Bog'liq Psixologik trening asoslari Qarshiyev Anvar
2-саволга жавоб Treningga ta’rif berish yoki uni tushuntirishda turli mualliflar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjuddir. Masalan, G.I.Makshanov «Trening - bu amaliy psixologiyaning faol metodlariga asoslangan psixologik ta’sir amaliyotidir» deydi. S.V.Petrushina esa bu atamaga quyidagicha tavsif beradi: “Trening – ijtimoiy-psixologik kompitentlikni rivojlanishiga qaratilgan guruhiy amaliy psixologiya sohasidir”. O.Gorbushinaning fikriga ko‘ra, “Trening – bu shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan va hissiyotlarga boy bo‘lgan mashg‘ulotdir”. Treningni klassik psixologiya yo‘nalishiga ko‘ra ma’nosi shunday: “Shaxsning o‘zini anglashi, guruhlarda shaxslararo munosabatlar va muloqotga kirishish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan guruhiy metodlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan mashg‘ulot”. Treningni psixologik ta’sir sifatida qaragan L.A.Petrovskaya shunday ta’riflaydi: "Butun bir trening mashg‘uloti yoki har bir alohida mashg‘ulot o‘zaro ta’sirlardan iborat bo‘ladi. O‘zaro ta’sir metodlari guruh yoki shaxsda ma’lum bir o‘zgarishlarni hosil qilishga yo‘naltirilgandir". Trening atamasini tushuntirishda quyidagicha qarashlar ham mavjuddir: Trening tushunchasi ta’lim, rivojlanish va o‘qitish tushunchalari yordamida aniqlashtiriladi. O‘qitish va trening tushunchalarini bir-biri bilan aralashtirish kerakmas, lekin ayrim paytda trening o‘qitishning ma’lum bir shakli hisoblansa, ba’zida esa o‘qitishni treninglar orqali amalga oshirilishi ko‘pchilik tomonidan tan 9 olinadi. Shularni hisobga olgan holda, trening tushunchasini o‘qitish, rivojlanish kabi tushunchalar bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlash mumkin. Shunday ekan, trening o‘qitishning bir usuli sifatida rasmiy ta’limning o‘rnini bosish uchun emas, balki uni to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Agar treningni mashq sifatida tushunilsa, u holda ta’limiy faollikning shakllaridan biri hisoblanadi va ta’lim dasturiga kirib boradi. Aynan shu ma’noda u oliy ta’limdan keyingi ta’limning turli tizimlarida ham keng qo‘llaniladi. 10 Ammo sof psixologik ma’noda psixologik treninglar yuzasidan ish olib borgan mutaxassislarning fikrlari boshqacharoq bo‘lib, ularning aksariyati trening mashg‘ulotlari o‘yin va mashqlar orqali amalga oshirilishiga hamda trening jarayonida ko‘nikma, malakalar hosil qilinishiga e’tibor qaratganlar. Jumladan, I.Vachkovning fikriga ko‘ra, “Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar – bu psixologik ta’sirning ma’lum bir yo‘nalishi bo‘lib, guruhiy ishning faol usullarini qo‘llash asosida o‘tkaziladi”. Devid Li esa: “Trening tushunchasining mohiyatini “Guruhiy treninglar – ikki yoki undan ortiq kishilar ishtirok etadigan va ishtirokchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga qaratilgan har qanday jarayondir”, deb tushuntiradi. Yana bir ta’rif: “Trening – insonning bilimlari, ko‘nikmalari va ustanovkalarini rivojlantiruvchi rejalashtirilgan va tizimga solingan o‘qitish mashg‘ulotlari bo‘lib, bu mashg‘ulotlar natijasida inson bir yoki bir necha faoliyatni birvarakayiga bajara olish yo‘llarini o‘rganadi”. Psixologiya tarixida trening o‘qitishning keng tarqalgan shakli faol ijtimoiypsixologik treninglar bo‘lib, L.A.Petrovskiy ijtimoiy-psixgik treningga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: “Trening – shaxslararo munosabatlardagi ijtimoiy 11 ustanovkalar, tajribalar, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga qaratilgandir, shuningdek, u muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir”. G.A.Kovalev esa treningni “...ijtimoiy psixologik o‘qitishning aktiv ijtimoiy didaktik yo‘nalishidir”, deb ta’riflaydi. Trening — guruhiy ishlashning faqatgina informasiyalar almashishning intensiv shakli bo‘lib qolmasdan, balki ishtirokchilarda shaxsiy tajriba va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotdir. Trening jarayonida turli xil muammo va vaziyatlarni “o‘ynash” natijasida bu vaziyatlarni tahlil qilish, o‘ziga xos tajribaga ega bo‘lish asnosida ishtirokchilar hayotdagi ayni shu vaziyatlarda nima qilish kerakligini anglab oladilar. Trening termini ingliz tilidagi “train”, “training” so‘zlaridan olingan bo‘lib, ko‘plab ma’nolarga ega, ya’ni: o‘qitmoq, tarbiyalamoq, mashq (trenirovka) qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko‘p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga aynan mos keladi. Trening so‘zining lug‘aviy ma’nosi “mashq qilish”, “takrorlash” ma’nolarini bildirsada, psixologik trening haqida gap ketganda, bu atama ko‘pchilik tomonidan “muammolarning yechimi topiladigan mashg‘ulot” sifatida qabul qilinishini yuqorida ta’kidlab o‘tdik. Bu sohada ish olib borgan olimlarning fikrlaridan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, aslini olganda trening mashg‘ulotlari kishilarning muammolarini hal qilmaydi, balki shu muammolarning asosini taxlil qila olish uchun lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. Ya’ni, bizningcha TRENING – shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida turli xil o‘yin va mashqlar orqali o‘tkaziladgan mashg‘ulotdir. Trening — bu guruhiy faoliyatning intensiv shakli bo‘lib, unda asosiy urg‘u ma’lumotlarni uzatishga emas, balki ishtirokchilarda shaxsiy tajriba va ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratiladi. Buni shunday tushunish mumkinki, treningda turli xil vaziyatlar va muammolarni o‘yin orqali o‘zida sinab ko‘rar ekan, 12 shaxs egallayotgan tajribasi orqali real hayotdagi vaziyatlarga anchagina moslashuvchanroq bo‘lib boradi. Qisqacha aytganda, psixologik trening shaxsga turli hayotiy vaziyatlarda zo‘riqmasdan harakat qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, ijtimoiy iqtisodiy yo‘nalishdagi treninglar ham mavjud bo‘lib, ular ayrim tashkilotlarning rejalashtirilgan faolligini oshirishga, tashkilot ishchi-xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirishga, kasbiy ko‘nikmalarini yaxshilashga yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi attityud (ustanovka)lar modifikasiyasini o‘zgartirishga hamda jamoaning ijtimoiy xulq-atvorini korreksiyalashga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tizimidan iborat bo‘ladi.
3-саволга жавоб
Har qanday trening maqsad qo‘yishdan boshlanadi. Trenerning amalga oshiradigan ishlari, guruhni treningga tayyorlash va trening mashg‘ulotni o‘tkazish – bularning hammasi dastlabki qo‘yilgan maqsad atrofida shakllanadi va rivojlanadi. Shuning uchun dastlabki maqsad qanchalik aniq shakllantirilgan bo‘lsa, qanchalik aniq tarzda yetkazib berilsa va barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinsa – mana shu narsa treningda erishilgan yutuqning nechog‘lik yuqori darajada ekanligini belgilab beradi. Aynan erishilgan yutuqning maqsadga bog‘liqlik mutanosibligi mutaxasislarning ta’kidlashlaricha, yutuqning 80%i maqsadning qanchalik aniq shakllantirilganligiga bog‘liqdir. Yaxshi shakllantirilgan maqsadning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 1. Maqsad erishsa bo‘ladigan bo‘lishi kerak. Ya’ni trener qo‘yilgan maqsadning natijasini ko‘ra olishi lozim. Masalan, Hindiston fuqarosi bo‘lgan odam o‘z oldiga AQSh prezidenti bo‘lish maqsadini qo‘yishiga o‘xshash noaniq natijali maqsadlar qo‘yish treningni samarsizligiga olib keladi. 2. Maqsadni shakllantirishni shunday boshlash lozimki, uning natijasi maksimal darajada trenerga bog‘liq bo‘lsin. Bittagina odamga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydigan kishi butun bir guruhga o‘z ta’sirini o‘tkazishi va ularning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi unchalik ishonarli hol emasligini hamma biladi. 13 3. Maqsad qo‘yishda va unga erishishda har doim aniq va eng kichik vazifalardan boshlash lozim. Shuning uchun birinchi maqsad eng qisqa muddatda erishish oson bo‘lgan maqsad bo‘lishi kerak. Bunda albatta global hayotiy maqsadlarni emas, balki kichkina kundalik maqsadlarni qo‘yishdan boshlagan ma’qulroq. Barcha mashg‘ulotlar kabi har bir trening mashg‘uloti o‘zining maqsadiga va shundan kelib chiqib ma’lum bir vazifalariga ham ega bo‘ladi. Treningni maqsadi va vazifalariga aniqlik kiritishga harakat qilamiz, odatda, psixologik treninglarning maqsadlari qo‘yilgan muammoga bog‘liq holda shakllantiriladi. Treninglarda quyidagicha maqsadlar qo‘yilishi kuzatiladi: Shaxsda muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish; Hayotdagi qarama-qarshiliklarini to‘g‘ri tushuna olish va tahlil qilishga o‘rgatish; Shaxsning ichki holati (ruhiyati)ni o‘zgartirishga erishish; Shaxs kamoloti uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni hosil qilish; Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmasini hosil qilish va h.k. Treningda vazifa sifatida har bir tanlab olingan muammo yuzasidan ma’lum jihatlar nazarda tutiladi. Lekin umumiy holda psixologik treninglarning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: Guruh a’zolarining bir-birlari bilan tanishuvini tashkil etish; Guruh a’zolari bilan birgalikda normalarga amal qilishga o‘rganish; Guruh a’zolarining muammolarini gapirtirishga sharoit yaratish; Guruh a’zolari o‘rtasida o‘zaro do‘stona muhit yaratish; Guruh a’zolarining o‘zaro jipsligini, ahilligini ta’minlash; Guruh a’zolarida turli xil hayotiy ko‘nikma va malakalarni hosil qila oluvchi mashg‘ulotlar tashkil etish. Guruh a’zolarining “qayta aloqa”sini tashkil etish