200
S.N.Rodin va b.) molekulyar evolyusiya nazariyasining asosiy muammolarini
tadqiq qilish jarayonida molekulyar-genetik boshqaruv tizimlarining evolyusion
dinamikasini kompleks tavsiflashga asoslangan bu nazariya molekulyar evolyusiya
jarayonining stoxastik xususiyatini va uning tur xosil bo‗lish negizi sifatidagi rolini
ko‗rsatishini
aniqladi
1
. Ushbu yo‗nalish hozirgi vaqtda mashhur bo‗lgan ilmiy
tadqiqotning sinergetik paradigmasiga mos keladi va uning evristik salohiyatini
namoyon etadi. Eksperimental tadqiqotlar sut emizuvchilarning sun‘iy
xromosomalari negizida yaratilgan vektorlardan foydalanishning samaradorligini
namoyish etmoqda. Bugungi kunda hujayra injeneriyasi
- hujayra biologiyasi,
oqsillar kimyosi va bioinjeneriya sohasidagi tadqiqotlarning natijalariga
asoslangan istiqbolli texnologiya rivojlanmoqda
2
. Bularning hammasi irsiy
injeneriya yaqin kelajakda sayyoramizning jonli
tabiati evolyusiyasini
modellashtirish imkonini berishi, biosferani boshqarish muammosi va pirovardida
dunyo miqyosidagi ekologiya muammosi hal qilinishiga umid bag‗ishlaydi.
Biosferaning murakkab muammolarini va ekologiya masalalarini hal qilishda
irsiy injeneriyadan foydalanishning samaradorligi muayyan darajada qadriyatlarga
munosabat tizimi bilan ham belgilanadi. Hozirgi vaqtda milliy va xorijiy
adabiyotlarda inson faoliyati zamirida antropotsentrizm yotishi kerakmi yoki
biotsentrizmmi, degan masala yuzasidan bahs ketmokda. Birinchi, antropotsentrik
yondashuvga ko‗ra inson aqlli jonzot sifatida madaniyatni yaratgan universal
(dunyo miqyosida) rivojlanish hodisasi hisoblanadi. U ekologik tangliklarga to‗la
tabiat bilan abadiy qarama-qarshilikda bo‗ladi.
SHu bois, birinchidan, boshqa har
qanday tur va umuman tabiat manfaatlari oldida inson manfaatlarining
ustunligi,
ikkinchidan, biologik tur sifatidagi insoniyat manfaatlari oldida inson shaxsi
manfaatining ustunligi, uchinchidan, shakllangan biologik muayyanlik sifatidagi
insoniyat manfaatlari oldida madaniy va tafakkur egasi sifatidagi insoniyat
manfaatlarining ustunligi ta‘minlanishi lozim
3
.
Bu erda evolyusiya va
insonparvarlik tamoyillari asosida tuzilgan ekologik etikaning asosiy tamoyillari
ta‘riflangan.
Ikkinchi, biotsentrik yondashuv zamirida fransuz tadqiqotchisi L.Ferri ilgari
surgan «teran» ekologiya g‗oyasi yotadi. Uning «YAngi ekologik tartib» kitobida
ikki falsafiy muammo haqida so‗z yuritiladi: 1) tabiat o‗z holicha qimmatga egami;
2) ekologiya bilan hozirgi dunyoning o‗zaro nisbati qanday. Bunda ustuvorliklar
quyidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi: daraxt, hayvon, inson
4
.
Ushbu
konsepsiyaning mufassal tahlili uning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini
ko‗rsatadi va u hozirgi sharoitga mos kelmaydi, degan xulosaga kelish imkonini
beradi
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: