Depressiyaning klinik belgilari va tasnifi
Depressiyaning klinik manzarasi turli-tuman boMib, ruhiy-hissiy, somatik, xulq-atvor va kognitiv buzilishlar bilan namoyon boMadi. Ularni shartli ravishda quyidagicha ajratib chiqish mumkin. Ruhiy-hissiy buzilishlar: - tushkun kayfiyat, umidsizlik, g‘am-g‘ussa, azoblanib yurish; - uyqu buzilishi (uyquchanlik yoki uxlay olmaslik); - doimo xavotirda boMish, dardli ichki kechinmalar, yomon voqealarni kutib yashash, jahldorlik; - aybdorlik hissi, o‘zini hadeb ayblayverish; - o‘zidan qoniqmaslik va o‘zini kamsitish; - yaxshi va yoqimli damlarni eslaganda, qoniqish hosil qilmaslik, atrofdagi voqealarga, yaqinlariga qiziqishning yo‘qolishi yoki kamayishi. Somatik buzilishlar: - bosh og‘rigM, bosh aylanishi, tananing turli joyida og‘riqlar; - kardialgiya, nafas olish faoliyatining buzilishlari; - ishtahaning buzilishi (kuchayishi yoki kamayishi); - qabziyat, ba’zi hollarda ich ketish; - libidoning pasayishi, hayz ko‘rishning buzilishi, amenoreya; - jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganda tez charchab qolish; - terida qichimalarva h.k. Xulq-atvor о ‘zgarishlari: - o‘z joniga qasd qilishga intilish; - qaysarlik, o‘jarlik; - hech qanday faoliyatga qiziqmaslik; - yolgMzlikka intilish, birovlar bilan muloqotdan qochish; - o‘yin-kulgili va ko‘ngil ochar joylardan qochish; - ichkilikka yoki turli farmakologik dorilarga ruju qo‘yish. Kognitiv buzilishlar: - fikrini bir joyga jamlay olmaslik, parishonxotirlik, xotira pasayishi; - bir qarorga kelishning qiyinligi; o‘zini, dunyoda bo‘layotgan voqealarni, kelajakni faqat yomon fikrlar bilan o‘ylash; - fikrlar inertligi. Depressiya diagnozini qo‘yish uchun yuqorida sanab o‘tilgan simptomlaming aksariyati kamida ikki hafta mobaynida kuzatilishi lozim. Kasalliklaming xalqaro 10-tasnifida “Affektiv buzilishlar” rubrika- siga quyidagilar kiritilgan: hozir kuzatilayotgan depresciv epizod, rekurrent (takrorlanuvchi) depresciya, bipolyar buzilishlar (depressiya va maniakal holatlarning almashinib turishi), siklotimiya va distimiyani o'zida mujassam etgan kayfiyatning surunkali buzilishlari. Affektiv buzilishlar klinikasidadepressiv epizodlar (kattadepressiya, unipolyar yoki monopolyar depressiya, avtonom depressiya) alohida o‘rin kasb etadi. Shuningdek, ushbu tasnifda nopsixotik shaklga ega affektiv buzilishlar ichida “Stress bilan bog‘liq nevrotik va somatik buzilishlar” hamda “Aralash xavotirli va depressiv buzilishlar” farq qilinadi. Agar xavotir va depressiya belgilari birgalikda namoyon bo‘lsa- yu, biroq vegetativ buzilishlar ustunlik qilsa, unda depressiyaning yengil turi haqida so‘z ketadi. Bunday holatni mutaxassislar “Xavotirli depressiya” deb atashadi. Agar vegetativ buzilishlar "va depressiya belgilari bir xil tarzda namoyon bo‘lsa, “Aralashgan xavotirli- depressiv buzilishlar” tashxisi qo‘yiladi. Bularning ichida depresciv epizod, odatda, to‘la tuzalish bilan yakunlanadi, biroq, ba’zi bemorlarda vegetativ belgilar uzoq davom etadi. Tuzalgan bemorlarning 30 foizida depressiya qaytalanishi mumkin. Bunday paytlarda rekurrent (takrorlanuvchi) depressiv buzilishlar haqida so‘z ketadi. Depressiya diagnostikasida uning kechishini to‘g‘ri baholash o‘ta muhimdir. Masalan, tibbiy amaliyotda ko‘p uchraydigan rekurrent (takrorlanuvchi) depressiya, depressiv va maniakal bosqichlarning almashinib turishi bilan kechadigan bipolyar buzilishlar ba’zi bir diagnostik qiyinchiliklar tug‘dirish mumkin. Xalqaro tasnifga muvofiq, depressiyaning yengil (subdepressiya), o‘rtacha va og‘ir turlari farqlanadi. Depressiyani aniqlashdagi podiagnostika ко‘p uchraydi va 10 ta bemordan bor yo‘g‘i bittasi rnaxsus davolash muolajalarini oladi, xolos. Somatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladigan depressiyalarda bemorlarga zarur bo'lmagan tekshiruvlar va shart bo‘lmagan dori- darmonlar buyuriladi. Tabiiyki, bunday yo‘l kutilgan ijobiy natijani bermaydi. Aytib o‘tganimizdek, depresciya uchun kayfiyatning pasayishi, fikrlar karaxtligi va harakatga bo‘lgan motivatsiyaning yo‘qolishi xosdir. Mana shu uchta simptoinning uzoq vaqt birgalikda namoyon bo‘lishi, depressiya diagnozini qo‘yishga asos bo‘la oladi. Depressiya bilan og‘rigan bemorlarga dunyoni va atrofda bo‘layotgan voqealarni negativ tarzda qabul qilish, o'zining hayotda tutgan o'rnini pessimistik ruhda baholash, o‘zini hech kimga keraksizdek his qilish o‘ta xosdir. Ular doimo xavotirda yashashadi, hech qanday faoliyatga qiziqish boMmaydi, atrofdagi o'yin-kulgilarga va yaqinlarining taqdiriga e’tibor ham qilmaydi. Ular doimo xo‘rsinib yuradi, ularni chalg‘itish uchun biror-bir ishga majburlash mumkin, biroq, uni hech qanday e’tiborsiz bajaradi va bemorning kayfiyati ko'tarilishiga bu ta’sir qilmaydi. Bemorlar uxlay olishmaydi yoki faqat uyqu bosaveradi, yomon tushlar ko‘rib chiqadi. Ular turli-tuman bo‘lib, bemor tushida birovlarni bo‘g‘ib oMdirib yuradi, pichoqlaydi, olamdan o‘tgan yaqinlami va qonli voqealarni ko‘p ko‘radi. Bunday tushlar bemorlar kayfiyatini yanada tushiradi va ahvolini og'irlashtiradi.
Depressiyaga ta’rif bera turib, ushbu kasallik uchun xos bo‘l- gan yana bir xavfli belgini aytib o‘tish lozim, ya’ni o‘z joniga qasd qilishga intilish. Shuning uchun ham depressiya barcha davlatlarda ijtimoiy muammoga aylangan. Depressiyada anoreksiya ham ko‘p uchraydi. Anoreksiya ovqat yeyishdan bosh tortish bilan namoyon bo‘ladi. Ruhiy shifoxonalarda depressiyaning og‘ir turi bilan davolanayotgan va ovqatlanishdan butunlay bosh tortgan bemorlarni majburlab, zond orqali ovqatlantirishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu muammoni ba’zi bemorlarga tushuntirish orqali yechish mumkin. Past kayfiyat depressiya xuruji davrida doimo namoyon bo‘ladi va atrofdagi vaziyatning o‘zgarishiga qarab o‘zgaravermaydi. Biroq, kun davomida kuchayib yoki kamayib turishi mumkin. Aksariyat psixologlarning fikricha, depressiya kuchli, maqsadga intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odamlarda ko‘p kuzatiladi. Ularning depressiyaga tushishdan oldingi hayoti o‘rganilganda, quyidagi xususiyatlar aniqlangan: - depressiyaga uchragan shaxslarning o‘ziga xos dunyoqarashi bo'ladi, ular atrofdagi voqealarni o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda tahlil qiladigan va hissiyotga beriluvchan shaxslardir. Ular ko'pincha, hayotdan qoniqmay yashashadi, erishgan yutuqlari ularni qoniqtirmaydi, o‘z faoliyatiga tanqidiy munosabatda boMishadi, ular faqat marrani egallash uchun yashashadi. Shu bilan birga, ular boshqalarning, masalan, hamkasblarining xatolarini topishni va maslahat berib yurishni xush ko‘rishadi. Odatda, ular kuchli odamlardir. Agar uning xatosini ko'rsatishsa, bundan qattiq aziyat chekadi va shu odamni yoqtirmay qoladi. - ular oilada ham, uyda ham aniq bir reja asosida hayot kechirishga intilishadi, o‘ta talabchan bo‘lishadi, bola-chaqasidan ham shunday yashashni talab qilishadi. Bu, ko'pincha, oilaviy majoralarga sababchi bo‘ladi. - ular oila va ishdagi muvaffaqiyatsizliklarni va musibatli voqea- larni og‘ir qabul qilishadi, ular ichkilikka ham tez ruju qo'yishlari mumkin; - ular yolg‘izlikni yoqtirishadi, biror bir ishni boshlashsa yoki rahbarlardan topshiriq olishsa, uni mukammal bajarishga intilishadi. Bunday odamlar arzimagan bahodan juda xursand va arzimagan koyishdan qattiq xafa bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ularning jahlini chiqarish yoki kayfiyatini tushirish osondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |