NIVELIRLASH TURLARI
Yer sirti nuqtalari orasidagi nisbiy balandliklarni aniqlash
nivelirlash deyiladi. Nivelirlashning quyidagi turlari mavjud:
geometrik — ufqiy ko‘rish nuri yordamida nisbiy balandlik aniqlanadi;
trigonometrik — o‘lchangan qiyalik burchagi va masofa orqali nisbiy balandlik hisoblanadi;
barometrik — nuqtada atmosfera bosimi bilan balandlik orasidagi bog‘lanishni aniqlashga asoslanadi, barometrlarda amalga oshiriladi;
gidrostatik — tutash idishlarda suyuqlik sathining baravar turishiga asoslanadi;
mexanik — shovun ta’siriga asoslangan moslamali nivelir avtomatlar yordamida bajariladi;
fotogrammetrik — qo‘shni fotosuratlarni stereoskopik ish- laydigan maxsus asboblar yordamida amalga oshiriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan nivelirlash turlaridan eng ko‘p qo‘llani- ladigan va anig‘i geometrik nivelirlash usulidir, trigonometrik nive- lirlash, asosan, topografik syomkalarni bajarishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |