Bu usulda joydagi nuqtalarning balandliklardagi farq o‘zaro bog‘liq ikkita idishdagi suyuqlik sathini kuzatish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usulda nuqtalarning nisbiy balandligi 1-2 mm aniqlikda topiladi. Montaj ishlarida, yirik inshootlarning deformatsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak bo‘lganda va boshqa ishlarda gidrostatik nivelirlash qo‘llaniladi. Bu usul sodda bo‘lib, undan yopiq, tor va qorong‘i joylarda ham foydalanish mumkin.
Radionivelirlash.
Bu nivelirlash radio to‘lqinning samolyotdan yerga, yerdan samolyotga yetib borish vaqtiga qarab samolyotning qanday balandlikda uchayotganini bilish imkoniyatini beradi. Samolyotning uchayotgan balandligi radiovo‘sotomer degan asbob yordamida 5 m gacha aniqlikda topiladi. Keyingi vaqtlarda radionivelirlash turli qidiruv ishlarida hamda turli masshtabda topografik kartalar tuzishda qo‘llanilmoqda.
Stereofotogrammetrik nivelirlash.
Bu usulda joyning samolyotdan turib olingan aerosuratlariga qarab maxsus fotogrammetrik asboblar yordamida nuqtalarning balandligi aniqlanadi va relef gorizontallar bilan chiziladi. Bu xildagi nivelirlash ishlarining asosiy qismi korxonada bajarilganligidan vaqt va mablag‘ ancha tejaladi.
Stereofotogrammetrik nivelirlash turli masshtabdagi topografik kartalar tuzishda qo‘llaniladi.
Geometrik nivelirlash usullari.
Geometrik nivelirlashda ishlatiladigan asbob - nivelir. Nivelirning teodolitdan farqi sho`qi, uning qarash trubasi zenit bo‘yicha aylanmaydi, chunki u gorizontal vizirlashga moslangan. Qarash trubasining vizir o‘qini yonidagi silindrik adilak hamda ko‘tarish vintlari yordamida gorizontal holatga, ya’ni ish bajaradigan holatga keltirish mumkin.
Geometrik nivelirlashda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi, ya’ni nuqtaga balandligini topishning bir necha xil yo‘li bor. Shularni ko‘rib chiqamiz.
Oldinga nivelirlash.
Joydagi ikki nuqtaning (A va V nuqtalar) bir-biriga nisbatan balandligini aniqlash kerak deylik. Buning uchun A nuqtaga nivelir, V nuqtaga reyka tik qilib o‘rnatiladi. Nivelir ishlaydigan holatga keltirilib, qarash trubasi reykaga vizirlanadi va v-sanoq olinadi. Asbobning reyka yoki ruletka bilan ulangan balandligi (A nuqtadan nivelir qarash trubasining gorizontal holatdagi vizir o‘qigacha bo‘lgan oraliq) i ga teng bo‘lsa, V nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi h q i - b bo‘ladi.
Demak oldinganivelirlashdabir nuqtaning ikkinchi nuqtaga nisbatan balandligi reykadan olingan sanoqni asbob balandligidan olib tashlagandan keyin qolgan songa teng.
Agar reykadan olingan sanoq asbob balandligidan katta, ya’ni i < b bo‘lsa, nisbiy balandlik ishorasi manfiy, agar i > b bo‘lsa ishora musbat bo‘ladi.
Birinchi nuqta A ning absolyut balandligi (NA) hamda bu nuqtaga nisbatan ikkinchi nuqta V-ning balandligi (hAB) ma’lum bo‘lgach, ikkinchi nuqta (V) ning absolyut balandligi quyidagicha hisoblab chiqariladi:
HB q HA Q HAB Ikkinchi nuqta absolyut balandligining bunday hisoblab chiqarishiga absolyut balandlikni nisbiy balandlik bo‘yicha aniqlash deyiladi.
Ikkinchi nuqtaning absolyut balandligini asbob gorizonti yordamida aniqlash ham mumkin. Asbob gorizonti deganda nivelir vizir o‘qi yo‘nalishining absolyut balandligi tushuniladi. Asbob gorizonti (Hi) quyidagiga teng:
Hi q HA Q i
Ikkinchi (V) nuqtaning asbob gorizonti metodida aniqlangan absolyut balandligi: