Mashg‘ulotlar shaklining ular mazmuniga aloqadorligi
Mashg‘ulotlarda ish qobiliyatining dianamikasi ular umumiy tuzilmasining negizi ekanligi. Jismoniy mashq mashg‘ulotlarning tuzilmasi ko‘p jihatdan shug‘ullanuvchilarning ish qobiliyatidagi tipik o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Inson ish qobiliyatini mashg‘ulotlar davomida o‘rganish jismoniy tarbiya amaliyotida birichi galdagi muommoni tashkil etadi. Bu tabiiy holdir, chunki shug‘ullanayotgan kishilarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hisobga olmay turib, ular taraqqiyotini boshqarib bo‘lmaydi.
Mashg‘ulot tuzilishining pedagogik vazifalariga bog‘liqligi. Ish qobiliyati asosiy bo‘limlariga, shuningdek, pedagog hamda shug‘ullanuvchi kishilar faoliyati mazmknining o‘ziga xos xususiyatlariga binoan pedagogikaga oid asarlarda mashg‘ulot kirish, tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga ajratiladi.
Hozirga vaqtda kirish va tayyorgarlik qismlarini birlashtirib, mashg‘ulotni tayyorgarlik (ba’zan uni kirish yoki kirish – tayyorgarlik qismi deb ataydilar), asosiy va yakuniy qismlarga bo‘lish rasm bo‘lgan. Ma’lum mashg‘ulot o‘tkaziladigan vaqt chegaralarini nazarda tutsak, bunday bo‘lish mantiqan to‘g‘riroq bo‘ladi, chunki darsning kirish qismiga to‘g‘ri keladigan start oldi holatlari mashg‘ulot boshlangungacha bo‘ladigan vaqtga mansubdir. To‘g‘ri, bunday holatlar faqat darsning kirish qismidagina sodir bo‘lmay, balki barcha alohida vazifalarini (baho olish uchun harakatlar bajarish, o‘quv musobaqalari va shunga o‘xshashlarni) bajarish oldidan ham uchrab turadi, biroq ular bunda boshqacharoq sifat darajasiga o‘tadi.
Jismoniy mashq mashg‘ulotlarida o‘qituvchi o‘z oldiga harakatlarni o‘rgatish, turli jismoniy fazilatlarni taraqqiy ettirish, shaxsiy xususiyatlarni tarbiyalash, u yoki bu sog‘lomlashtirish vazifasi singari ko‘pgina vazifalar qo‘yadi.
Binobarin, mashg‘ulotlarning umumiy tuzilmasi haqidagi tushuncha qarama – qarshi tushunchadir. Agar ish qobiliyati dinamikasini hisobga oladigan bo‘lsak, u holda mashg‘ulotlarda tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlar hamda shularga muvofiq keladigan umumiy pedagogik vazifalar aniq ko‘zga tashlanadi. Agar o‘quv – tarbiya jarayoni mantiqiga chuqurroq amal qiladigan bo‘lsak, u holda qismlar soni aniq vazifalarning soniga qarab ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi mumkin.
Ba’zi bir vazifalarni hal etish uchun boshqa bir xil vazifaga kamroq kuch sarflash talab qilinadi. Shuning uchun har bir aniq holda shug‘ullanuvchilarga unchalik qiyin tushunmaydigan vazifalar mashg‘ulotlarning tayyorgarlik va yakuniy qismiga, eng muhim vazifalar (odatda eng qiyinlari) asosiy qismga kiritiladi. Shunday yo‘l bilan umumiy usul talab, ya’ni shug‘ullanuvchilarning ish qobiliyati har gal eng yaxshi bo‘lishi ta’minlanadi. So‘ngra mashg‘ulotning tuzilishini ishlab chiqayotgan vaqtda mantiqiy talablariga (vazifalar miqdoriga binoan) bo‘ysindirib, mulohazalarga amal qilishi kerak.
Mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun, yuqorida keltirilgan fikrlardan tashqari shug‘ullanuvchilarning faoliyatiga rahabarlik qilishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan umumiy uslubiy talablarga ham asoslanmoq kerak bo‘ladi. Bu nuqtai nazadan qaraganda jismoniy mashq mashg‘ulotlarining dars va darsdan tashqari shakllari bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘rta maktablarda g‘oyat xilma - xil bo‘lib, ular jismoniy tarbiya dars, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki badan tarbiya, sport musobaqalar, tanaffusda o‘qishlar, boshqa darslarda o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg‘ulotlaridagi mazmun bilan shakl aloqadorligi pedagogik jihat
dan g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Kishilarning jismoniy sifatlarini kamol toptirishga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg‘ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy mashg‘ulotlar umumta’lim maktablarida juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiyalanuv-
chilarga o‘tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularning organizimdagi jismoniy harakatga bo‘lgan talablarni qoniqtira olmaydi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari maktabda to‘liq tashkil etiladi va o‘tkaziladi, mashg‘ulotning o‘quvchilarga o‘tkazilishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulot mazmuni elementlarning tuzilishi jismoniy mashq mashg‘ulotlarining shaklini tashkil etadi. Jismoniy mashqning umumiy tuzulishi (strukturasi) quyidagicha bo‘ladi.
Boshlanadigan mashg‘ulotda bajariladigan ishga kirishish yoki mashg‘ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg‘ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug‘ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi. O‘quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo‘riqishidan asraydi. Mashg‘ulotning bu qismida shug‘ullanuvchilarning barcha a’zolarini, ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo‘yin, yelka, qo‘l, bel, oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo‘riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo‘l bilan mashg‘ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg‘ulotning tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. Safda turgan holatda, to‘rt bo‘lib, aylana holatda, juft-juft bo‘lib tarqaladi va hokazo.
Mashg‘ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg‘ulot oldiga qo‘yiladigan maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, asosiy ishni bajarishga qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo‘lib, shug‘ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab qiladi. Bu jarayon mashg‘ulotning turiga bog‘liqdir yoki o‘rgatish, takrorlash, takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg‘ulot oldiga qo‘yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat bo‘ladi.
Mashg‘ulotning yakuniy qismi. Mashg‘ulotning yakuniy qismida shug‘ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat e’tiborini o‘ziga qarata o‘yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo‘ladi. Yakuniy qism aniq gigiyenik yo‘nalishda bo‘lib, shug‘ullanuvchilar yuvunish, qiyin ishiga qaratilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |