Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ijtimoiy determinizm 
ijtimoiy rivojlanish darajasi va yo„nalishi birinchi 
navbatda moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan belgilanishidir. 
SHu nuqtai nazardan tabiat odamlar tarixiga aralashadi, chunki ishlab chiqarish 
jarayonida inson nafaqat uni, balki o‗zini ham o‗zgartiradi. Pirovardidada 
insonning mohiyatini tashkil etadigan ijtimoiy munosabatlar majmui o‗zgaradi. 
Bundan odamlar ayrim fazilatlarining shakllanishi ham, jamiyatning rivojlanishi 
ham avvalo geografik muhitga emas, balki moddiy ishlab chiqarishga bog‗liq 
bo‗ladi va odamlar ishlab chiqarish faoliyatining tarixan o‗zgaruvchi xususiyatini 
tahlil qilish chog‗idagina muayyan tabiiy sharoitlar u yoki bu ijtimoiy jarayonlarga 
qanday ta‘sir ko‗rsatishi haqida gapirish mumkin, degan xulosaga kelinadi. Ayni 
holda tabiat va jamiyatning o‗zaro bog‗lanishida faol tomon sifatida doim inson 
amal qiladi. Tabiiy muhit xususiyatini ijtimoiy muhit xususiyati emas, balki 
aksincha, ijtimoiy muhit xususiyatini tabiiy muhit xususiyati belgilaydi.
SHu ma‘noda odamlar tabiatdagi moddalar almashinuvini tartibga soladilar, 
uni o‗zlarining umumiy nazorati ostiga oladilar va shu tariqa tabiatning ko‗r-
ko‗rona kuchlari ular ustidan hukmronlik o‗rnatishiga to‗sqinlik qiladilar.
Geosiyosat.
YUqorida keltirilgan nuqtai nazarlardagi qarama-qarshilikni 
geografik determinizmning atoqli namoyandasi G.T.Bokl (1821-1862) «Angliya 
sivilizsiyasi tarixi» deb nomlangan asarida o‗ziga xos iqlim va tabiatga ega bo‗lgan 
mustamlaka xalqlarining qoloqligini tushuntiradi va ijtimoiy tengsizlikning 
tabiiyligi haqida xulosa chiqaradi. Keyinchalik Boklning bu g‗oyalari geografik 
maktabdagi yangi yo‗nalish – geosiyosatni yaratdi. 
Demak geosiyosat ijtimoiy 
tengsizlikning tabiiyligi
g„oyasiga tayanadi
. Mazkur yo‗nalishning asosiy 
qarashlarini Germaniyada F.Ratsel va K.Xausxofer, Buyuk Britaniyada 
G.Makkinder, AQSHda A.T.Mexen va N.Spikmen, SHvetsiyada R.CHellen ilgari 
surdi. «Geosiyosat» atamasini 1916 yilda birinchi bo‗lib ishlatgan R.CHellen 
o‗zining «Davlat hayot shakli sifatida» deb nomlangan asarida F.Ratselning 
sotsial-darvinistik g‗oyalarini rivojlantirdi. 
Bu g„oyalarga muvofiq tabiiy sharoit 
jahon tarixida davlatlar rivojlanishining eng muhim omili hisoblanadi, davlatning 
o„zi esa geografik muhitning turli omillari aholiga ko„rsatgan ta‟sir natijasida 
shakllangan biologik organizm sifatida qaraladi
.
Bundan CHellen u yoki bu 
davlatning hayot makoni uchun kurashi har qanday jonli organizm qonuni – 


183 
yashash uchun kurash tabiiy qonunidan o‗zga narsa emas, degan xulosaga keladi. 
Uning fikricha, tor makonga ega bo‗lgan «yashovchan davlatlar» qat‘iy siyosiy 
imperativga amal qilib, o‗z hududini istilochilik, mustamlakalarni qo‗lga kiritish 
yo‗li bilan kengaytirishga harakat qilishining zamirida ayni shu qonun yotadi. 
Boshqacha aytganda, urushlar, CHellen fikriga ko‗ra, nafaqat muqarrar, balki 
zarurdir. 
SHu ko‗rinishda geosiyosat irqlar nazariyasi bilan bir qatorda nemis 
millatchilarining rasmiy siyosati negizini tashkil etdi va Ikkinchi jahon urushiga 
tayyorgarlik, «hayot makoni»ni qo‗lga kiritish va bosib olingan hududlarda 
yashovchi xalqlarning ommaviy qirg‗inini asosladi. Natsistik geosiyosatning 
taniqli namoyandasi Karl Xausxofer 1924 yildan «Geosiyosiy jurnal» nashr etib, 
geosiyosatning asosiy g‗oyalarini rivojlantirdi, 
Gitler
ning «Mayn kampf» asarini 
yaratishga kuchli ta‘sir ko‗rsatdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin 
fashistik 
geosiyosat uning hayot makoni va irqiy ustunlik g„oyalari bilan jinoiy ta‟limotlar 
qatoriga kiritildi.
Geografik determinizm g‗oyalari boshqacha shakllarda bugungi kunda ham, 
xususan, «ilg‗or industrial SHimol» va «qoloq agrar Janub» o‗rtasida, ya‘ni 
iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‗rtasida ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasida mavjud ulkan tafovutni tushuntirish (va oqlash) uchun faol 
qo‗llanilmoqda.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish