80
Noorganik, organik va ijtimoiy tizimlar moddiy tizimlarning eng ko‗p
uchraydigan turlari hisoblanadi. Moddiy tizimning noorganik turini tasniflashda
uning elementar zarralar va maydonlar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar,
makroskopik jismlar, geologik tuzilmalar kabi elementlari qayd etiladi.
Moddiy
tizim organik turining tuzilishi bir necha darajadan iborat: hujayrasiz daraja -
DNK, RNK, nuklein kislotalar, oqsillarni; hujayrali daraja – mustaqil mavjud
bo„lgan bir hujayrali organizmlarni; ko„p hujayrali daraja – to„qimalar, organlar,
funksional sistemalar (asab sistemasi, qon eltuvchi sistema), ya‟ni organizmlar
(o„simliklar va hayvonlar)ni o„z ichiga oladi.
Organizmlardan yuqori tuzilmalar
ham farqlanadi: bu umumiy genofond bilan bog‗langan bir turga mansub
jonzotlarning populyasiyalari – biologik birliklar (o‗rmondagi bo‗rilar to‗dasi,
ko‗ldagi baliqlar galasi, chumoli uyasi yoki butazor va boshqalar)dir.
Populyasiyaning yaxlitlik darajasi uning tarkibiga kiruvchi ayrim organizmlarning
xususiyatlari va ko‗payishini tartibga soladi. Masalan,
chigirtkalar biomassasi
muayyan chegaradan oshib ketsa, ularning ko‗payishini sekinlashtiruvchi
mexanizmlar ishga tushadi. Jonli materiya tuzilishining organizmlardan yuqori
darajasiga populyasiyalardan tashqari biotsenozlar kiradi. Biotsenozlarning yaxlit
tizimida populyasiyalar shunday bog‗langanki, ulardan birining hayot faoliyati
mahsulotlari boshqasining yashash shart-sharoitlariga aylanadi. Masalan, o‗rmon
muayyan biotsenoz hisoblanadi: unda yashovchi o‗simliklar, shuningdek
hayvonlar, zamburug‗lar, lishayniklar va mikroorganizmlarning populyasiyalari
o‗zaro ta‘sirga kirishib, yaxlit tizimni vujudga keltiradi.
Biosfera doirasida moddiy tizimning alohida
turi - kishilik jamiyati
rivojlangan. Bu ijtimoiy tizim ham alohida kichik tizimlar individ, oila, guruh,
jamoa, davlat, millat va boshqalarni o‗z ichiga oladi. Materiya tuzilishining alohida
turi sifatidagi jamiyat odamlar faoliyati tufayligina mavjud bo‗ladi. SHu sababli
jamiyatga o‗z ehtiyojlarini qondirish va rivojlanish imkonini beruvchi ijtimoiy
ishlab chiqarish bilan bog‗liq inson faoliyati substansional negiz hisoblanadi.
Moddiy tizimlar turlarining tasnifini davom ettirib, L.Gumilevning
«Etnogenez va Er biosferasi» asaridagi fikr-mulohazalarini esga olish mumkin.
Muallif taklif qilgan tasnifning mantig‗i quyidagicha: siz Er sayyorasida yashaysiz.
Bir qobiq ostida harakat qilasiz – bu litosfera. Moddiy tizimlarning boshqa bir turi
organizmingizning barcha hujayralariga kirib boradi – bu gidrosfera. Uchinchi turi
bilan siz nafas olasiz – bu atmosfera. To‗rtinchisi – biosfera. Bu erda siz barcha
tirik o‗simliklar, mikroorganizmlar bilan yashaysiz
1
.
Bu tasnifni geo-, bio- va
noosferalarni ajratishni taklif qilgan V.I.Vernadskiy tasnifiga yaqinlashishni sezish
mumkin.
Asosiy muammo shundan iboratki, ilgari surilgan nazariyalar va ularni
amalda sinash, ya‘ni ularning ishonchliligini tasdiqlashi yoki pirovard natijada
ularni rad etishi mumkin bo‗lgan tegishli eksperimentlar o‗tkazish yo‗li bilan
tekshirish imkoniyatlari o‗rtasida ulkan tafovut mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: