rasm. Pedagog nutqining asosiy shakllari
Pedagog sinfda og‘zaki nutqning turli shakllaridan foydalanadi. Quyi sinflarda ko‘proq nutqning dialog va polilog shakli samaralidir, chunki bu bosqichda ta’lim suhbat usuli asoslanadi. Monologik nutqdan pedagog hikoya, tasvir, ta’rif, tavsif xarakteridagi mavzularni bayon etishda foydalanadi. Monologik nutq yuqori sinflarda ijtimoiy, gumanitar fanlar – falsafa, siyosatshunoslik, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, “Milliy istiqlol g‘oyasi”, “Ma’naviyat asoslari”, tarix, huquq va adabiyot fanlarini o‘qitishda qo‘llanilsa, dialog shaklidagi nutq ona tili, chet tili, matematika, fizika, biologiya, geografiya, informatika va axborot asoslari fanlari bo‘yicha tashkil etiladigan darslarida qo‘l keladi. O‘rganilayotgan mavzuning mohiyatidan kelib chiqqan holda pedagog har bir darsda og‘zaki nutqning barcha shakllaridan o‘rinli foydalanishi mumkin.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog mutaxassislikka oid ishining yirik bo‘lagini nutqi orqali amalga oshiradi. Shuning uchun uning nutqi hamma vaqt g‘oyaviy yuksak, ravon, yumshoq, dilkash bo‘lishi lozim. Nutqda subutsizlik pedagog uchun noloyiqdir. Har bir nutq bolalarning yosh xususiyatlarini, bilimi va tushunchasini nazarda tutib tuzilishi shart. Shu bilan birga, pedagogning nutqi yosh avlod ko‘z oldida uni o‘rab olgan moddiy va ma’naviy dunyoning yangi qirralarini ochib
borishni maqsad qilib qo‘yadi. Pedagogning nutqi ta’lim va tarbiya berishning asosidir.
Pedagogning nutqi imkoni boricha sintaktik (yunon. “syntaxis” – tuzish, biriktirish; so‘z birikmalari, gap turlari va ma’nolari) jihatdan sodda, jozibador, ta’sirchan tuzilishi lozim.
Pedagogik nutqiy muloqotning o‘ziga xosligi pedagogning hamma yerda,
har qanday sharoitda ham tarbiyachi ekanligi bilan tavsiflanadi. Pedagog o‘z tarbiyalanuvchilari bilan ko‘proq auditoriyada, darsda nutqiy muloqotda bo‘ladi. Uning nutqi ilmiy-pedagogik mazmun kasb etadi. Bunday nutqda ilmning turli sohalariga xos qoidalar, atamalar, xulosalar aks etadi, har bir narsa o‘z o‘rnida, me’yorida bo‘ladi. Atamalarga, yangi so‘zlarga berilgan izohlar sodda, pedagog hazm qiladigan sintaktik qurilmalarda beriladi. Qoida va nazariyalar hayotiy, talabaga yaqin misollar bilan tushuntiriladi.
Pedagog mavzular bo‘yicha materiallarni talabalarga yetkazib berishda ularning xulqlariga samarali ta’sir etish maqsadida ko‘z, qosh, qo‘l, yuz, bosh, kaftlari yordamida muayyan harakatlarni amalga oshiradi. Uning bunday harakatlari tasdiq yoki inkorni ifodalashi mumkin. Pedagog tomonidan sodir etilayotgan harakatlar o‘rinli bo‘lsa ular so‘zsiz pedagogik ta’sir jarayonini kuchaytiradi. Biroq, harakatlarni o‘rinsiz, tez-tez sodir etish talabalarning diqqatlarini susaytiradi, ularni zeriktirib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |