Nigora Erkaboyeva pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma) Toshkent



Download 1,21 Mb.
bet75/102
Sana17.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#815525
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102
Bog'liq
fayl 775 20210505

Tarbiya vositalari – tarbiya jarayonining ta’sirchanligini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan moddiy buyumlar, narsalar, ma’naviy omillar, faoliyat (o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot) hamda hissiy yondashuv ko‘rinishi.
Tarbiyaning rag‘batlantiruvchi vositalari: maqtov so‘zlarini bayon qilish, rahmatnoma bildirish, mukofotlash kabilar bo‘lsa, jazolovchi vositalari – koyish, tanqid qilish, tanbeh berishda ishlatiladigan so‘zlar, og‘zaki hayfsan berish, yig‘ilishda muhokama qilish, boshqa sinfga yoki maktabga o‘tkazish, mas’ul organ qaroriga ko‘ra ta’lim muassasasidan haydash, axloq tuzatish muassasalariga yuborish kabilardir.



  1. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish o‘quvchilar tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini kafolatlovchi yondoshuv hisoblanadi. Bizga yaxshi ma’lumki, «ta’lim texnologiyasi» tushunchasi ta’lim jarayonining mohiyati, uning bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida kechadigan ta’limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat qiladi.

«Pedagogik texnologiya» tushunchasi esa o‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya’ni, ta’lim hamda tarbiya jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur. Biroq so‘nggi besh yil mobaynida yangi pedagogik texnologiyalar va pedagogik faoliyatni uyushtirish jarayonida ulardan foydalanish mavzusida yaratilgan manbalarning deyarli barchasida ta’lim jarayonining texnologiyalashtirish muammosi uchun asosiy ob’ekt tarzida qabul qilinganligining guvohi bo‘ldik.
Holbuki, barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo‘lsak, tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifalardan biri ekanligini yanada chuqurroq anglaymiz.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq maqsadga va ijtimoiy g‘oyaga
asoslangan hamda o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir.
Ta’lim jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati yo‘q. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish zarurligini taqozo etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ko‘pchiligi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar rejasida belgilangan
tadbirlarni o‘tkazishga majburman» qabilida yondoshib kelganlar. Ularning asosiy e’tibori o‘zlari raqbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini avvaldan tayyorlangan stsenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdek, «maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza bo‘lib holishga yo‘l qo‘ymaslik» tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga qaratilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan bunday yondoshuvlardan voz kechish maqsadga muvofiq. Zero, tayyor stsenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning asosiy sub’ektlari bo‘lgan o‘quvchilar faol ishtirokchi va tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan:

  1. o‘quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi;

  2. o‘quvchilarda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;

  3. o‘quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga yo‘naltirilganligi haqida emas, balki sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida «soxta obro‘» orttirishi uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi xulosaning shakllanishi uchun sharoit yuzaga keladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi tarbiyaviy tadbirlarga nisbatan texnologik yondoshuv quyidagi holatlarning namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi: tarbiyaviy tadbir mavzusi va g‘oyasini o‘quvchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy tashabbuslar, ularning hohish–istaklariga ko‘ra belgilash; tarbiyaviy tadbir stsenariysini ishlab chiqishda o‘quvchilarning mustaqil faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; tarbiyaviy tadbir mazmunida o‘z ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas, balki o‘quvchilarning layoqati, qobiliyati, shuningdek, qiziqishlarini inobatga olish asosida taqsimlanishiga erishish; tarbiyaviy tadbirning tashkil etilishi va o‘tkazilishida o‘qituvchining roli buyruq berishdan iborat bo‘lmay, aksincha, o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ularning faoliyatini yo‘naltirib turish hamda zarur o‘rinlarda maslahat berish sifatida aks etishiga erishish; tarbiyaviy tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, guruh o‘quvchilarining faol ishtirokiga tayangan holda muhokama qilish. Muhokama jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli tanbehlarning berilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf etish (keyingi tadbirni o‘tkazish jarayonida ularning takrorlanishini oldini olish) yo‘lida chora-tadbirlarni belgilash muhim ahamiyatga ega.




  1. Download 1,21 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish