Nigora Erkaboyeva pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma) Toshkent


Muloqot turlari, shakllari va vositalari



Download 1,21 Mb.
bet14/102
Sana17.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#815525
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
Bog'liq
fayl 775 20210505

Muloqot turlari, shakllari va vositalari. O’z mohiyatiga ko’ra muloqot bir necha turga ajratiladi. Muloqotning quyidagi turlari farqlanadi:

  1. Ijtimoiy yo’naltirilgan muloqot (u keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan).

  2. Guruhdagi predmetga yo’naltirilgan muloqot (u o’zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot – mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a’zolarining o’rtaida sodir bo’ladi).

  3. Shaxsiy muloqot (u bir shaxsning boshqa shaxs bilan o’z muammolarini ochish maqsadida o’rnatgan munosabatlari sanaladi).

  4. Pedagogik muloqot (u pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir jarayoni sifatida namoyon bo’ladi.

Muloqotning shakllari ham turlichadir. Xususan (7-rasm):



    1. rasm. Muloqotning asosiy shakllari


Muloqotda eng ko’p holatlarda nutq faoliyati ko’zga tashlanadi. Nutq faoliyati shaxs tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish, ularni avlodlarga uzatish, kommunikatsiya o’rnatish va o’z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayoni sanaladi. Bu turdagi faoliyat aloqa jarayonining o’zidir.


Nutq faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi:

  1. faol nutq (so’zlovchining nutqi);

  2. sust nutq (tinglovchining nutqi). Shuningdek, nutq:

  1. ichki nutq (monologik va dialogik nutq);

  2. tashqi nutq (yozma va og’zaki nutqqa) bo’linadi.

Monolog bir shaxsning o’ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o’qituvchining bayoni, o’quvchining to’laroq javobi, ma’ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma’lum qiyinchiliqlarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, logika va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e’tibor berish kerak.
Monologik nutq dialogik nutqqa nisbatan kechroq shakllanadi. Maktabda o’quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari kerak.
Ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko’p jihatdan undan oldingi fikrga bog’liq bo’ladi. Dialogik
nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo’lgan ayrim so’zlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo’lmasligi mumkin. Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya’ni odatlanib qolgan so’z birikmasi ko’p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi).
Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish bosqichi sifatida namoyon bo’ladi. Odatda shaxs so’zlar chala yarim aytilganda ham tushanadi.
Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo’lib, yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir. Yozma nutq tufayli kishilar to’plagan tajribani avloddan avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoniyati bor. Yozma nutq piktografiyadan minglab so’zlar bir necha o’nlab harflar yordamida ifoda etilayotgan hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi. Ko’pincha bir narsani yozib qo’yish – uni anglab olish va eslab qolish hisoblanadi.




  1. Download 1,21 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish