Nigora Erkaboyeva pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma) Toshkent


BOB. “PEDAGOGIK MAHORAT” FANINING NAZARIY ASOSLARI



Download 1,21 Mb.
bet3/102
Sana17.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#815525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
fayl 775 20210505

1 BOB. “PEDAGOGIK MAHORAT” FANINING NAZARIY ASOSLARI


PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVChI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI


O‘quv rejasi:


  1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha.

  2. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.

  3. O‘qituvchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.



Tayanch tushunchalar: o‘qituvchi, o‘qituvchilik kasbi, o‘qituvchining kasbiy faoliyati, o‘qituvchilik faoliyatining tizimi, o‘qituvchining kasbiy mahorati (pedagogik mahorat), pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari, pedagogik bilim, pedagogik zakovat.


1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Mustaqillikka erishilganidan so‘ng respublikada ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir etildi. O‘zgarishlarning sodir bo‘lishi yuzaga kelgan ijtimoiy ehtiyoj va zaruriyat bilan bog‘liq edi. Mavjud ijtimoiy ehtiyoj hamda o‘qituvchining pedagogik faoliyati, uni tashkil etish masalasi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risda”gi Qonunining Yangi tahriri (2019 yilning 12 dekabr)da o‘z ifodasini topgan.

Hujjatda belgilangan asosiy boblar quyidagilardan iborat:



  1. Umumiy qoidalar (jami 8 ta modda; 1-8-moddalar).

  2. Ta’lim tizimi va turlari (jami 11 ta modda; 9-19-moddalar).

  3. Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish (jami 5 ta modda; 20- 24-moddalar).

  4. Ta’lim tizimini boshqarish (jami 5 ta modda; 25-29-moddalar).

  5. Yakunlovchi qoidalar (jami 5 ta modda; 30-34-modda).

O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari; bilim olish va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi; ta’lim muassasasi (TM)ning huquqiy maqomi; DTS; ta’lim tizimi; ta’lim turlari va ularning mohiyati; ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar; ta’lim oluvchilar; ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish; yetim bolalar, ota-onasiz, qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish masalalari yoritilgan. Ijtimoiy yordamga, tiklanishga muhtoj shaxslar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari; O‘zR Vazirlar Mahkamasi va mahalliy javlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari; ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlarining huquqlari; TMni boshqarish, ota-onalar, qonuniy
vakillarning vazifalari, ta’limni moliyalashtirish, xalqaro hamkorlik, ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari hujjatda o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasida pedagogik faoliyatni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar quyidagicha ifodalangan:
Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagogik xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish