Nizamiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 47,08 Kb.
bet1/8
Sana14.06.2022
Hajmi47,08 Kb.
#670467
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABDURASULOV SHUHRAT QUDRATOVICH.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZAMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSİXOLOGIYA FAKULTETI

PEDAGOGIKA KAFEDRASI

IJTIMOIY PEDAGOGIKA” FANIDAN


KURS ISHI

Mavzu: Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida adolatli ijtimoiy siyosat va inson kapitalini rivojlantirish masalalari.
Bajardi: 201-guruh (2-OTM) talabasi:
ABDURASULOV SHUHRAT QUDRATOVICH.

Ilmiy rahbar:
VAHOBOV ANVAR ABDUSATTOROVICH.

TOSHKENT – 2022


MUNDARIJA:

Kirish ………………………………..……………..

I BOB Mavzuning adabiyotlardagi tahlili..........................
1.1-§ Taraqqiyot strategiyasi haqida ………………….
1.2-§ Inson kapitalini rivojlantirish masalalari haqida tushuncha……………

II BOB Mavzuning emperik o’rganilishi............................
2.1-§ Inson kapitalini rivojlantirish taraqqiyotning muhim omili sifatida…………….
2.2-§ Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida adolatli ijtimoiy siyosat…………………………………….…………………

Xulosa …………………………………………………
Foidalanilgan adabiyotlar ruyhati…………………………

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) kelgusi 5 yil davomida mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarga asos soldi. O‘tgan davr mobaynida qanday amaliy natijalarga erishildi?
Darhaqiqat, Strategiya besh yo‘nalishga bo‘lingan bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish kabi muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan edi. Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida jami 300 ga yaqin qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 mingdan ortiq qarori qabul qilindi.
Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida erishilgan natijalar haqida gapirganda, 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini alohida ta’kidlash joiz. Harakatlar strategiyasining besh yilida Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 5 million 780 mingdan ortiq murojaat ko‘rib chiqilib, ularning 3 million 288 mingdan ortig‘i qanoatlantirildi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining Oliy Majlis – parlamentga har yilgi Murojaatnomasi amaliyoti joriy etildi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi isloh qilindi.
Bundan tashqari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlislarida “Hukumat soati” instituti – hukumat aʼzolarining deputatlar savollariga javoblarini tinglash joriy etildi. Xususan, 2018-2021-yillarda 30 marta “hukumat soati” o‘tkazilgan bo‘lib, unda 41 nafar hukumat a’zosi deputatlar savollariga javob qaytargan. Muhim jihati shundaki, 2021 yildan boshlab tinglovlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritiladi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish maqsadida sudlarni “adolat qal’asiga” aylantirish, jumladan, Oliy sud faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirildi, jinoyat ishlarini qo‘shimcha tergovga qaytarish instituti bekor qilindi. Sudyalarning daxlsizligini ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish maqsadida Sudya inspeksiyasi tashkil etildi.
2017–2021-yillarda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muhim qadamlar qo‘yildi. Jumladan, uzoq yillar davomida mamlakatimiz aholisi uchun og‘riqli masala bo‘lib kelgan “propiska” tizimi ham isloh qilindi. Shuningdek, fuqarolikka qabul qilish tartibi soddalashtirilib, buning natijasida 2018-2021-yillarda 70 mingdan ortiq kishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Gender tengligini ta’minlash sohasida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan yigirmadan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining gender tengligini ta’minlash komissiyasi tuzildi va 2030 yilgacha mamlakatimizda gender tengligiga erishish strategiyasi tasdiqlandi
Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish. Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish maqsadida mahallalar vakolatlarini kengaytirish, ularning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish.
Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani ta’minlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish. Mahalladan turib barcha davlat idoralariga murojaat qilish tizimini yaratish, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish.
Mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish. Mahallalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, barcha mahalla raislari va hokim yordamchilarida boshqaruv asoslari, bandlikni ta’minlash, bank-moliya, tomorqa, er, chorvachilik va parrandachilik bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi institutining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish. Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish. Davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni jamlovchi markazlashgan tizimni yaratgan holda ularni ko‘rib chiqish muddati va sifati ustidan raqamli nazorat o‘rnatish, aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir qiluvchi masalalar bo‘yicha murojaatlar tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash.
“Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqparvar davlat” milliy dasturi izchil amalga oshirilishini ta’minlash. Jamoatchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etib, uning fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va aholini qiynayotgan muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash jarayoniga faol jalb etish.

Download 47,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish