365
ziddi – «regress» (lot. regressus – teskari harakat, orqaga qaytish) tushunchasi bilan
bog‗liq holda o‗rganish lozim.
Umuman olganda, progress rivojlanish sur‘atlarining o‗sib borishi bilan
tavsiflanadi va u tarixiy rivojlanishning ob‘ektiv qonuni sifatida qabul qilinadi.
Ammo regressning ayrim unsurlari, aloqalari va funksiyalarining mavjudligi
taraqqiyotning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Fransuz sotsiologi R.Aron
«Taraqqiyotdan ko‗ngil sovishi» kitobida bu boradagi halokatli urushlar, tabiiy
ofatlar, insoniyatning umumiy tanazzuliga ishora qilgan. U Er aholisi haddan
tashqari ko‗payib ketgani, fan-texnika inqilobi sharoitida
insonning biologik
jihatdan tubanlashuvi yuz berayotgani haqida fikr yuritib, pessimistik xulosalar
chiqargan va rivojlanish g‗oyasining o‗ziga shubha bildirgan.
Ammo jahonning tarixiy rivojlanish jarayonini tangliklar va inqirozlarsiz
tasavvur qilib bo‗lmaydi. Dunyoni mutlaqo tartibli holda ko‗rish, tabiiy tarixiy
jarayonni umumiy, faqat ijobiy manzaralarda ifodalash istagi nazariy
prognozlardan ham ko‗ra ko‗proq utopik (xom xayol), amalga oshmaydigan
loyihalar sohasiga taalluqlidir.
Kishilik jamiyatining quyidan yuqoriga tomon rivojlanishi doimo ijtimoiy
taraqqiyot bilan bog‗langan bo‗lsa-da, tarixiy
taraqqiyotning asl mohiyati,
qonunlari va harakatlantiruvchi kuchlari uzoq vaqtgacha ma‘lum bo‗lmagan.
Idealizm g‗oyalari bilan ruhlangan faylasuf va sotsiologlar progress manbaini
ma‘naviy negizdan, aql-zakovatning takomillashish qobiliyatidan, axloq hamda
huquqiy g‗oyalarning rivojlanish darajasidan izlaganlar. Ammo bu oliy ma‘naviy
kuchlarni rivojlanishga nima majbur qilishi tushunarsiz bo‗lib qolgan.
Taraqqiyotning fatalistik talqini, ya‟ni progressni muqarrar jarayon deb
tushunish faollikni susaytiradi, hayotga tomoshabin bo„lib qarash, voqelikni
loqayd kuzatishga yo„naltiradi.
Taraqqiyotning volyuntaristik talqini jahon tarixining ob‟ektiv qonunlarini
inkor etish, o„z xohish-irodasini stixiyali tarzda ifodalash, ijtimoiy rivojlanishni
erkin baholash bilan bog„liqdir.
Materialistik yondashuv tarixiy taraqqiyot ildizlarini moddiy ishlab
chiqarish sohasidan, iqtisodiyotdan izlash kerak, degan g„oyani ilgari suradi.
Bunda inson va u yaratgan mehnat qurollarini o‗z ichiga olgan jamiyatda ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishi ijtimoiy taraqqiyotning oliy ob‘ektiv
mezoni
sifatida tan olinadi. Muayyan ijtimoiy tuzumning progressivligi ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Bunda ishlab chiqarish kuchlari jamiyatning rivojlanish darajasini pirovard
natijada, umumbashariy tarixiy miqyosda, umumiy tarzda belgilaydi, deb
hisoblanadi. Go‗yoki ishlab chiqarish kuchlari erishgan har bir daraja juda ko‗p
turli imkoniyatlarni yaratadi va ijtimoiy harakat yo‗li ko‗pgina holatlarga, xususan,
ijtimoiy faoliyat sub‘ekti tanlagan tarixiy yo‗lga bog‗liq bo‗ladi.
Bugungi tarix taraqqiyotni ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish
darajasiga bevosita bog‗lash mumkin emasligini, ustqurmaviy hodisalar
iqtisodiyotga nisbatan ancha mustaqil ekanligini ko‗rsatdi.
Taraqqiyot – serqirra hodisa bo‗lgani kabi, jamiyat juda ko‗p
rang-barang
element va jarayonlarni o‗z ichiga olgan murakkab tizimdir. Bu element va
366
jarayonlar rivojlanuvchi, yuksalishga qodir va progressiv o‗zgarishlarning o‗z
mezoniga ega kichik tizimlar sifatida namoyon bo‗ladi. SHu bois ijtimoiy
taraqqiyotning muayyan mezonlari sifatida, iqtisodiy mezon bilan bir qatorda,
ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy va gumanistik mezonlar ham qayd etiladi. Ayni
vaqtda bu xususiy mezonlar ijtimoiy hayotning ayrim jihatlarinigina tavsiflaydi va
taraqqiyot haqida umumiy yaxlit tasavvur bermaydi. Jamiyatning o‗z-o‗zidan
rivojlanuvchi harakatchan tizim sifatida rivojlanishi uning barcha kichik
elementlari bir xilda va bir xil sur‘atda rivojlanishini anglatmaydi. Odatda, ularning
rivojlanishi notekis kechadi, ayrim sohalardagi progress boshqa sohalardagi regress
yoki bir yoqlama rivojlanish bilan birga namoyon bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: