Reaktiv dvigatelar yoqilg’ilarining xarakteristikasi
Ko’rsatgichlar
|
T-1
|
TS-1
|
RT
|
T-8
|
T-6
|
Zichligi, kg/m3
|
800
|
755
|
755
|
785
|
840
|
Frakstion tarkibi,0S boshlang’ich qaynash harorati
|
150
|
150
|
135
|
165
|
135
|
Frakstion tarkibi,0S 98%
|
280
|
250
|
280
|
280
|
315
|
Kinematik qovushqoqligi, mg/2/s 200S da
|
1,50
|
1,25
|
1,25
|
1,45
|
4,50
|
400S
|
8,0
|
16,0
|
16,0
|
16,0
|
60,0
|
Yonish issiqligi, KDj/kg
|
40300
|
40300
|
40320
|
40320
|
40320
|
Alangalanish harorati, 0S
|
30
|
28
|
28
|
40
|
-
|
Kristallanish harorati, 0S
|
-60
|
-60
|
-60
|
-55
|
-60
|
Iod soni, g I2/100 g
|
2,0
|
3,5
|
0,5
|
0,5
|
1,0
|
Termik barqarorligi, (1500S 4 soat) mg/100 ml
|
18
|
10
|
6,0
|
6,0
|
6,0
|
Smolalar miqdori, mg/100 ml
|
6
|
5
|
4
|
4
|
6
|
Oltingugurt miqdori, %
|
0,10
|
0,25
|
0,10
|
0,10
|
0,05
|
Merkaptan , %
|
-
|
0,005
|
0,001
|
0,001
|
Yo’q
|
Aromatik uglevodorodlar, %
|
20
|
22
|
18,5
|
-
|
-
|
Serovodorod, suvda eruvchi kislotalar, ishqorlar mexanik aralashmalar, suv erkin ishqorlar va neften kislota sovunlari
|
|
mavjud emas
|
|
|
|
Zolligi, %
|
0,003
|
0,003
|
0,003
|
0,003
|
0,003
|
RT-yoqilg’isi. Barcha neftlardan gidprotozalash jarayonini qo’lagan holda olish mumkin. To’g’ri haydalgan va gidrotozalangan komponentlarni aralashtirib ham olish mumkin. Yoqilg’i yuqori termik barqarorligi, oltingugurt miqdorini kamligi va tarkibida ekspluatastion xossalarini yaxshilovchi prisadkalari borligi bilan ajralib turadi.
T-8 yoqilg’isi. Gidrotozalangan oltingugurtli neftlardan olingan to’g’ri haydalgan kerosin frakstiyasidir. RT yoqilg’isidan boshlang’ich qaynash haroratini yuqoriligi va termik barqarorligining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
T-6 yoqilg’isi. To’g’ridan – to’g’ri haydalgan yoki ikkilamchi jarayonlardan olingan, tozalangan va chuqur gidrirlash yo’li bilan barqarorlashtirilgan gazoyl frakstiyasi mahsuloti hisoblanadi.
Oltingugurtli neftlardan olingan zamonaviy reaktiv dvigatelar uchun yoqilg’ilar boshlang’ich kristallanish harorati past bo’lgan gidrotozalangan distillyat tarkibida emirilishga qarshi, oksidlanishga qarshi, himoyalovchi, antistatik va ayrim hollarda biostidli prisadkalar qo’shilgan bo’ladi. Bunday yoqilg’ilarga aerodinamik sharoitlarda yana sovishda muz hosil bo’lishiga qarshi prisadkalar kiritiladi.
6-Modul. Neftni qaytaishlashda kreking jarayonlari
19-mavzu. Kokslash jarayoni, isitilmaydigan kameralarda sekin-asta kokslash jarayoni.
Reja:
1. Kokslash jarayoni haqida umumiy tushuncha.
2. Kokslash jarayonini maqsadi.
Tayanch so`z va iboralar
Kokslash, isitilmaydigan kameralar, sekin-asta kokslash.
Og‘ir neft qoldiqlarini krekinglashda qattiq koks, suyuq mahsulotlar va uglevodorod gazlari hosil bo‘ladi. Kokslashni bir marta yoki suyuq mahsulotni reaktsiya zonasiga qaytarish bilan amalga oshirish mumkin. Bunda chiqadigan gaz, koks va engil distillyatlar miqdori xom-ashyoga ko‘ra hisoblanganda ortadi.
Bosim ostida olib boriladigan termokreking jarayonidan kokslashni farqi, termokrekingda hosil bo‘lgan og‘ir suyuq kreking – qoldiq tizimdan chiqarilib turiladi, kokslashda esa retsirkulyat sifatida reaktsiyaning eng og‘ir mahsulotidan foydalaniladi. Sanoatda kokslash jarayoni 3 turga bo‘linadi: davriy; yarim uzluksiz; uzluksiz.
Davriy kokslash jarayoni gorizontal ko‘rinishdagi uzunligi 10-12 m va diametri 2-4,5 m gacha bo‘lgan kokslash kublarida o‘tkaziladi. Xom-ashyo kubga yuklanadi va kub ostida joylashtirilgan forsunka moslamasi yordamida asta-sekin qizdiriladi. Taxminan 3000S haroratli distillyat bug‘lari aralashishi boshlanadi, ular kondensatsiya va sovutish tizimiga tushadi. Kubni qizdirish 4500S dan yuqori issiqlik ta’sirida bug‘ fazada ajratish qisqaradi va to‘xtaydi. Jarayon tugashi va kub tubida hosil bo‘lgan koksni toblash uchun tubdagi harorat 700-7500S gacha ko‘tariladi va u 1-3 soat davomida saqlab turiladi. Kubni sovutishdan so‘ng koks tushirish lyuki orqali chiqariladi. Kubning ish sikli 21dan 33gacha soatni tashkil etadi. Bitta tubdan 3-5 tonna koks olish mumkin. Davriy kokslash jarayoni qurilmasining kamchiligi ishlab chiqarish quvvati pastligi va ko‘p metall sarfini talab etadi.
Yarim uzluksiz kokslash jarayonlari keramik pechlar va qizdirilmaydigan kokslash kameralarida o‘tkaziladi. Kokslash kublaridan farqi quvurli pechda ma’lum xom-ashyo to‘xtovsiz qizdirib turiladi. Kokslash mahsulotlari bug‘lari rektifikatsion kolonnaga kiritiladi. Kokslash harorati boshlanishida maksimumga (maxsimum 13000S) etadi, so‘ngra xom-ashyo koks qatlami hosil bo‘lishga sarflanadi va kokslash harorati ancha pasayadi. Hosil qilinadigan koks pirogini ruxsat etilgan qalinligi 130dan 200mm gachani tashkil etadi. Xom-ashyo uzatish davomiyligi 2-2,5 soat-1. So‘ngra koks pirogi 1,5-2 soat davomida quritiladi. Koks mexanik itargichlar yordamida bo‘shatiladi. Odatda qo‘llaniladigan pechlar uzunligi 9m, eni 3m va balandligi 1,65m. Bunda koks pirogi 4 tonna atrofidagi massaga ega bo‘ladi va xom-ashyoga nisbatan 15-20%ni tashkil etadi. Kokslashning asosiy xom-ashyolari, bular, kam oltingugurtli atmosfera va vakuum qoldiqlari, slanetsli smola, og‘ir neftlar va gilsonitlar hisoblanadi. Bu turdagi xom-ashyolar egiluvchan koks beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |