Ibragimov TOJIDDIN 211-guruh
6-topshiriq savollari
1.Iqtidorli talabalar ilmiy jamiyati, uning maqsadi va talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishdagi o’rni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3151-sonli qarorining 7-bandi hamda 2017 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3207-sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi boʻlimi Nizomi va har yili institut rektori tomonidan tasdiqlangan boʻlimining yillik ish rejasiga muvofiq yuritadi. Institut Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshiradi:
Boʻlimning asosiy maqsadlari:
- institut iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy loyiha va grantlarga keng jalb etishni tashkil etish boʻlimidir;
- iqtidorli talabalar va magistrantlarniOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini taʼminlash;
- kafedralar, fakulʼtetlarda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarish;
- kalabalargaoʻz iqtidorini roʻyobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlar, professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash;
- kafedralarda olib borilayotgan dolzarb, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga talabalarni faol qatnashishiinitaʼminlash;
-“Eng yaxshi talaba ilmiy ishi” tanlovini tashkil qilish va oʻtkazish;
- iqtidorli talabalarni doimiyragʻbatlantirib borish va Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stependiyasi uchun oʻtkaziladigan tanlovga yosh olimlarning nomzodlarini tavsiya etish;
- kasbiy tayyorgarlik boʻyicha ularning ijodiy, intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatga keng ilmiy jamoatchilikni jalb qilish;
- talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarini, fan olimpiadalarini va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |