483
halqalari ekanligini, bir xil qonuniyatlarga bo‗ysunishi mumkinligini anglatadi.
Masalan, har qanday o‗tish davri eski jamiyatdan yangisiga o‗tish
muammolarini
hal etilish shakli bo‗lib, uning mazmuni mavjud ijtimoiy, iqtisodiy munosabat,
tartiblarni tubdan o‗zgartirishdan iboratdir. Xususan, O‗zbekistondagi hozirgi
o‗tish davrida ham ana shunday o‗zgarishlar amalga oshmoqda,
ammo bu
jarayonda faqat mamlakatimizgagina xos xususiyatlar mavjud. Xullas,
umumiylik
ayrimlikka nisbatan keng mazmunga ega, u ayrim narsa, hodisa va jarayonlarga xos
bo‗lgan ichki qonuniyatni, umumiy asosni, o‗xshashlikni anglatadi. Umumiylikni
faqat mohiyatni aniqlash orqali ochib berish mumkin.
YAkkaliksiz umumiylik
sezgilar
darajasida
idrok
etiladigan
belgilardan,
ayrimlikning
betakror
individualligi, boyligidan mahrum bo‗lgan abstraksiya bo‗lib qoladi. YAkkalik va
umumiylikning keltiriladigan ta‘riflari ularni ayni bir ayrim ob‘ektning tomonlari
sifatida tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein
kislotalarning mavjudlik shakli sifatida tavsiflanadi. Irsiyat va o‗zgaruvchanlik –
butun tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa
tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa
jonzotdan farqlash imkonini beruvchi birdan-bir xossadir. Mantiqda yakkalik va
umumiylik – tushunchalar tavsifi berilgan. Unga ko‗ra umumiylik tushunchasida
ikki
va undan ortiq predmet, yakkalik tushunchasida esa – bitta predmet
tushuniladi. Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli
ot bilan ifodalanadi.
Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining
o„xshashligi va farqlarini belgilovchi xossalardir.
O‗rta asrlar falsafasida umumiy tushunchalar tabiati haqidagi masala
atrofidagi bahs uning ishtirokchilari realistlar va nominalistlarga bo‗linishiga olib
keldi. Realistlar umumiylikni yakkalikdan ajratib,
umumiylikni mustaqil holda
mavjud hodisa sifatida, narsalar paydo bo‗lgunga qadar – narsalarning (Xudo
aqlidagi) ilk timsoli sifatida, narsalarda – Xudoning ro‗yobga chiqarilgan g‗oyasi
sifatida talqin qilganlar. SHunday qilib,
realistlar fikricha
umumiylik narsalarga
qadar, narsalarda va narsalardan keyin narsaning muayyan g„oyasi
sifatida
mavjud bo‗ladi.
Nominalistlar esa, aksincha, faqat yakka narsalar amalda mavjud,
umumiy tushunchalar esa, ayrim narsalarning nomlari, xolos, deb hisoblaganlar
.
Mazkur tasavvurlar aks sadosiga bugungi kunda ham, masalan, umumiylik
ob‘ektlar to‗plami bilan, yakkalik esa – bitta predmet bilan tenglashtirilgan holda
duch kelish mumkin. Amalda umumiylik va yakkalik kategoriyalari ob‘ektlarni
emas, balki ularning xususiylik tomonlari sifatida birgalikda mavjud bo‗lgan
xossalarini aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o‗ziga xosdir, chunki
ularning har bir ob‘ektdagi ko‗rinishi, uyg‗unligi, birining ikkinchisidan ustunligi
betakrordir. SHu sababli har bir ayrim hodisa, narsa –
xususiydir
.
Xususan, «yakkalik» kategoriyasi narsada, hodisada faqat shu narsaga,
hodisaga xos bo‗lgan jihatni aks ettiradi. «Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar
o‗rtasida muayyan sifat jihati doirasida amalda mavjud bo‗lgan ayniylikdir.
YAkkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud bo‗lmaydi.
Ayrim narsalar,
hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud bo‗ladi. Umumiylik ham, yakkalik ham
faqat ayrim narsa yoki hodisadagina mavjuddir. Har qanday ayrim narsa yoki
hodisa qarama-qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o‗zida u ham yakkalik,
484
ham umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi,
elementi hisoblanadi, chunki u ayrim narsa yoki hodisani to‗liq emas,
balki bir
yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. YAkkalik o‗z
mohiyatiga ko‗ra mavhum hisoblangan umumiylikdan boyroqdir. Ammo
umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini chuqurroq yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: