Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Energetizm.
Energetizm kurtaklari XIX asr o‗rtalarida, fizikada 
energiyaning saqlanish va o‗zgarish qonuni shakllangan davrda paydo bo‗ldi. Bu 
yo‗nalishning eng yirik namoyandasi nemis kimyogari V.Ostvald edi. Energetizm 
namoyandalari orasida YU.Mayer, ingliz fizigi 
M.Rankin, nemis olimi G.Xelm 
kabilardir. Energetizmning asosiy tezisi «materiya» tushunchasini ma‟lum 
energiyalar kompleksi bilan almashtirishdan iborat.
Materiya moddaga 
tenglashtirilgan. Energiya deganda, aksariyat hollarda moddiy harakat tushunilgan. 
Ostvald konsepsiyasi nomuayyan va noizchilligi uchun tanqid qilindi. U 
energetizmni yangi falsafiy yo‗nalish sifatida ilgari surib, materiya va ruhning 
birikishi yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etish, shu bilan «materialistik asr tugagani»ni 
e‘lon qilishga urindi.
Biroq, A.Eynshteyn nazariyasiga ko‗ra, boshqacha xulosa chiqarish mumkin. 
Materiya va harakatning uzviyligi haqidagi falsafiy tamoyil fizik bilish darajasida 
massa va energiyaning o‗zaro bog‗lanishi qonuni E 

mc
2
shaklida 
muayyanlashadi. Ushbu qonunga binoan, massaga ega bo‗lgan har qanday ob‘ekt 
muqarrar tarzda energiyaga ham ega bo‗ladi va aksincha, energiyaga ega bo‗lgan 
har qanday ob‘ekt massaga ham ega bo‗ladi. Klassik modda - ko‗p miqdorda 
energiya yig‗ilgan narsa, klassik «maydon» – oz miqdorda energiya yig‗ilgan 


227 
narsadir. Borliqning turli shakllari energiyaning har xil ko‗rinishi sifatidagina 
namoyon bo‗ladi. Massani barqarorlikning muayyan shakli o‗lchovi sifatida, 
energiyani esa o‗zgaruvchanlikning muayyan shakli o‗lchovi sifatida tushunish 
lozim. Massa fizik ob‘ektlarning gravitatsion va inersial xossalari o‗lchovi 
hisoblanadi. Energiya – fizik ob‘ektlar harakati va o‗zaro ta‘sirining o‗lchovidir.
Materiya va harakatni nafaqat miqdor, balki sifat jihatidan ham yo‗q qilib 
bo‗lmasligini tan olish muhimdir. Harakatni sifat jihatidan yo‗q qilish 
mumkinligini faraz etgan holda, uning faqat miqdor jihatidan saqlanishini tan olish 
Olamning issiqlikdan o‗lishi konsepsiyasiga olib kelgan edi. Bu g‗oya klassik 
elektrodinamika asoschilari V.Tompson va R.Klauzius tomonidan ilgari surilgan. 
Ushbu nazariya zamirida termodinamikaning ikkinchi asosi yoki entropiyaning 
o‗sishi qonunini butun Olamga nisbatan tatbiq etishga urinish yotadi. 
Entropiya – 
xaoslashuv o„lchovi. Sadi Karno 1829 yilda ta‟riflagan termodinamikaning 
ikkinchi qonuni berk tizim yuz berish ehtimoli oz bo„lgan holatdan o„zining eng 
ko„p ehtimol tutilgan holatiga intilishini ko„rsatadi. 
Buni tushunishga kundalik 
hayotdan olingan quyidagi misol yordam berishi mumkin. Agar suvi qaynab turgan 
choynakni olovdan olsak, uning qizishi davom etmaydi, (yuz berish ehtimoli oz 
bo‗lgan holat), balki soviydi (eng ko‗p ehtimol tutilgan holat). Ammo qonun berk 
tizimlarga, ya‘ni o‗zini qurshagan muhit bilan energiya almashmaydigan tizimlarga 
mo‗ljallangan, bu esa ulkan kuchga ega mavhumlikdir, chunki dunyoda aksariyat 
tizimlar berk emas. Termodinamikaning ikkinchi asosi berk tizim sifatida talqin 
qilingan Olamga nisbatan tatbiq etilganida, hisob-kitoblar barcha energetik 
jarayonlar bir yo‗nalishda yuz berishi lozimligini ko‗rsatdi. Energiyaning o‗zgarish 
jarayonlarini tavsiflovchi fizik kattalik sifatidagi entropiya o‗sib bordi. Boshqacha 
aytganda, aql bovar qilmas xaos yuzaga keladi. 
Energiyaning barcha turlari 
issiqlik energiyasiga aylanadi va so„ngra makon bo„ylab tarqalib ketadi. Olam 
soviy boshladi. Mutlaq issiqlik muvozanatining yuzaga kelishi Olamning 
issiqlikdan o„lishini anglatadi.
Bu qoidalarning mohiyati harakat shakllarining sifat rang-barangligi yo‗q 
bo‗lishiga yo‗l qo‗yib bo‗lmasligini, ya‘ni energiyaning rang-barang turlari issiqlik 
energiyasiga aylanishi mumkin emasligini ko‗rsatishdan iborat edi. Aslida 
Olamning issiqlikdan o‗lishi konsepsiyasi tabiiy ilmiy nuqtai nazardan ham asossiz 
edi. Termodinamikaning ikkinchi asosini butun Olamga nisbatan tatbiq etish 
imkoniyati uning tuzilishini erkin faraz qilishni, xususan, uni berk deb tasavvur 
qilishni nazarda tutadi. Lekin Olam berk tizim emas, u zarralar va elementlarning 
cheksiz miqdoridan tashkil topgan, shu bois mutlaq termodinamik muvozanat 
holati unga mos kelmaydi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish