Nikolay Alekseevich Nekrasovning hayoti va ijodi Elena Andreevna Nekrasovning mehribon onasi


Mollar oʻrmon tomon qadam tashladi



Download 370,83 Kb.
bet2/3
Sana17.07.2022
Hajmi370,83 Kb.
#812392
1   2   3
Bog'liq
2 5282752590885428870

Mollar oʻrmon tomon qadam tashladi,
Ona-javdar boshoq tuga boshladi, –
deb yozganlarini oʻqir ekanmiz, bu til haqiqiy jonli xalq tili ekanini koʻramiz. Bu oʻrinda dehqonning zoriqib kutadigan boshoqlarga boʻlgan sevgisi va hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan, ikki soʻz: ona-javdar qanday yaxshi keltirilgan! Dehqon bu boshoqlarni oʻzining bir parcha yerida qunt bilan mehnat qilib oʻstirgan-da!

Nekrasov sheʼriyatida bunday yorqin, ravon va sof xalq iboralari juda koʻp. U javdar boshoqlari haqida shunday deydi:
Boshoqlar toʻlishgan payt,
Zar ustinday sip-silliq,
Boshlarida oltin toj.
Hozirgina yerdan sugʻirib olingan lavlagi haqida esa:
Poyma-poy qizil etik
Yotganday egatlarda, –
deydi. Bir toʻp shoʻx bulut bilan qurshab olingan bahor quyoshi haqida Nekrasov shunday deb yozadi:
Bahor chogʻi, kichik nevaralar kabi,
Lola yuz quyoshbobo bilan
Oʻynar bulutlar.
Bu oʻxshatishlarning baʼzilarini u xalq topishmoqlari, maqollari va ertaklaridan olgan. Zabardast bahodir, afsungar Ayoz hukmdorning ajoyib qiyofasini ham u xalq ertaklaridan topgan:
Daraxtdan daraxtga tashlaydi qadam,
Yaxlagan qoʻllardan qarsillab oʻtar,
Ham yorqin oftob tovlanar biram,
Paxmoq soqolida yarqirab ketar…
Nekrasov, ayniqsa, samimiy, choʻziq, xushohang, mayin rus xalq qoʻshiqlarini juda yoqtirgan. Bu qoʻshiqlarni rus xalqi asrlar davomida yaratgan. Nekrasov yoshlik chogʻlaridan boshlab xalqning bu qoʻshiqlarni qanday kuylashini tinglaydi va oʻzi ham shunday goʻzal qoʻshiqlar yaratishni oʻrganadi. “Soldat qoʻshigʻi”, “Hovli qarolining qoʻshigʻi”, “Notavon qashshoq qoʻshigʻi”, “Rus”, “Yashil shovqin” va boshqa koʻpgina qoʻshiqlar shunday tilda, shunday hijoda yozilganki, xuddi xalq oʻzi yaratgan qoʻshiqlar deysiz.“Dehqon bolalari”, “Oʻzi mitti – juda miqti”, “Bolalar yigʻisi” kabi sheʼrlarida bolalarning turli-tuman yumushlarni bajarib, tirikchilik qilganliklarini, ularning mehnatkash tabiati va ogʻir qismatini chuqur xayrixohlik bilan ifodalaydi. Endigina olti bahorni qarshilagan bolaning kattalardek fikr yuritishi kishini hayratga soladi:

Download 370,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish