Oddiy va murakkab nivelirlash.
Ikki nuqtaning bir-biriga nisbatan balandligi bu nuqtalar orasiga nivelirni bir marta o‘rnatishda aniqlansa, bunga oddiy nivelirlash deyiladi.
Ikki nuqtaning balandliklari orasidagi farq katta bo‘lgan hollarda yoki bir- biridan uzoq joylashgan ikki nuqtaning nisbiy balandligini aniqlashda bu ikki nuqta oralig‘i bo‘laklarga bo‘linib, har bir bo‘lak alohida-alohida nivelirlanadi, bunga murakkab nivelirlash deyiladi.
Murakkab nivelirlashda yer sathining dumboqligi va refraksiya nivelirlash natijasiga kamroq ta’sir etishi va reyka bo‘laklari yaxshiroq ko‘rinishi uchun nivelirdan reykagacha bo‘lgan masofa odatda 50-75 m qilib olinadi.
A va V nuqtalar oralig‘i bir necha bo‘lakka bo‘linib nivelirlanadi. Reyka o‘rnatilgan nuqtalar (piketlar) - A va V hamda 1, 2, 3, 4 raqamlar bilan nivelir o‘rnatilgan nuqtalar (stansiyalar) va I, II, III, IV va V bilan, reyka va nivelirning ko‘chirilishi tartibi esa strelkalar bilan ko‘rsatilgan.
Perpendikulyar piketga o‘rnatilgan reyka I stansiyada - oldingi, II stansiyada esa ketingi reyka bo‘ladi. Piket ikki qo‘shni stansiyani bir-biriga bog‘laganligi uchun bog‘lovchi nuqta deb ataladi. 1, 2, 3, 4 - nuqtalar bog‘lovchi nuqtalar bo‘lib hisoblanadi.
Nivelirlanishi kerak bo‘lgan nuqta bog‘lovchi nuqtalar oralig‘ida (S va D) joylashgan bo‘lsa, ularga oraliq nuqta deyiladi. Oraliq nuqtalar balandlikni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatib berishda qatnashmaydi. Shuning uchun ular har bir stansiyada bog‘lovchi nuqtalar nivelirlanib bo‘lgandan keyin nivelirlanadi. Orqadagi reykani oldinga ko‘chirishda reyka bir yo‘la oraliq nuqtalarga ham o‘rnatilib nivelir yordamida ulardan sanoqlar olinadi. Bog‘lovchi nuqtalardan olingan sanoqlardan foydalanib, har bir nuqtaning qo‘shni nuqtaga nisbatan balandligi, so‘ngra absolyut balandligi hisoblab chiqariladi.
I, II, III, IV va V stansiyalardagi bog‘lovchi nuqtalarning nisbiy balandliklari quyidagiga teng:
h1 q a1 - b1 h2 q a2 - b2
....................
hn q an - bn
Nivelirlangan barcha stansiyalardagi nuqtalarning nisbiy balandliklari yig‘indisi oxirgi V nuqtaning boshlang‘ich A nuqtaga nisbatan nisbiy balandligi bo‘ladi:
hAB q a - b
Bog‘lovchi nuqtalarning absolyut balandliklari quyidagiga teng bo‘ladi.
H1 q HA Q h1
H2 q H1 Q h2 va HB q Hn Q hn
Agar 1, 2, 3 va 4 nuqtalarning absolyut balandligini aniqlash talab qilinmasa oxirgi V nuqtaning absolyut balandligi quyidagicha hisoblanadi:
HB q HA Q hAB
Asbob gorizonti
Hi q H3 Q a4
Oraliq nuqtalar absolyut balandliklari Hc q Hi - C1
HD q Hi - C2
Bir-biridan uzoq joylashgan nuqtalar oralig‘ida bir nuqtadan ikkinchisiga absolyut balandlikni uzatish maqsadida bajarilgan murakkab nivelirlash ishi bo‘ylama nivelirlash deyiladi. Bo‘ylama nivelirlashda absolyut balandlikning boshlang‘ich nuqtadan oxirgi nuqtaga uzatilishida bog‘lovchi nuqtalar ishtirok etmasa, bunga oddiy bo‘ylama nivelirlash deyiladi.
Nivelirlanayotgan chiziqning profilini tuzish uchun bu chiziqdagi barcha harakterli nuqtalarning absolyut balandliklarining aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘ylama nivelirlash trassani nivelirlash deb ataladi. Trassani nivelirlashda barcha bog‘lovchi nuqtalar hamda trassadagi oraliq nuqtalar o‘rni qoziq qoqib belgilanadi.
Ba’zi bir qidiruv va tekshiruv ishlarida nivelirlanishi kerak bo‘lgan chiziq atrofidagi nuqtalarning absolyut balandliklarini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Bunday paytda trassa kerakli joylariga qoziqlar qoqib perpendikulyar chiziqlar bilan belgilanib nivelirlanadi. Bunga ko‘ndalang nivelirlash deyiladi.
Injenerlik inshootlari loyihasini tuzish hamda loyihani joyga ko‘chirish va inshootlarni qurish maqsadida bajariladigan nivelirlash injener-texnik nivelirlash deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |