Nutq madaniyati – o‘z fikrini nutq yordamida mantiqli, to‘g‘ri, obrazli, aniq va ifodali yetkazib berish malakalarining o‘zlashtirilganlik darajasi.
O‘qituvchi nutqini rivojlantirishga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, pedagogik jarayonda ustuvorlik kasb etuvchi muloqot (rahbariyat, hamkasblar, o‘quvchilar, ota-onalar va boshqalar bilan tashkil etiladigan suhbatlar), bugungi kunda tobora ommalashib borayotgan ijtimoiy tarmoqlarga xos leksikon, OAV, ilmiy va baddiy adabiyotlar, teatr va kino asarlar. O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega bo‘lishi uchun u tomonidan doimiy, izchil ravishda o‘z nutqi ustida ishlash talab etiladi. Bunda o‘qituvchi nutq madaniyatini rivojlantirishda samarali bo‘lgan yo‘llardan foydalanishi mumkin.
Har bir shaxs, xususan, o‘qituvchining nutq madaniyatini rivojlantirishning bir necha yo‘llari mavjud. Ular:
Nutqni o‘stirish ustida mustaqil ishlash (oyna yonida turgan holda bir-bir asardan monolog ijro qilish, kitob o‘qitish).
Badiiy jihatdan mukammal bo‘lgan she’rlar va qo‘shiqlar yodlash (ham xotira mustahkamlanadi, nutq rivojlanadi, badiiy did o‘sadi).
Badiiy asarlarni mutolaa qilish va o‘qilgan asar yuzasidan hamkasblari, o‘quvchilar bilan o‘zaro fikr almashish.
Audio yozuvlar vositasida nutqni rivojlantirish (yozuvlarni tinglash va birgalikda takrorlash).
Badiiy-havaskorlik teatr jamoalari faoliyatida ishtirok etish.
Nutqdagi asosiy kamchiliklar (duduqlanish, ravon va erkin gapira olmaslik, hayajonlanish, mantiqiy fikrlash bilmaslik)ni bartaraf etish maqsadida mutaxassis maslahatini olish.
Shunday qilib, nutq tilning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, u kishilar o‘rtasida o‘zaro axborot almashish uchun xizmat qiladi. Nutq nafaqat inson hayotida, shu bilan birga jamiyat taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutadi. Binobarin, milliy til rivoji, nutqning ravon, aniq, to‘g‘ri, turli qusurlardan holi tarzda ifodalanishi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. Pedagogning ovozi bir qator xususiyatlarni, xususan, jarangdorlik, keng diapazonga egalik, havodorli, ixchamlik, harakatchanlik, chidamlilik, moslashuvchanlik, qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik hamda suggetsivlikni namoyon eta olishi zarur.
Nutqning hosil bo‘lishida bir qator nutq organlari ishtirok etadi. Umumiy nom bilan nutq apparti deb nomlanuvchi ushbu organlarning nutq hosil qilishdagi muhim roli va o‘rnini anglagan holda o‘qituvchi o‘z faoliyatini ularning gigienasiga, nutq texnikasiga, shu bilan birga nutq madaniyatiga ega bo‘lishga e’tibor qaratishi zarur.
7 Нутқ маданияти / Ўқув-методик қўлл. – Тошкент: ТДПУ, 2004. – 4-бет.
Do'stlaringiz bilan baham: |