rasm. Pedagogik texnikaning asosiy turlari
Pedagogik texnikani o‘zlashtirishda o‘qituvchi o‘quvchi hulq-atvori, xatti- harakatlarining tashqi belgilarga ko‘ra uning ichki holatini belgilay olish malakasiga ega bo‘lishi nihoyatda muhimdir. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi yuzini o‘rinsiz, qo‘pol tarzida burishtirmasligi, pala-partishlikka yo‘l qo‘ymasligi, imo-ishoralarning sun’iy bo‘lishidan saqlanishi, ma’nosiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Zero, bularning barchasi o‘qituvchining o‘quvchi oldida hurmat qozona olmasligiga olib keladi. Yosh o‘qituvchilar pedagogning hatto sinf xonasiga, auditoriyaga qanday kirishi, o‘quvchi, talabalarga nazar tashlashi, salomlashishi, stulni surishi, shaxsiy buyumlari (sumka yoki qog‘oz solingan yig‘majildlarni qaerga, qanday qo‘yishi, xona bo‘ylab yurishi, yozuv taxtasidan foydalanishdagi harakatlari. o‘quvchi, talabalar bilan muloqotda o‘zini qanday tutishi va boshqalar katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega ekanligini yodda tutishlari zarur.
Mohiyatiga ko‘ra pedagogik texnikaning samarali bo‘lishida pedagogning tashqi qiyofasi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shuni ham unutmaslik lozimki, pedagogik texnikani namoyish etishda o‘qituvchining umumiy madaniyati, ma’naviy va estetik dunyoqarashi muhim o‘rin tutadi. Agar o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi qashshoq, so‘zlari, talaffuz qilish qobiliyati past, estetik jihatdan omi, bo‘lar-bo‘lmas voqealarga nisbatan o‘z hissiyotiga erk beradigan bo‘lsa, tarbiyalanuvchilarning e’tiqodiga, aql-idrokiga, bilish va anglash tafakkuriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli o‘qituvchi o‘zidagi ana shu nuqsonlarni qayta tarbiyalashi lozim. Ta’kidlash joizki, pedagogik texnikaning ko‘nikma va malakalarini egallash yo‘llari to‘g‘risida bildirilgan fikrlarga e’tibor bermaslik, pedagogik faoliyat jarayonida ularning beqiyos ahamiyatiga yetarlicha baho bermaslik, shuningdek, pedagogik texnika malakalarini tanqidiy, har bir o‘qituvchining individual xususiyatlarini hisobga olmay ish yuritish pedagogik mahoratni egallashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida nuqsonlarning ko‘payishiga olib keladi.
O‘quvchilarga samarali ta’sir ko‘rsata olish uchun pedagog, o‘qituvchining tashqi qiyofasi quyidagi talablarga javob bera olishi zarur: o‘qituvchi tashqi ko‘rinishining o‘quvchilarga estetik ta’sir ko‘rsatishi, ularni estetik jihatdan zavqlantira olishi; o‘qituvchi sochining taralgan, chiroyli turmaklangan bo‘lishi; pardoz buyumlaridan o‘rinli foydalanish, yuzning ortiqcha bo‘yoqlardan holi bo‘lishi; o‘qituvchi liboslarining toza, ozoda, qomatiga yarashgan bo‘lishi, osilib turmasligi, haddan ortiq hashamatli bo‘lmasligi lozim; zargarlik buyumlaridan imkon qadar holi bo‘lish, ayniqsa, tovlanuvchi metallar – olnin va kumush taqinchoqlardan foydalanmaslik, libosning rangi va o‘qituvchining yosh xususiyatlariga muvofiq oddiy, hashamatli bo‘lmagan toshli va metall taqinchoqlardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |