Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Sabablarning turlari.
Sabablar ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, 
ob‘ektiv va sub‘ektiv bo‗lishi mumkin. Sub‘ektiv sabablar ko‗pincha faoliyat, 
xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo‗ladi.
Voqealar zanjirining bilishda ichki va tashqi sabablar ham bir xil rol 
o‗ynamaydi Ob‘ektning mohiyatini tashkil etuvchi qarama-qarshi kuchlar, 
tendensiyalarning o‗zaro aloqasi sababning ichki manbai hisoblanadi.. Ichki 
sabablar deb narsa va hodisaning o‗z tabiatiga xos, ichki muayyanlik, qarama-
qarshi tomonlarning birligini ifodalanishiga aytiladi. Masalan, odamlar o‗z 
kasalligi yoki qariligini qayg‗u-hasrat, muvaffaqiyatsizliklar, og‗ir ish va hokazolar 
bilan tushuntirishga moyildirlar. Amalda qarilik yoki o‗limni engishga hali hech 
kim muvaffaq bo‗lmagan, chunki qarilik ham, o‗lim ham ichki sabablar bilan 
izohlanadi. SHu sababli ba‘zilar og‗ir ish bilan shug‗ullanib ham uzoq vaqt yosh 
va sog‗lom bo‗lib qoladi, ayrim takasaltanglar esa juda tez qariydi...
Tashqi sabablar esa narsa va hodisalararo bir-biriga ta‘sir holatini bildiradi. 
Tashqi sabablar turli ob‘ektlar o‗zaro aloqasining mahsulidir.
Ma‘lumki, ichki sabablar har qanday o‗zgarish va rivojlanishning asosini 
tashkil etadi, ammo tashqi sabablar o‗zgarishning shart-sharoit va muhitini 
bildiradi, xolos. Organizmning normal shakllanishi va o‗sishi uchun tashqi sabab 
hisoblangan muhim ozuqa, havo, suv kabilar yuzaki qaraganda nechog‗li muhim 
bo‗lib ko‗rinmasin, biroq organizmning yashashini, mavjudligini belgilaydigan 
asosiy sabab modda almashinishi, ya‘ni assimilyasiya va dissimilyasiya 
jarayonidir. Demak, har bir hodisa va jarayon turli sabablarning umumiy 
aloqadorligi asosida shakllanadi va yuzaga keladi. Voqea va hodisaning haqiqiy 
mohiyatini bilishda asosiy va asosiy bo‗lmagan, ichki va tashqi sabablarni 
almashtirib yubormaslik lozim. Sabablarning o‗rni, ahamiyatini aralashtirib, 
noto‗g‗ri tushunish nazariy va amaliy faoliyatda g‗ayriilmiy natijalarga olib borishi 
mumkin. 
SHuning uchun bilish jarayonida determinizm tamoyillariga asoslanish 
maqsadga muvofiq. Sabab va oqibat aloqaini ilmiy tushunishning fan va amaliyot 
uchun ahamiyati tushunilib, hamma narsaning aloqadorligi, sabablar zanjirining 
uzviyligi g‗oyasi tug‗ilgan paytdan buyon ming yillar o‗tdi. Bu sabab va oqibat 
aloqai inson tafakkuri tarixida qanday shakllarda tushunilganligini taqqoslab 
ko‗rish, bilish nazariyasining takomillashib borganini yaqqol ko‗rsatgan bo‗lur edi. 
Zero, voqea va hodisalarga deterministik nuqtai nazardan yondashish olamdagi 
jarayonlarning sababiy aloqalarini ilmiy bilish, falsafadagi g‗ayriilmiy qarashlarga 
qarshi kurashda muhim ahamiyatga egadir. 
Sabab va oqibat munosabatlarini orqaga qaytarib bo‗lmaydi. Sabab va 
oqibatning sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab 
va oqibatni orqaga qaytarish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Masalan, Oy 
qarama-qarshi yo‗nalishda aylana boshlasa, u dastlabki holatga kelgan bo‗lar edi. 
Ammo bu faraz zamirida soxta asoslar yotadi: u sabab-oqibat munosabatlariga 
tasodifiy omillar to‗plami kuchli ta‘sir ko‗rsatishini hisobga olmaydi. Dastlabki 
holatga qaytish – bu mazkur omillar to‗plamini amalda mujassamlashtirish 
demakdir. Vaholanki, ularning hammasini amalda mujassamlashtirish mumkin 
emas, demak, dastlabki holatga qaytish mumkin emas.


506 
Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir 
sabab ko‗plab oqibatlarga sabab bo‗lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko‗p 
sonli sabablar yotishi mumkin. Ayrim sabablar oqibatlar cheksiz zanjirining ilk 
manbai hisoblanadi. Ba‘zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko‗rinishini kasb etishi, 
ya‘ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o‗z navbatida, ikki 
yoki undan ortiq oqibatga sabab bo‗lishi mumkin.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish