Nima sababdan ipak bog’ich paxtadan yoki junli bog’ichdan tezroq yechiladi?
Nima uchun melning doska yuzasida iz qoldirishini oyilanib ko'rdingizmi?
Ishqalanish kuchi
Ishqalanish kuchi-jismning boshqa jism yuzasi bo'ylab harakatlanishida paydo bo’ladigan va harakatga qarshi yo’nalgan kuch ishqalanish kuchi deb ataladi.
Ishqalanish turlari.
Tinchlikdagi ishqalanish
Sirpanish ishqalanish
Dumalash ishqalanish
Tinchlikdagi ishqalanish -jismning tinch holatdan harakatga kelish vaqtidagi ishqalanish kuchi
Sirpanish ishqalanish- bir jism ustida boshqa jism sirpanganda ishqalanishning vujudga kelishi
Dumalash ishqalanish-agar bir jism ikkinchi jism ustida sirpanmasdan dumalashiga aytiladi.
Formulasi
F=µN
µ-ishqalanish koeffitsienti
N-tayanchning reaksiya kuchi
Tabiatdagi ishqalanishlar.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Tabiatda va texnikada ishqalanish katta ahamiyatga ega. Ishqalanish foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin. Ishqalanish foydali bo‘lganda uni oshirish uchun
1.Yuklamani yoki massani oshirish kerak.
2.Jism yuzasining g’adir –budurligini orttirish kerak.Ishqalanishni oshirish uchun oyoq kiyim tag qismi,avtomobil shinalarining sirti bo’rttirib ishlanadi.
Ishqalanish zararli bo‘lganda uni kamaytirish kerak.
1.Yuzasini tekislash kerak.
2.Harakatni kamaytirish uchun moylash.
3.Massani kamaytirish kerak
Ishqalanish foydali bo‘lganda uni oshirish usullari
Zararli bo‘lganda esa kamaytirish usullari
Ishqalanish bo‘lmaganda nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘raylik.
Ishqalanish bo‘lmaganda odamlar ham, hayvonlar ham yerda yura olmas edilar.
Yurayotganimizda oyoqlarimiz bilan yerdan turtilamiz.
Ishqalanish kam bo‘lgan muz ustida yurish qiyinligini bilasiz.
Ishqalanish bo‘lmaganda edi, buyumlar qo‘limizdan sirpanib tushib ketardi.
Vagon g‘ildiriklarini aylanishdan to‘xtatish uchun ishqalanish kuchidan foydalaniladi Avtomobilga tormoz berilganda, ishqalanish kuchi uni to‘xtatadi. Tinchlikdagi ishqalanishsiz u harakatlana olmas edi, g‘ildiraklar aylanaverardi, avtomobil esa joyida turaverardi. Ishqalanishni oshirish uchun avtomobil shinalarining sirti bo‘rttirib ishlanadi
Avtomobil, stanok, elektr dvigatel va boshqalarning aylanuvchi qismlarida sharikli va rolikli podshiрniklar qo‘llaniladi. Hozirgi zamon sanoati va transportini bunday podshiрniklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fan-texnikaning yuksak taraqqiyoti davrida ishqalanish kuchi nihoyatda kam bo‘lgan podshiрniklar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. G‘adir-budurliklari tekislanib, atom va molekulalar darajasida silliqlangan podshipniklar ishqalanish yanada kamligi bilan ajralib turadi. Havo yoki suyuqlikning qarshilik kuchini kamaytirish maqsadida katta tezlikda harakatlanadigan jismlar oval shaklda yasaladi. Shunday shaklda yasalgan samolyot va suv osti kemalarida qarshilik kuchi kamayishi hisobiga katta tezlikka erishilib, yoqilg‘i sari ancha kamayadi. Osmonda uchayotgan qushlar va suvda yashaydigan ko‘p jonivorlar ham oval shaklida bo‘lishining sababi shunda.Qor va muzliklarda odamlarning yiqilib tushmasliklari, avtomashinalar to‘x tay olmay avariyaga uchrashlarini oldini olish uchun yo‘llarga qum, tuz yoki tuproq sepib, ishqalanish kuchi oshiriladi. Lekin chang‘i yoki chanalarda uchish uchun ularning ostki qismi silliqlanib, maxsus moylar bilan moylanadi.
Eslatib o‘tamiz, ishqalanish kuchi jismlarning bir-biriga bevosita urinishida paydo bo‘ladi va hamma vaqt urinish sirti bo‘ylab yo‘naladi. Shu xossasi bilan ishqalanish kuchi urinish sirtiga tik yo‘nalgan elastik kuchidan farq qiladi.Jismning ishqalanish kuchi ta’siridagi harakatida bu kuch hamisha harakat yo‘nalish vektoriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Demak, ishqalanish kuchi jism tezligining son qiymatini kamaytiradi va jismga faqat ishqalanish kuchi ta’sir qilsa, jism asta-sekin borib to‘xtaydi. Ko‘p uchraydigan hollardan biri, masalan, harakatdagi avtomobil oldidan to‘siq chiqib qolsa, haydovchi g‘ildiraklarga motor ta’siriniuzib, tormozni ishga soladi. Avtomobil faqat ishqalanish kuchi ta’siri ostida tormozlanish masofasi deb atalgan yo‘lni o‘tib bo‘lib, to‘xtaydi. Hisob-kitoblar bu masofa boshlang‘ich tezlikning kvadratiga to‘g‘ri proporsion al, ishqalanish kuchiga esa teskari proporsional ekanligini ko‘rsatdi.
Darsni mustahkamlash.
Masala yechish.
1.Ishqalanish koeffitsienti 0,5 jism 40 N kuchning ta’sirida yassi yuzada tekis harakat qildi.Jism massasi nimaga teng?
2.Massasi 70 kg shkafni joyidan harakatlantirish uchun qanday kuch bajarish kerak?Ishqalanish koeffitsiynti µ=0,3
3.Massasi 50 kg jism 200 N kuchning ta’sirida yassiy yuzada tekis harakatlanib keladi.ishqalanish koeffitsiyenti nimaga teng?
IV. Baholash.
V. Uyga vazifa berish: O`tilgan mavzu yuzasidan konspek yozish, o`qib kelish.Ishqalanishning zararli tomonlarini yozish va chizish