16-mavzu. Moy fraksiyalarini deparafinlash.
Reja:
1.Мойларини депарафинлаш технологик жараёни
2.Технологик жараённинг тавсифи
Tayanch so`z va iboralar
Filtrlash, deparafinlash, distillyat, gach, petrolatum, regenerativ kristallizator.
Ikki bosqichda filtrlash yo’li bilan moylarni juft erituvchilar- astetotoluol ishtirokida deparafinlash qurilmasida past qotish temperaturali moy va ikkinchi bosqichda GACh va petrolatumdan moy ajratib olinadi. Qurilmaga xom-ashyo sifatida selektiv tozalangan rafinat beriladi. Asosiy olinadigan mahsulot deparafinlangan moy. Parafinsizlantirilgan moyning chiqimi 65-80% (mass.) xom-ashyoga nisbatan.
Qurilmaning asosiy bo’limlari:
1. Kristallash;
2. Filtrlash;
3. Erituvchini regenerastiyalash.
Xom-ashyo rafinat 10-nasos orqali 11-sovutkichdan o’tib, 13,16 regenerativ kristallizatorlarga beriladi. Bu erda rafinat 1-bosqichdan olingan filtrat bilan sovutiladi. Xom-ashyo sovuq erituvchi bilan 3ta joyda 13,14 va 15 kristallizatorlardan chiqishda aralashtiriladi. Regenerativ kristallizatorlardan so’ng xom-ashyo eritmasi 18,20-ammiakli kristallizatorlarga kiradi va bu erda filtrlash haroratigacha sovutiladi. Moy eritmasida qattiq uglevodorodli sovutilgan suspenziya 1-yig’gichga tushib, u erdan 2-vakuum filtrning 1-bosqichiga oqib o’tadi. 1-bosqich filtrati 7-vakuum yig’gichda yig’iladi. 17-nasos orqali regenerativ kristallizatorlardan o’tib, 12- issiqlik almashgichdan o’tib, erituvchini regenerastiyalash bo’limiga uzatiladi. Qoldiq 22-kristallizatorlarda sovutilgan sovuq erituvchi bilan yuviladi. 1-bosqich 2-filtratdan olingan qoldiq erituvchi bilan aralashtirilib olingan suspenziya 3-yig’gichda yig’iladi. Bu erdan suspenziya 9-nasos orqali olinib, 4-ig’gicha yig’ilib, 2-bosqich 5-vakuum filtrga beriladi. 2-bosqich filtrati 8-vakuum yig’gichda yig’ilib, 23-nasos orqali 21-kristallizatordan so’ng 20-kristallizatordan chiqayotgan sovuq suspenziyaga qo’shiladi. 2-bosqich filtratidagi qoldiq erituvchi bilan yuvilib 6-yig’gichda yig’iladi, u erdan suspenziya erituvchini regenerastiyalash bo’limiga uzatiladi.
Distillyat va qoldiq xom-ashyoni filtrlash haroratlari quyida keltirilgan:
|
Distillyat xom-ashyosi
|
Qoldiq xom-ashyosi
|
1- bosqich
|
-25 ÷ -28
|
-23 ÷ -25
|
2- bosqich
|
-15 ÷ -18
|
-13 ÷ -15
|
Rasm-17. Moy xomashyosini asetotoluol erituvchisi yordamida tozalash qurilmasi texnologik sxemasi:
1,4,24-yig`gichlar. 2,5-vakuum filtlar. 7,8-vakuum yig`gichlar. 11-suvli sovutgich. 12-issilik almashgich. 13-16 – regenerativ kristalizatorlar. 18-22- ammiakli kristalizatorlar. 25- compressor.
Do'stlaringiz bilan baham: |