Tabiatshunoslik ta‘limi jaaryonida o’quvchilarning ongligi va ijodiy faolligining namoyon bo’lishi.
Boshlang’ich tabiatshunoslik bilimlari tabiat hodisalarini ilmiy asosida tushunishda, tabiiy hodisalar orasidagi oddiy bog’lanishlarni tushunib yetish, tabiat boyliklaridan insonning foydalanishi va tabiatni muxofaza qilish ishlarini bolalar ongiga yetkazish dasturning muxim vazifalaridan biridir.
O’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili: 1) o’quvchilarning o’qishga ongli va ijodiy munosabatda bo’lishlarini; 2) o’rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushvmganlarini ifodalay olishlarini; 3) o’qishning ijodiy harakterda bo’lishini ; 4) bilimlarni amaliyotda ongli qo’llashni va ularni ishonchga aylanishini o’z ichiga oladi. Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o’qituvchiga taalluqlidir, u o’quvchi oldida to’rgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshi bajarishga qiziqish uyg’otishi kerak.
O’qitishda onglilikni namoyon bo’lishining oliy shakli o’quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o’tkazilgan ko’zatishlarni tavsiflash va o’qituvchi taklif qilgan mavzu bo’yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog’liq bo’ladi.
O’qitishning ko’rgazmalilik tamoyili. Ko’rgazmalilik tamoyilidan foydalanishning asosiy vazifasi o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o’qitishni nazarda tutadi. Ko’rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o’rganishning datslabki bosqichlarida juda muhimdir, chunk! kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’rganlarida hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to’g’ri tushuncha va xulosalar hosil bo’lishiga yordam beruvchi bilimlar olishlari kerak.
Tabiatshunoslik bo’yicha datsurning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o’rganishga, tirik tabiat burchagida, maktaboldi maydonchalarida tajribalar, ko’zatishlar o’tkazishga imkon beruvchi rnetodlarning qo’llanilishini, ya‘ni o’quvchilarning bevosita ko’z bilan yoki bevosita ko’rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan, shuningdek, ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan ko’rgazmali tamoyilidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas.
Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni mashg’ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik tabiat burchagidagi,zooparkdagi o’simliklar, hayvonlar, gerbarivlar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba ko’rinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli ko’rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko’rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir.
Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish asosida o’qitish, ayniqsa, bolalar tarbiyasining ertangi bosqichlarida, tafakko’rning, ko’zatuvchanlikning faollashishiga yordam beradi, o’rganilayotgan masalalarga o’quvchilar qiziqishini oshiradi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga o’rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashib, o’zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlarning mutsahkamligini ta‘minlaydi.
Tabiat jismlari va hodisalari yuzasidan olib borilgan ko’zatishlar materialni tushunib olishga va o’zlashtirilganlarni mutsahkamlashga, o’qituvchi rahbarligida tabiat hodisalari o’rtasidagi chuqur bog’lanishlarni aniqlashga, jismlar to’g’risidagi fikrlar bilan ko’rishganlarini taqqoslashga imkon beradi.
So’z bilan qabul qilish, so’z bilan tasawur etish o’rtasida puxta bog’lanishlarning vujudga kelishi o’quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to’g’risida o’qituvchi hikoya qilib berganlarning va ular to’g’risida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tushunib olishlariga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |