Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti “Pedagogika va Psixologiya”mutaxassisligi II bosqich magistranti Mamatova Aziza Maxamatdjonovnaga
|
TAVSIFNOMA
Stajirovka oʻtash magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tashkillangan eng maqsadli yo’nalishdan biri bo’lib, u dissertatsiya ishidan keying asosiy ko’rsatkichlarni va bilimlarni baholash uchun ,maqsadli kasbiy ta’lim o‘quv reja va dasturlarini o‘zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish bo’lib, uning maqsadi oliy ta’lim muassasasi oʻqituvchisi sifatida tayyorlanayotgan magistrantlarning ilmiy-nazariy bilimlarni egallashi, tahlil eta olishi, zarur boʻlsa oʻz munosabatini tanqidiy bayon eta olishi, egallangan ilmiy-nazariy bilimlarni bevosita amaliy tadbiq etib, ilmiy pedagogik tadqiqotlar va tajriba-sinov ishini tashkil etish, ilmiy pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish koʻnikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Stajiyor-magistrant Mamatova Aziza Maxamatdjonovna stajirovka mobaynida o’ziga biriktirilgan ilmiy amaliyot rahbari bilan birga dasturda belgilangan vazifalarni sidqidildan bajardi. Stajirovka mobaynida kafedrada ashkillangan tadbirlarda faol ishtirok etdi, o’zining ilmiy qarashlari bilan bo’lishdi va amaliy naijalar ustida ishladi. Tadqiqotchi o’z oldiga qo’ygan maqsadi sari intiladigan, innovatsion texnologiyalardan unumli foydalana oladigan va oʻzining harakatchanligi, bilimi, oʻz ustida ishlashi, ijodkorligi, qobiliyatliligi, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish koʻnikmasining yuqoriligi va pedagogikaga psixologiyaga va boshqa fanlarga oid bilimlarni oʻzlashtirishga qiziqishi bilan institut hodimlarida yaxshi ta’surot qoldirdi.
Stajirovka oʻtash davomida stajiyor-magistrant Institutning ichki tartib qoidalari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yoʻnalishlari, tashkilotdagi loyihalar bilan tanishdi. Institut ilmiy faoliyati, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, tashkilotda stajirovka oʻtashning talab va shartlari bilan tanishdi va me’yoriy hujjatlarni oʻrgandi hamda tahlil qildi. Respublika ilmiy – pedagogika kutubxonasida tadqiqotning tajriba – sinov ishlari natijalarini tahlil etish va rasmiylashtirish bilan shug‘ullandi.
Mamatova Aziza Maxamatdjonovna nafaqat pedagogika va psixologiyaning amaliy tadqiqotlarini, balki iqtisodchi kasbi egasi bo’lganligi sababli, iqtisodiyoni pedagogika va psixologiyaga integratsiyalashgan holda fanga yangiliklar taqdim etishi bilan ham boshqa stajyorlardan ajralib turdi. Ilmiy ishining oxirgi bosqichlarida sinov tajriba jarayonida olib borayotgan metodlari va qo’llayotgan treninglari o’zi kabi tadqiqotchilarda ham ulkan qiziqish uyg’otdi.
O’ylaymizki, Mamatova Aziza Maxamatdjonovna kelajakda yosh avlodga bilim va saviyasini o’zgacha metodlar orqali bera oladigan yetuk, jahon sandarlariga mos tushuvchi kadr bo’lib yetishadi.
Unga bildirilgan ishonchni oqlaydi, va kelajakda ulkan marralarga erishadi.
Bu yerda stajirovka rahbaringiz boladi
Do'stlaringiz bilan baham: |