Bevosita ta’lim usuli – namuna, izoh, savol, bola javobini baholash, ko’rsatma berish va boshk. Mashg’ulot, o’kuv vazifasining maksadiga karab bir mashg’ulotda aynan bitta usulning o’zi yetakchi, boshka bevosita usullar esa – ko’shimcha usullar bo’lishi mumkin. Masalan, hikoya kilib berishga oid mashg’ulotda namuna yetakchi usul bo’ladi, boshka usullar – reja, savollar esa – ko’shimcha usul bo’ladi.
Bilvosita usullarga eslatish, maslahat berish, aytib turish, tuzatish kiritish, mulohaza bildirish, lukma tashlashlar kiradi.
Bitta mashg’ulotda butun usullar majmuasidan foydalanish tavsiya etiladi: masalan: narsalarni takkoslashni uning nomini aytish (so’z namunasi), tushuntirish, badiiy so’z va hokazolar bilan birgalikda amalga oshirish tavsiya etiladi. Pedagog mashg’ulotlarning umumiy borishini oldindan ўylab olishi, zarur ta’lim usullarini belgilab olishi zarur. Kerakli usullarning asosli va okilona tanlab olinishi ko’p jihatdan har bir mashg’ulotning muvaffakiyatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |