Mahorat (arabcha so‘z bo‘lib, mohirlik, ustalik, epchillikni anglatadi) – biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san’at, mohirlik1; bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish.
Pedagogik mahorat – 1) o‘qituvchining pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va sub’ektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish va boshqarish qobiliyati, ko‘nikma-malakasiga egaligi; 2) ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik tafakkur; 3) oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan pedagogik turkum fanlarning biri.
Mustaqil o‘quv fani sifatida “Pedagogik mahorat” ijtimoiy fanlar turkumiga kiradi va bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik jarayonni samarali, metodik jihatan to‘g‘ri tashkillashtirishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
“Pedagogik mahorat” fanining maqsadi – talabalarda pedagogik jarayonni mustaqil, tashkiliy ilmiy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil eta olish va kasbiy- pedagogik faoliyatda yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
“Pedagogik mahorat” fanining vazifalari:
- talabalarni pedagogik mahoratning tarkibiy qismlariga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish;
ularda pedagogik faoliyatni oqilona tashkil etish, pedagogik jarayonni samarali yo‘lga qo‘yish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;
talabalarning pedagogik hamkorlikni qaror toptirish texnologiyasiga oid bilimlarni egallashlarini ta’minlash;
ularda pedagogik odob va madaniyat sifatlarini tarkib toptirish, pedagogik qobiliyatni shakllantirish;
talabalar tomonidan pedagogik muloqot, pedagogik nazorat (takt), texnika va pedagogik ta’sir ko‘rsatish ko‘nikma, malakalarini yetarli darajada o‘zlashtirilishini ta’minlash;
1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Е – М / 5 жилдли. Иккинчи жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – 575-бет.
bo‘lajak mutaxassis sifatida talabalarda pedagogik madaniyatni shakllantirish. “Pedagogik mahorat” tushunchasi “Pedagogika”, “Pedagogik texnologiya” hamda “Pedagogik mahorat” kabi fanlarga xos muhim kategoriya bo‘lib, u kategoriya
sifatida o‘tgan asrning 80-90-yillarida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati. Quyidagi tarkibiy qismlar pedagogik mahoratning muhim asosini tashkil etadi (1- rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |