Тarbiyaviy vazifalar mashqlar guruhiga yoki alohida har biriga rejalashtirilishi mumkin. Masalan, yengil atletika bo‘limidagi mashqlar mashg‘ulotlarga ijobiy yondashishni tarbiyalashga ko‘maklashadi, sport o‘yinlari bo‘limidagi mashqlarni o‘rganishda jamoatchilik fazilatlarini tarbiyalashga qulay sharoit yaratiladi.
Keyingi ustunlar darslar nomerini ko‘rsatadi. Тayanch o‘quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 ta dars o‘tiladi. Biroq, bayram kunlari va boshqa nazarda tutilmagan vaziyatlarni hisobga olgan holda 65 tadan ziyod bo‘lmagan darslarni rejalashtirish tavsiya qilinadi. Rejalashtirish asosida darslar seriyasi yotadi, shuning uchun ular choraklar doirasida bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi deb o‘ylaymiz. Bu ishlar bajarilgandan keyin o‘quv materialini darslar bo‘yicha bevosita joylashtirish boshlanadi. Bu esa muayyan mashq yoki darsga mos ravishda kataklarga shartli belgilarni qo‘yish bilan erishiladi. O‘rgatish bosqichlariga rioya qilgan holda quyidagi belgilardan foydalanish mumkin: yeng muhim mashqlarni o‘rganishga tayyorlanish va bevosita o‘rganish (O‘); dastlab o‘rganish (Do‘); chuqur o‘rganish (Cho‘); mustahkamlash (M); takomillashtirish (Т); nazorat (N); uyga vazifa (Uv). Agar material darsda asosiy hisoblansa bosh harf, yordamchi bo‘lsa kichik harf qo‘yiladi. Shunday qilib, yillik reja jadvalning mohiyati va asosiy talablarini ifodalashda, bizlar faqat uning shaklini misol keltirdik. Materiallarni darslar bo‘icha taqsimlash – bu o‘qituvchining alo-hida ahamiyatli individual ishi.
Ish jarayonining keyingi yillarida o‘qituvchi rejaga o‘zgartirishlar kiritadi, uni takomillashtiradi, real sharoitlarga moslashtiradi.
XULOSA
Mashg‘ulot ta’siri ostida sportchining holati o‘zgarishi 3 bosqichga bo‘linadi:
Hafta yoki oylar bo‘yicha nisbatan bosqich davomida saqlanishi. Masalan, sport formasining holati mashg‘ulot jarayonida yetarlicha chiniqmaganligi va h.k.
Joriy holati: bir yoki bir necha mashg‘ulotni ta’siridagi o‘zgarishi (bu holatlarni baholash, keyingi mashg‘ulotlarni tuzilshi va yo‘nalishini va ularga nisbatan yuklamaning kattaligini aniqlashga yordam beradi).
Operativ holati : alohida mashqlarning ta’siri ostida o‘zgaruvchan va tezlikda o‘tuvchi (bularni mashg‘ulotlar dasturini tuzishda, mashqlarning davom etish vaqti, xarakteri, shiddati va uni bajarish, davom etish vaqti va dam olish intervalining xarakteri hisobga olinadi).
Sport mashg‘uloti jarayonini ko‘p qirraliligi va sportchining doimiy xolda imkoniyatining o‘zgarishi, har xil omillar ta’sirida uning holatini tebranishi, boshqarishining negizi bo‘lib hisoblanadi. Bu esa sportchidan murabbiyga beriladigan teskari aloqasi orqali beriladi:
Sportchidan murabbiyga boruvchi ma’lumotlar (o‘znini sezishi, ishga bo‘lgan munosabati, kayfiyati va b.k.)
Sportchi o‘zini tutishi haqidagi axborotlar (mashg‘ulot ishining xajmi, uning bajarishi, aniqlangan xatolari va h.k)
Mashg‘ulot samaradorligini, qisqa vaqtdagi ko‘rsatkichlari (mashg‘ulot yuklamasi ta’sirida funksional tizimidagi chegara va o‘zgarishlar xarakteri).
Mashg‘ulot samaradorligining yig‘ilishi (kumlyativ) to‘g‘risidagi axborotlar (sportchining mashqqa chidamlilik holatining o‘zgarish holati). Sport mashg‘uloti davrlarida bosqichlari bo‘yicha tayyorgarliklari mashg‘ulotni boshqarish samaradorligi mashq bilan chiniqish mashg‘ulotlarining tuzilishini aniq sonining ko‘rsatkichlari va sport faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu esa, bu yoki u sport turlaridagi aniq sport predmetiga xarakterlidir. Shuning uchun mashg‘ulot va musobaqa faoliyati modelini tuzish va saralash sifatida ham ishlatiladi. (sportda takomillashtirishning ma’lum bosqichlarida, tanlash sifatida ham ishlatiladi). Keyinchalik sportchining aniq funksional imkoniyatlarini, modeldagi individual ko‘rsatkichlari bilan qiyoslanadi va keyingi ish va berilgan samaradorlikka erishish yo‘nalishi aniqlanadi. Mashg‘ulot jarayonida rejalashtirilgan natijaga erishishga yordam beruvchi, mashg‘ulot vositasi va uslublari amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan siklni yakunlovchi operatsiyasi bo‘lib, oraliq nazorat, mashg‘ulot jarayonini samaradorligini belgilaydi va kerakli vaqtda korreksiya qilinadi. Bu siklning hamma operatsiyalarini amalga oshirishni, eng kerakli sharoitibo‘lib, har tomonlama tenglashtirilgan ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Musobaqa faoliyati va sportchining tayyorgarligini aniq tuzilishini ko‘rsatkichlari model tavsifini, oraliq nazorat ham boshqarishning asosiy ishlanmasi bo‘lib hisoblanadi. Nazoratning bu natijasi ishning asosiy yo‘nalishi va natijasiga erishish yo‘lini aniqlaydi.
Yildan-yilga sport va sportchilarni tarbiyalash va tayyorlash to‘g‘risidagi axborotlar hajmi o‘sib bormoqda. Sport, hozirgi dunyoda inson faoliyatining har qanday boshqa sohasi kabi, shiddatli kurashlar maydoniga aylandi va shunday bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizning halqaro sport maydonlaridagi obro‘-e`tibori va ustuvorligi haqidagi masalalar nihoyatda dolzarbdir. Sport taraqqiyotining hozirgi zamon sharoitida sport mahoratining shakllanish jarayoni sportchilarni, ayniqsa o‘sib kelayotgan, endigina sportga qadam qo‘ygan o‘smirlarni sport mashg‘ulotlariga tayyorlash tiziminig ahvoliga qanchalar bog‘liqligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Kelajakda O‘zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodiy darajasi bilim emas, ma`naviy jihatdan barkamol yetuk farzandlar bilan ham faxrlanishi uchun mamlakatimizdagi ta’lim tizimida innavatsion texnologiyalardan foydalanish zarur. Ma`lumki “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Shu asosda jismoniy madaniyat va sport fanini o‘qitishda yangicha yondashuvlar, yuksak talablar o‘z ifodasini topgan. Shuning natijasida keyingi yillarda jismoniy madaniyat va sportga oid darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hajmi, mazmuni va sifati tubdan o‘zgardi. Ularda o‘quvchilarning jismoniy mashq elementlarini bajarishga doir ko‘rsatmalar o‘z aksini topgan. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga kasbiy axborotlar va maslahatlar berish, kasbiy tashxis qo‘yish, ularning qobiliyati, moshqlarni o‘zlashtirishga oid moyilligini, qiziqishlarini hisobga olish bugungi ta’lim islohotlarining muhim qirrasidir. Avlodlarni ma`naviy va jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash eng avvalo o‘quvchi – yoshlarni kasb – hunarga yollash va ularning davr talablari darajasidagi mutaxassis bo‘lib etishishlariga qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |