Nevrasteniya
Nevrasteniya (grekchadan neuron — nerv, astenia — zaiflik) asabning zaifligi degan ma’noni anglatadi. Nevrasteniya asabning ortiqcha zo‘riqishidan kelib chiqadi. Asabi tor odamlar nevrasteniyaga
www.ziyouz.com kutubxonasi
tez chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi ham nevrasteniya rivojlanishiga sababchi boiadi. Doimiy hissiy zo‘riqish!ar, yaqin kishisidan judo bo‘lish, oiladagi va ishxonadagi kelishmov- chiliklar, doimiy qo‘rquv va xavotir nevrasteniyaga sababchi bo'lishi mumkin. Nevrasteniyaning oila a’zolarida uchrashi uning rivojlanishida nasliy omillarning ahamiyatini ham ko‘rsatib beradi. Yosh bolalarda nevrasteniyaning rivojlanishiga uni o‘rab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona orasidagi janjallar sababchi bo'ladi. Bolalik davrida olgan tana jarohatlari ham bundan mustasno emas. Nevrasteniya nafaqat jahldor odamlarda, balki o‘ta andishali odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Paydo bo‘lgan hissiy qo‘z- g‘alishni ushlab qolish qiyin, degan edi mashhur fiziolog P.K. Anoxin (1973). Ayniqsa, andishali odamlar janjal chiqqanda, hissiyotga zo‘r bermaslikka, o'zini boshqarib turishga harakat qilishadi, birovning ko‘nglini og‘ritib qo‘yishsa, aziyat chekishadi. Bu holatlar, aksariyat hollarda, asab tizimining charchashiga sababchi bo'ladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, surunkali va og‘ir kasalliklar ham nevrasteniyaga olib keladi. Nevrasteniyaning klinikasi turli-tuman bo‘lib, ular ichida tez- tez asabiylashish, jahldorlik, uyqu buzilishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxotirlik, aqliy va jismoniy mehnatning pasayishi kabi simptomlar juda ko‘p kuzatiladi. Nevrozning asosiy simptomlariga psevdonevrologik sindromlar bobida batafsil ta’rif berganligimiz uchun bu yerda ular haqida to‘xtalmadik. Nevrasteniya, aytib o‘tganimizdek, butunlay davolanadigan kasallikdir. Biroq, davolash muddati va natijasi ko‘proq uning to‘g‘ri olib borilishiga bog‘liq. Davolashni boshlashdan oldin nevrasteniyaga olib keluvchi sabablar aniqlanishi va ular iloji boricha bartaraf qilinishi kerak. Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni davom ettirishga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi hollarda nevrasteniyaning sababini aniqlash va ularni yo‘qotish ancha mushkul bo'ladi. Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, teatr va kinolarga borib turish tavsiya qilinadi. Nevrasteniyani davolash uchun juda ko‘p dori-darmonlar mavjud. Lekin ularga individual tarzda yondashish kerak. Bu maqsadda turli trankvilizatorlardan, sedativ dorilardan va psixostimulyatorlardan
www.ziyouz.com kutubxonasi
foydalaniladi. Lekin nevrasteniyani davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli sedativ ta’sirga ega bo'lganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga tavsiya qilib bo'lmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, natijasi past bo‘ladi. Bunday paytlarda kuchli tinchlantiruvchi ta’sirga ega va nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan dorilardan foydalaniladi. Xuddi psixosomatik sindromlarni davolashda ishlatiladigan psixo- dinamikterapeya nevrozlarni davolashda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, bemorlarga umumiy massaj, igna bilan davolash, ertalabki gimnastika va sportning o‘ziga ma’qul turlari bilan shug‘ullanish ham tavsiya qilinadi. Yilda bir marta sihatgohlarda dam olib turish ham o‘ta foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |