqida bilish, uni nima ekanligini his qilish uchun hech bo‘lmaganda bir marotaba trening mashg‘ulotlarida ishtirokchi sifatida qatnashib ko‘rish lozim.

Download 18,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish