Ona tilidan foydalanish
New Fly High 5 ning mualliflari ingliz tili ingliz tili orqali yaxshiroq o‘zlashtiriladi
deb hisoblaydilar, shu sababli biz o‘qituvchiga sinfxonada mumkin qadar ko‘p-
roq ingliz tilidan foydalanishni tavsiya beramiz. Albatta, ba’zi hollarda
o‘quvchilarga ona tilida tushuntirish kerak bo‘ladi. Lekin hamma narsani
o‘quvchilarga tarjima qilib bermaysiz degan umiddamiz. Tadqiqot shuni
ko‘rsatadiki, agar o‘quvchilar ma’noni o‘zlari chaqib olishga ruhlantirilsa, ular-
ning o‘rganishi samarali bo‘ladi.
Uy vazifasini tekshirish
Har bir tajribali o‘qituvchi o‘zining uy vazifalarini tekshirish usullariga ega. Qu-
yida tajribasi yo‘q o‘qituvchilarga bir necha tavsiyalar berildi.
Qanday qilib?
Uy vazifasini tekshirishning bir necha usullari bor.
a An’anaviy usul O‘qituvchi bolalarning ishlarini oladi va xatolarni to‘g‘rilab chiqadi.
KIRISH
13
Do'stlaringiz bilan baham: |