Нигинахон шермухамедова


Ekologik muammoning falsafiy ma‘nosi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ekologik muammoning falsafiy ma‘nosi.
Ayrim fanlar doirasidan chetga 
chiqish va muammoga nisbatan kengroq, falsafiy yondashish biosferada hamma 
narsa betakror tarzda o‗zaro bog‗liq va tabiiy tartibga solinadigan muvozanat 
holatida ekanligini aniqlash imkonini berdi. SHuningdek, biosferaning o‗zi ham 
sayyoramizning tabiiy qismi hisoblanadi. U Er yuzasida yanada murakkabroq 
tuzilma – biogeosferani tashkil etadi. Insonning umumiy faoliyati Erdagi geologik 
jarayonlar bilan teng darajaga etganidan beri biogeosferada jiddiy o‗zgarishlar yuz 
berdi. Bu o‗zgarishlar sayyoramiz o‗zining ilk qiyofasini yo‗qotishiga olib keldi va 
inson borlig‗i negizlariga putur etkazdi. SHu tariqa u azaliy falsafiy muammo – 
hayotning mazmuni muammosiga keskinroq tus beradi va ekologik muammolarni 
hozirgi zamon falsafasining muhim bo‗limiga aylantirdi.
Bunday ekologik muammolarni falsafiy anglab etish o‗ziga xos xususiyat 
kasb etadi. Zero, falsafa tabiat va jamiyatning o‗zaro munosabatlarida yuzaga 
keluvchi ayrim muammolarni hal qilmaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan 
muayyan tavsiyalar bermaydi. Bu maxsus fanlarning vazifasidir. 
Falsafaning roli 
esa –
muayyan natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish, yuz berayotgan 
jarayonlar dinamikasi va tendensiyalarini aniqlash, tabiiy o„zaro bog„lanishlar, 
tarixiy bog„liqliklarni aniqlash
va sh.klarga muvofiq falsafiy xulosalar 
chiqarishdan iborat, unda muhim tushunchalar aniqlanadi, asosiy tamoyillar 
belgilanadi, bu nafaqat bilish maqsadlari, ekologik ta‘lim ishiga xizmat qiladi, 
balki tabiatni muhofaza qilish borasida muayyan vazifalarni hal qiluvchi ayrim 
fanlar uchun metodologik tayanch hisoblanadi.
Xulosalar.
Insoniyat jiddiy ekologik tangliklar xavfi bilan to‗qnash kelgach, 
odamlar xulq-atvorining axloqiy tomoni ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi va 
endilikda «jamiyat-tabiat» tizimida muammolar keskinlashuvidan oldingiga 
qaraganda o‗zgacha ma‘noga ega, zero, yuqorida qayd etib o‗tilganidek, inson o‗z 
faoliyatida asosiy e‘tiborni biosferaga qaratishi lozim. YUzaga kelgan vaziyatda bu 
odamlarning yangicha axloqqa asoslangan tegishli xulq-atvorini taqozo etuvchi 
ob‘ektiv zaruriyatdir. Mazkur axloq insoniyat bu sohada erishgan eng sara 
yutuqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki hozirgi hayotning eng muhim 
muammolarini ham hisobga olishi lozim.
Xususan, qadimgi rivoyatlarda keltirilgan, umumiy axloqiy qoida sifatida 
Kant
tomonidan ta‘riflangan («SHunday ish ko‗rginki, xohish-irodang maksimasi 
ayni vaqtda umumiy qonunchilik tamoyili kuchiga ham ega bo‗lsin») 
axloqiy 
imperativ
endilikda tabiatga nisbatan ham tatbiq etilib, umumiy ekologik 
imperativga aylanishi lozim. Ekologiyaga tatbiqan bu talabning ma‘nosi shundan 
iboratki, 
ish ko„rayotgan har bir sub‟ekt
(u xoh ayrim inson, xoh jamiyat yoki 
butun insoniyat bo‗lsin) 
o„zining tabiatga bevosita yoki bilvosita daxldor bo„lgan 
barcha niyatlari, ishlari va xatti-harakatlarida o„zini shunday tutishi lozimki, bu 
xulq-atvor me‟yori umumiy ekologik qonunga aylana olsin
.
Ijtimoiy hayotga ham, inson mavjudligining tabiiy sharoitlariga ham tegishli 
bo‗lgan bu axloqiy qonunga o‗z holicha rioya qilish ekologiyaning barcha 
muammolarini bartaraf etishni uzil-kesil kafolatlovchi birdan-bir va shak-
shubhasiz talab hisoblanmaydi. Ammo har bir inson va butun jahon hamjamiyati 
tomonidan odamlarning tabiat bilan munosabatlarida asos qilib olingan taqdirda, u 


186 
muqarrar tarzda turli mamlakatlar va xalqlarni shunday bir holatga keltiradiki, ular 
o‗zining tabiatni o‗zgartiruvchi siyosatini mazkur qonunga muvofiq qayta tuzishga 
majbur bo‗ladi, shu tariqa jahon hamjamiyatiga yanada faolroq birlashish yo‗lidagi 
ekologik g‗ov-to‗siqlarni bartaraf etadi. Aks holda nafaqat noosferaga erishish, 
balki umuminsoniy muammolarni hal qilish ham mumkin emas.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish