Nonxoʻrlar yetgulik, ishlovchi kam,
Faqat ikki erkak: otam bilan man!
Nekrasovning sheʼrlari goʻzal, ohangdor, mazmunan boy va ayni zamonda sodda tilda yozilgandir.Nekrasov oʻzining dam olish kunlarida koʻpincha Kostroma, Yaroslavl, Novgorod oʻrmonlariga borar, ov qilish bilan kunini oʻtkazar edi. Kostroma oʻrmonining Maliye Veji degan qishlogʻida yashovchi Mazay bobo uning eng yaqin doʻstlaridan biri edi. Shoir Mazay bobodan koʻp ajoyib voqealarni maroq bilan eshitadi. Shular asosida “Mazay bobo va quyonlar” nomli sheʼrini yozadi.“Daraxt kesish”da xalq boyligi – oʻrmonlarni shafqatsizlik bilan kesib yuborilishini qalamga oladi. Birorta pomeshikka pul kerak boʻlib qolsa, oʻrmonni sotib yuborishi, puldor boy esa oʻrmonni tag-tugi bilan kesib yuborishi hech gap emas, u zumrad oʻrmonlarning yoʻqolib ketishidan shoir singari qaygʻurmaydi. Shuning uchun Nekrasov:
Bir vaqtlar asriy oʻrmonlar
Shovullagan katta maydonlar,
Endi oʻsha bepoyon boʻston
Boʻm-boʻsh, jim-jit, goʻyo qabriston! –
deb alam chekadi. “Temiryoʻl” nomli sheʼrida Peterburg bilan Moskva oʻrtasidagi temiryoʻl qurilishida Rossiyaning turli shahar va qishloqlaridan haydab keltirilgan ishchi va dehqonlarning alamli hayoti Vanya degan bolaga hikoya qilib beriladi. Buning bilan Nekrasov yosh avlodning diqqat va eʼtiborini oʻsha zamonning muhim ijtimoiy masalalariga – xalqning kuchi va qudratiga tortadi, uni chuqur tushunishga, oʻylashga undaydi. Uning afsonaviy bobosi Mazay, olti yoshli mehnatkash, tirnoqli odam, xushmuomala general Toptigin, tabiatning bolalarcha jonli, obrazli tasvirlari (“Yashil shovqin yurib, g‘o‘ng‘illaydi”, “Kech kuz. Dalalar bo‘m-bo‘sh”. ) ham kattalar, ham yosh kitobxonlar tomonidan uzoq vaqt esda qoladi
ELEGIYA
Mayli, bizga desinlar; odatlar boqiy emas,
“Jafokash xalq” mavzusi eskirdi bu kunda, bas,
She’riyat ham gar uni unutsa, bo‘lmas yomon…
Yo‘q, ishonmang, siz yoshlar, u eskirmas hech qachon.
Eskitolsa, eh, qani, uni o‘tgan bu yillar,
Dunyo rivoj topardi!.. Afsuski, hamon ellar
Qashshoqlikda sudralar, darraga tobe bari,
Taqir o‘tloqda yurgan oriq poda singari.
Qarg‘ab ular qismatin ilhom xizmatda har chog‘,
Yer yuzida yo‘q o‘zga bundoq puxta ittifoq.
Xalqning nochor holidan kiborlarga urar dam,
Ular ayshu ishratda yayrab, bazm qurar dam.
Maqsadi – xalqqa burish zo‘rlar diqqatin mudom,
Shundoq ulug‘ xizmatga hamisha shaydir ilhom.
Men barcha ijodimni o‘z xalqimga baxsh etdim,
Ulgurmasdan u tanib, ehtimol, o‘lib ketgum.
Xizmat qildim astoydil, shundan ko‘nglim tinchdir sal,
Mayli, ziyon bermasin jangda yovga har askar.
Lekin jangga kirish shart, jang taqdirni hal qilar,
Men g‘aroyib kun ko‘rdim, Rossiyada yo‘qmish qul!
To‘kdim quvonch yoshlarin, ko‘nglim bo‘shab, deng biram.
“Xomxayolni qilgil bas, laqma bo‘lma sen ko‘p ham! –
Ilhom menga shundoq der, – Fursatidir, olg‘a, qalq!
Ozod bo‘lishga bo‘ldi, baxtlimikan, illo xalq?
Foydalanilgan adabiyotlar
“Bolalar adabiyoti” (Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2013) darsligidan danov V. V., Jizn Nekrasova, M., 1981.
Naim Karimov.
Mamasoli JUMABOYEV
Do'stlaringiz bilan baham: |