Nima uchun 2008 yildan beri iqtisodiyotni tiklash samaradorligi haqidagi bahslar haqiqiy muammo boʻlib qolmoqda?



Download 49,24 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi49,24 Kb.
#844566
Bog'liq
бойлар


Nima uchun 2008 yildan beri iqtisodiyotni tiklash samaradorligi haqidagi bahslar haqiqiy muammo boʻlib qolmoqda?
Koʻpchilik FZTning iqtisodiy turgʻunlikning kelib chiqishini oldini olish borasidagi harakatlarini maʼqullashmoqda. FZT siyosati, shubhasiz, barcha soha boʻyicha moliyaviy aktivlarning yangi rekord darajalarini oʻrnatishga yordam berdi. Bu siyosat uy xoʻjaliklarining sof tannarxini ancha sezilarli darajada oʻsishiga olib keldi, lekin, toʻliq ish kunidagi eng kam miqdordagi yangi ish oʻrinlarini yaratdi va real daromadlar boʻyicha Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng kam oʻsish koʻrsatkichini berdi.
Quyida koʻrsatilgan grafiklarda, koʻzda tutilgan daromaddan, yaʼni soliqlarni toʻlagandan keyin qolgan daromaddan, uy xoʻjaliklarining tannarxi foizlarda koʻrsatilgan va toʻliq ish kunidagi yangi ish oʻrinlarining kamayishi koʻrsatilgan.
Lekin, Rey Dalio aytganidek, iqtisodiyotining tiklanishi faqat boylargataaluqli boʻldi. FZT taqdim etgan Survey of Consumer Finances grafigidan koʻrinib turganidek, uy xoʻjaliklarining sof tannarxining rekord darajadagi oʻsishi 2007 yildan buyon daromadning 20 %ga yetdi, qolganlarida esa sof tannarxning tushishi koʻrinmoqda.
(function(w, d, n, s, t) { w[n] = w[n] || []; w[n].push(function() { Ya.Context.AdvManager.render({ blockId: ʻVI-257822-0ʻ, renderTo: ʻinpage_VI-257822-0_833973573ʻ, inpage: { slide: true, visibleAfterInit: false, }, }, function callback (params) { // callback }); }); t = d.getElementsByTagName(“script”)[0]; s = d.createElement(“script”); s.type = “text/javascript”; s.src = “//an.yandex.ru/system/context.js”; s.async = true; t.parentNode.insertBefore(s, t); })(this, this.document, “yandexContextAsyncCallbacks”);
Batafsil tekshirish natijasidan koʻrinadiki, bir tomonlama tiklanishga taʼsir etgan asosiy omil AQSHda tugʻilishning eng past darajadagi rekord koʻrsatkichda boʻlganligi boʻldi. Har bir oldingi uy xoʻjaliklarining sof tannarxi(HHNW)ni tekshirish davri davomida u bilan birga tugʻilish koeffitsiyentining parallel ravishda oʻsib borishi kuzatilgandi, bunga sabab esa, yoshlarni oʻziga moddiy holatiga ishonchi yetarli boʻlgan va oila qurib uni moddiy taʼminlay olishga qurbi yetgan.
Lekin, 2007 yildan boshlab AQSHda HHNWning keskin oʻsishiga teskari ravishda tugʻilish koeffitsiyentining tushib ketishi iqtisodiy tiklanish borasidagi ishlarning asl holatini koʻrsatib berdi.
Quyidagi grafikda AQSHda tugʻilish koeffitsiyentining, oshkora sotilayotgan, Wilshire 5000 taqdim etgan, AQSHning barcha aksiyalariga teskari ravishda pasayib borayotgani koʻrsatilgan.
Shundan koʻrinayaptiki, iqtisodiy tiklanish farzand koʻrish yoshidagi fuqarolar turmushi doirasida kuzatilmagan, aksincha, amalda turgʻunlik davom etgan.
FZT ozchilikni oqlayapti, qoʻllayapti va ragʻbatlantirayapti, chunki ular aktiv egalari hisoblanishadi va bu aktivlarni hech nima qilishmaydi, aktivlari kamligi yoki yoʻqligi sababli, koʻpayib borayotgan koʻpchilikni jazolamoqda va shunga ishontirayaptiki, koʻpchilikning koʻp qismi turgʻun ish haqi fonida aktivlar narxining oshishi natijasida hech qachon aktiv egalari boʻlishmaydi.
Bu esa aholining doimiy oʻsishiga asoslangan, notekis iqtisodiy modelga amal qilib boʻlmasligi bilan bogʻliq, chunki, isteʼmolchilar sinfining oʻsishi kamayib bormoqda. Quyida kelitirilgan jadvalda AQSHning 15 yosh va undan yuqori aholisi sonini yillik oʻsishi koʻrstilgan. Toʻq yashil rang – bu 15 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan aholining oʻsishi, koʻk - 25-54 yosh, sariq - 55-64 yosh, qizil esa – 65 yosh va undan katta aholi guruhining oʻsishi.
1980-yillar oxiridan 2007 yil oʻsishning toʻxtashigacha “15-54”segmentidagi oʻsishning sekinlashishi aniq koʻrinib turibdi. Biroq, xuddi sonidagi kabi, aholining koʻpayishidagi sifati, ayniqsa, “55-64” guruhlari boʻyicha kamayib ketdi, bu esa asosiy aholi qatlamida 65 yosh va undan kattalar sinfining koʻpayishiga olib keldi.Grafikdagi davriy koʻtarilishlar “bir martalik” roʻyxatga olishdagi tuzatishlar boʻlib, ular aholi koʻpayishidagi haqiqiy koʻtarilish emas.
Iqtisodiyotda oʻsib borayotgan aholining ulushi juda muhim, chunki, uy xoʻjaligi boshligʻi45-54 yoshga yetganda uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi va xarajati eng choʻqqiga yetadi, va uy xoʻjaligi boshligʻi 65 yoshga yetganda esa, oʻrtacha daromad va xarajat kamayishni boshlaydi.Shu bilan birga, uy xoʻjaligi boshligʻi 75 yoshga yetganda, uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi va xarajati ikki barobarga kamayadi va uning oʻz ehtiyojlarini taʼminlash uchun kreditdan foydalanishga boʻlgan tayyorligi kamayib ketadi.
2001 yildan boshlab, AQSH aholisining 15 yosh va kattalar orasidagi yillik oʻsishining har yilgi rejasi oʻzgarmoqda. Mana bu grafikda 2008 yil “jahon moliyaviy inqirozi”da bu oʻsish tugagani aks ettirilgan (birinchi nuqtali aylana). Buni 2008 yildan 2017 yilgacha faqat kuchayib borgan dinamika bilan taqqoslab koʻring va aktivlar narxining haqiqiy koʻrsatkichini oʻzida aks ettirgan holatga eʼtiboringizni qarating.
Va nihoyat, Shimoliy Amerika (AQSH/Kanada)dagi 20-65 yoshda boʻlgan aholining koʻpayishidagi sinish faqat tezlashib bormoqda, va butun aholining koʻpchiligini 65 yosh va undan kattalar tashkil etmoqda.
Prezidentlar va siyosiy partiyalar “hokimiyat”ni oʻz qoʻliga olganiga qaramasdan, FZT bir necha oʻn yil davomida oʻzgarmadi va avvalgidek, 20% eng boy oilalarni himoya qilmoqda, (hatto aslida, bu yerda koʻproq birinchi 1-2% oila eng koʻp foydani olayotganga oʻxshaydi) va kam aktivga ega va umuman hech qanday aktivga ega boʻlmagan, qolgan 80% oilalar esa deyarli hech narsasiz qolishmoqda.
Yoshi keksayib borayotgan Amerika aholisi esa davlatni bu chuqurdan chiqib olishiga yordam bermaydi.
Hozirgi paradigmalardagi faqat “inqilobiy” oʻzgarishlarginaoʻsha 80% aholini amerikacha orzuning ortidan quvishdan saqlashga imkon beradi. Lekin shunga ishonch hosil qilgan yaxshiki, har qanday “yangi boshliq” huddi “eski boshliqdek”, yoki undan ham yomonroq boʻlib chiqadi.
Download 49,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish