2.3 Nutqni tushunishni rivojlantirishning asosiy metodik usullari
So‘zlarni tushunishni o’rgatishda bolalarga nafakat ular karab turgan narsalarning va ularning o’zlari bajarayotgan harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko’rsatish va ularni kiziktirish zarur. Bu usul «ko’rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi.
Ko’pincha bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli odam undan so’raydi: «falon narsa kaerda?», birok biz uni amaliy ish bilan mustahkamlamasak, ya’ni «ko’rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning nomi o’rtasidagi bizga zarur bo’lgan shartli alokani o’rnata olmaydi, o’z-o’zidan u ushbu so’z ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa kaerda» degan savol bilan bolada u tushuna oladigan so’zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Masalan, «soat» deganimizda bola ko’zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan soat kaerdaligini tez-tez so’rab turish lozim. Birok bu o’rinda savol emas, aynan soatni ko’rib va eshitib kabul kilish vaktlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi ahamiyatga egadir.
Ammo katta yoshli odamning fakatgina ushbu usul mohiyatini tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga kizikarli kilib ko’llashni ham o’rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutki birmuncha o’ziga xos bo’ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga undayotgan so’zni hadeb bir xil ohangda kaytaravermasdan iboralarni ham aytishi lozim. Ko’rsatilayotgan narsa bilan bog’lanishi lozim bo’lgan so’zni alohida ohang, so’zdan oldin va so’zdan keyin kiska, birok ahamiyatli bo’lgan pauzalardan foydalanish, uni ko’p marta talaffuz kilish lozim. Ushbu usuldan («ko’rsatib, nomini aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o’yinchoklar, shaxsiy gigienaga oid narsalar, ovkat yeyish bilan bog’lik buyumlar nomlarini tushunishni o’rgatishi darkor. Bolaga ko’rsatilayotgan narsa kanchalik kizikarli bo’lsa, u narsalar bilan shunchalik keng va ko’p tanishishi (ko’l tegizishi, ushlab ko’rishi, ko’lga olishi, kimirlatishi, biron narsaga urib ko’rishi, agarda taom bo’lsa – ta’mini ko’rishi) mumkin.
Gigienik jarayonlarda, kiyinish, ovkatlanish, o’ynash vaktida bolaga so’zlarni tushunishni o’rgatish uchun ko’p imkoniyatlar paydo bo’ladi.
Harakatni anglatuvchi so’zlarni («ko’rsat», «takkilat», «tashla», «karsak chal» va boshk.) tushunishni o’rgatishda bu so’zlarni ushbu harakat bola yoki katta yoshli odam tomonidan amalga oshirilayotgan paytda aytish lozim. Zarur so’zni aytishda bolaning ko’lidan ushlab, tegishli harakatni bajarib ko’rish mumkin. So’zni tushunishni mustahkamlash uchun kichkintoyga «ko’rsat» deganda katta yoshli odam nomini aytgan narsani barmog’i bilan ko’rsatishni va «ber» deganda katta yoshli odam nomini aytgan narsani olib berishni o’rgatish zarur. Bu usullarni asosan bolalar taniydigan va nomlarini tushuna boshlagan narsalarga nisbatan ko’llash mumkin. Aynan bitta so’zda uzok to’xtalib kolib ketmaslik kerak, balki uning sonini asta-sekin kengaytirib borish, ayni paytda ilgari o’zlashtirilgan so’zlarni ham unutmaslik lozim.
Til tafakkur quroli va muomala vositasi.
Til millatning noyobxazinasi bo‘lib doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qatiy nazar, uning nuri hisoblanadi. Tilni oliyjanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal sultoni A. Novoiy til va nutq munosabatlarini shunday izoxlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq
noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».
Demak. Til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchuun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog‘liq. Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar. «So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin. Insonki so‘z ayladi judo hayvondin, Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin». Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus barcha hunarlar ichida so‘z hunari – notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki hamma xunardan so‘z xunari yaxshi». Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni takidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish deb uqtiradi.
Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush ko‘rdi. YA’ni, og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Ertalab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik., Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh-urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».
Xorun ar Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ikkovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», – dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.
Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.
Xulosa
Nutkni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutkni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat konuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-psixologik asosda nutkni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chikish hamda bolalarda zarur nutkiy ko’nikmalarni muvaffakiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog’chalari tarbiyachilarini kurollantirishdan iboratdir.
Nutkni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmokda. Ayrim metodik koidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko‘rilmokda, amaliyotning o’zi fan oldiga hali o’z yechimini topmagan muhim masalalarni ko’ymokda.
Dastlabki yosh boskichlarida bola nutkini rivojllantirishga e’tibor berish shuning uchun ham muhimki, ushbu davrda bola miyasi jadal sur’atda o’sib boradi va uning vazifalari shakllanadi. Fiziologlarga ma’lumki, markaziy asab tizimi vazifalarini aynan ularning tabiiy shakllanish davrida osongina mashk kildirish mumkin. Mashklarsiz ushbu vazifalarning rivojlanishi sekinlashadi va hatto umuman to‘xtab ham kolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |