Нигинахон шермухамедова


YAkkalik va umumiylik dialektikasi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

YAkkalik va umumiylik dialektikasi.
Bu falsafiy kategoriyalar borliq 
narsalari va hodisalarining dialektik birligini va ularning o‗rtasidagi tafovutni aks 
ettiradi. Xususan, «yakkalik» kategoriyasi narsada, hodisada faqat shu narsaga, 
hodisaga xos bo‗lgan jihatni aks ettiradi. «Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar 
o‗rtasida muayyan sifat jihati doirasida amalda mavjud bo‗lgan ayniylikdir. 
YAkkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud bo‗lmaydi. Ayrim narsalar, 
hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud bo‗ladi. Umumiylik ham, yakkalik ham 
faqat ayrim narsa yoki hodisadagina mavjuddir. Har qanday ayrim narsa yoki 
hodisa qarama-qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o‗zida u ham yakkalik
ham umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, 
elementi hisoblanadi, chunki u ayrim narsa yoki hodisani to‗liq emas, balki bir 
yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. YAkkalik o‗z 
mohiyatiga ko‗ra mavhum hisoblangan umumiylikdan boyroqdir. Ammo 
umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini chuqurroq yoritadi.
Xususiylik.
«
Xususiylik» yakkalik va YAkkalik va umumiylik.
Bu 
falsafiy kategoriyalar borliq narsalari va hodisalarining dialektik birligini va 
ularning o‗rtasidagi tafovutni aks ettiradi. 
YAkkalik va umumiylikni bog„lovchi 
halqa xususiylikdir. 
U yakkalik va umumiylikning o‗zaro aloqadorligi bilan 
bog‗liq mazmunini anglatadi
.
Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo‗lgan va 
umumiyga nisbatan yakka bo‗lgan narsa yoki hodisa. Masalan: modda (qonun 
moddasi) – yakka; qonun – xususiy; huquq - umumiy. «qonun» tushunchasi 
«modda» tushunchasiga nisbatan umumiydir. O‗z navbatida «qonun» tushunchasi 
«huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi. 
YAkkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari bilish jarayonida uning 
tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o‗ynaydi. Masalan: 
vodorod yakkalik, gaz — xususiylik, ximiyaviy element — umumiylikni 
ifodalaydi. YAkkalik, xususiylik, umumiylik o‗rtasidagi munosabat dialektik 
xarakterga ega bo‗lib, ularning tafovuti nisbiydir. Dunyoda va bilish jarayonida 
mazkur tushunchalar aniq shart-sharoitga ko‗ra, bir-biriga o‗tishi, o‗rin almashishi 
ham mumkin. Ammo falsafada boshqa qator eng umumiy tushunchalar ham borki, 
ular nihoyatda keng mazmunni ifodalaganligi sababli xususiylik jihatini 
yo‗qotmasligi mumkin. Masalan, "harakat", "makon", "zamon" va h.k. 
YAkkalik, xususiylik va umumiylik voqelikdagi aniq, narsa, hodisa, 
jarayonlar orqali mavjuddir. Olamdan ajralgan alohida yoki umumiy tushuncha 
bo‗lishini tasavvur qilish qiyin. Mazkur kategoriyalar o‗rtasidagi o‗zaro munosabat 
masalasini faylasuflar turlicha izohlaganlar. G.Gegel fikricha, umumiylik aniq 
narsalarga bog‗liq bo‗lmagan holda, qandaydir, mustaqil shaklda mavjud bo‗lib, 
alohidalikdan avval vujudga keladi va uni belgilaydi. J. Lokk "Umumiylik va 
universallik haqiqatan mavjud narsalarga mansub emas, balki uni aql-idrok o‗z 
iste‘moli uchun ixtiro qilgan va yaratgandir hamda belgilar, so‗zlar yoki 


485 
ideyalargagina taalluqlidir"— degan fikrni ilgari surgan edi. Umumiylikni 
ayrimlikdan ajratib, uni voqelikda mavjud bo‗lmaydigan narsalarni ifodalaydi, 
degan nominalistik ta‘limot ham mavjud. Bu hozirgi zamon falsafasining CHeyz, 
Uelpol, Keyzer kabi namoyandalari ijodida uchraydi. Aslida esa yakkalik 
xususiylik va umumiylik ob‘ektiv hamda sub‘ektiv xususiyatga ega ekanligini 
e‘tirof etish ular o‗zaro aloqadorlikda mavjud bo‗ladi, degan qoidaga asoslanadi. 
YAkkalik umumiylikka nisbatan mazmunan boy bo‗lib, o‗zida umumiylikka xos 
belgilardan tashqari yana muayyan belgilarni ham ifodalaydi. Umumiylik esa 
yakkalikning muhim, asosiy ichki belgisi, munosabatlarini ko‗rsatadi.
YAkkalik va umumiylik olam taraqqiyotining bosqichlari va ifodalanish 
shakllari sifatida ichki aloqadorlik munosabatida namoyon bo‗ladi. YAkkalik 
umumiyliksiz yashashi mumkin bo‗lmaganidek, umumiylik ham yakkaliksiz 
mavjud bo‗lmaydi. Demak, olamdagi har bir aniq narsa, hodisa, umumiylik, 
xususiylik va yakkalikning birligi sifatida mavjud hamda namoyon bo‗ladi. Ushbu 
kategoriyalarning mohiyatini va ularning o‗zaro bog‗liqligini ilmiy asosda 
tushunish fan, amaliyot uchun nihoyatda muhimdir.
Mazkur kategoriyalar bilish jarayonining bosqichlari sifatida ham namoyon 
bo‗ladi. Іissiy bilish (alohidalik) va abstrakt mantiqiy bilish (umumiylik) 
o‗rtasidagi aloqadorlik bilishning oddiy, alohida shaklidan umumiylikka qarab 
borishini ko‗rsatadi va ushbu jarayonni to‗g‗ri tushunishga imkon yaratadi. 
Masalan, vrach bemorni davolashga kirishishdan avval undagi kasallikning 
belgilari (yakkalik)ni o‗rganadi, bu belgilardan qaysi biri qanday kasalliklarga 
taalluqli ekanligini (xususiylik) ayni vaziyatda ulardan qaysi biri muhim, ichki 
qonuniyat (umumiylik) ekanligini aniqlagach, mazkur kasallikni davolashga 
kirishadi.
YAkkalik, xususiylik va umumiylik o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni to‗g‗ri 
tushunish narsa, hodisalarning muhim belgilarini ochish orqali amalga oshadi. Bu 
kategoriyalar rivojlanishning asosiy yo‗l va yo‗nalishlarini belgilab olish, 
voqelikning muayyan jihati haqida ilmiy xulosalar chiqarish uchun imkon beradi. 
CHunonchi, D.I.Mendeleev kimyoviy elementlarga xos eng umumiy xususiyatlarni 
tadqiq etib, davriy sistemaga kirmagan to‗rtta element mavjudligini ilgaridan 
aytgan edi. Keyinchalik bu ilmiy bashorat fan tomonidan isbotlanadi.
YAkkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari o‗rtasidagi o‗zaro birlik 
tabiat hamda ijtimoiy hayotning taraqqiyot tendensiyasini anglashda, turli voqealar 
sistemasida yangilikni ajrata olish va unga yo‗l ochishda muhim ahamiyatga ega. 
Іayotda har qanday yangilik, yangi tashabbus va harakatlar, yangicha odat va 
an‘analar, dastavval, yakkalik tarzida vujudga keladi, so‗ngra xalq nazaridan o‗tib, 
mustahkamlanib, o‗ziga yo‗l ochadi. Mustaqillikni mustahkamlash uchun faollar 
harakati xuddi shu tariqa vujudga keldi hamda ommaviy harakat tarzida 
umumiylikka aylana boshladi. 
Demak, yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari olamda amal 
qiluvchi qonuniy jarayon hamda mazkur jarayonning inson tafakkuridagi in‘ikosi 
bo‗lib, u olamga xos yashash va rivojlanish jarayonining muhim tomonlaridan 
birini to‗g‗ri tushunishga imkoniyat yaratadi.


486 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish