Nerv tizimining filogenezi



Download 19,86 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2022
Hajmi19,86 Kb.
#599410
  1   2   3   4   5
Bog'liq
NERV TIZIMINING FILOGENEZI


NERV TIZIMINING FILOGENEZI
Reja:
1 Nerv tizimi filogenezi bosqichlari.
2 Tugunli nerv tizimi» paydo bo‘lishi.
3 Markaziy nerv tizimi Orqa miya.

Bir hujayrali sodda organizmlarda (amyoba) nerv tizimi bo‘lmaydi. Ularda tashqi muhit bilan aloqa organizmning ichi va tashqarisida joylashgan suyuqlik vositasida bo‘ladi (gumoral boshqarish). Keyinchalik nerv tizimi hosil bo‘lganidan so‘ng, gumoral boshqarish uning ta’siriga o‘tib, neyro-gumoral boshqarish paydo bo‘ladi.



Nerv tizimi filogenezda bir nechta bosqichni o‘tadi:
I-bosqich to‘rsimon nerv tizimi. Bu bosqichda nerv tizimi (gidra) nerv hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, ularni o‘simtalari bir-biri bilan qo‘shilib to‘r hosil qiladi. Bunday hayvonlarda ikki xil hujayra: Ektodermada joylashgan retseptor hujayralar va ichkarida joylashgan effektor hujayralar tafovut qilinadi. Tanani qaysi joyiga ta’sir qilinsa ham, ichki hujayralar qo‘zg‘aladi va tirik organizm harakat qiladi.
II-bosqich tugunli nerv tizimi. Umurtqasiz hayvonlarda nerv hujayralar to‘planib nerv tugunlarini hosil qiladi va «tugunli nerv tizimi» paydo bo‘ladi. Nerv o‘simtalarining to‘planishidan nerv dastalari hosil bo‘ladi. Bunda nerv o‘simtalari ma’lum bir yo‘nalishga ega bo‘ladi. Nerv dastalari tugunlarni ikki yo‘nalishda: ko‘ndalangiga- segmentlar ichida, bo‘ylamasiga - har xil segmentlar o‘rtasidagi tugunlarni bir-biriga qo‘shib turadi. Shuning uchun ularning ma’lum nuqtalaridagi ta’sirot ma’lum segment sohasiga tarqaladi. Nerv tugunlari hayvonlarni bosh qismida ko‘proq to‘plangan bo‘lib sezgi a’zolari bilan bog‘lanadi.
III-bosqich naysimon nerv tizimi. Umurtqali hayvonlarda nerv hujayralari bir-biri bilan bog‘lanib uzluksiz nerv tizimchasini hosil qiladi. Uning ichida bo‘shlig‘i bo‘ladi. Bu bosqichda nerv tizimi bir xil segmentlardan iborat bo‘lib, neyronlarning o‘simtalari ma’lum bir segmentga tegishli sohaga tarqaydi.

Nerv tizimining taraqqiyoti

Odamning markaziy nerv tizimi pushtning tashqi varag’i ektodermadan taraqqiy etadi. Pusht tanasining dorsal qismlarida ektoderma hujayralari nerv (medullyar) plastinkani hosil qiladi. Dastlab u bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, keyinchalik bu hujayralardan spongioblastlar (tayanch to‘qima-neyrogliyani hosil qiluvchi) va nerv hujayralarini hosil qiluvchi neyroblastlar takomillashadi. Medullyar plastinka hujayralarining ko‘payishi uning turli qismlarida har xil bo‘lgani uchun u bukilib medullyar egat hosil bo‘ladi. Uning chekkalari o‘sishi natijasida sekin-asta ko‘tariladi va o‘zaro birikib nerv nayini hosil qiladi. Nerv nayi birikish davrida uch qavatdan iborat bo‘lib, keyinchalik ichki qavatidan qorinchalar va markaziy kanalni ichini qoplagan ependima qoplamasi, o‘rta qavatdan miyaning kul rang moddasi hosil bo‘ladi. Tashqi qavatda hujayralar bo‘lmay miyaning oq moddasiga aylanadi. Nerv nayi markaziy nerv tizimining kurtagi bo‘lib, uning orqa qismidan orqa miya taraqqiy etadi. Nerv nayining oldingi qismi homila hayotining 3 haftasi oxirida kengayib, uchta birlamchi miya pufakchalarini hosil qiladi. Oldingi miya pufagi old tomonda oxirgi qatlam (lamina terminalis) vositasida yopiladi. Bu uchta birlamchi pufakchalardan oldingi va orqadagisi homila taraqqiyotining 2 oyida ikkiga bo‘linadi va bir-biriga qo‘shilgan beshta miya pufagi hosil bo‘ladi. Bunda orqa miya pufagi ko‘ndalang egat yordamida uzunchoq miya (myelencephalon) va ortqi miya (metencephalon) ga bo‘linadi. O‘rta miya pufagi o‘zgarmaydi va o‘z nomini saqlab qoladi. Oldingi miya pufagi ham oraliq miya (diencephalon) va oxirgi miya (telencephalon) ga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan beshta miya pufaklari biri ketidan biri joylashadi. Dastlab uning devori yupqa bo‘lib, bir qavat epiteliydan iborat bo‘ladi. Tez orada miya pufakchalari o‘sishida ma’lum bir o‘zgarish kuzatiladi. Oldingi miya pufagi tez o‘sib, bo‘ylama egat yordamida o‘ng va chap yarimsharlarga bo‘linadi. Yarimsharlar orqa tomonga qarab o‘sib, miyaning boshqa qismlari ustini qoplaydi. Bu orada bosh miya qismlari o‘rtasida sagittal sathda uchta bukilma hosil bo‘ladi. Birinchi tepa bukilmasi oxirgi va oraliq miya o‘rtasida, ikkinchi ensa bukilmasi ortqi miya pufagi bilan orqa miya o‘rtasida, uchinchisi esa ko‘prikning o‘rqa qismida bo‘lib, oldinga qaragan. Keyingi davrlarda miya pufakchalari bir xil o‘zgarib, miyani alohida qismlarini hosil qiladi. Beshinchi miya pufagidan uzinchoq miya hosil bo‘ladi. Ortqi miya pufagidan rombsimon miya siqig‘i (isthmus rhombencephali) ajrab chiqib, undan miyachaning yuqori oyoqchalari va yuqori miya yelkani hosil bo‘ladi. Ortqi miyani ventral qismidan ko‘prik va dorsal qismidan miyacha hosil bo‘ladi. Rombsimon miyaning umumiy bo‘shlig‘i IV qorinchaga aylanadi. O‘rta miya sohasidagi nerv nayi tekis o‘sadi. Uning ventral qismidan miya oyoqchalari, dorsal qismidan esa o‘rta miya tomi plastinkasi hosil bo‘ladi. Oraliq miya pufagi lateral devori sezilarli darajada o‘sib ko‘ruv do‘mbog‘ini hosil qiladi. Oraliq miya pufagini yon devorlaridan yon tomonga ko‘z pufakchalari o‘sib chiqadi, orqa devoridan esa shishsimon tana (epifiz) taraqqiy etadi. Pastki devoridan kulrang tepalik, voronka, hamda gipofizning orqa bo‘lagi hosil bo‘ladi. Oraliq miya pufagi bo‘shlig‘i III qorinchani hosil qiladi.

Oxirgi miya pufagi ikkiga bo‘linganidan uning bo‘shlig‘i ham ikki qismga bo‘linadi. Yarimsharlar tez o‘sib sekin-asta miyani o‘zidan pastda joylashgan qismlarini ust va yon tomondan qoplaydi. Yarimsharlar devorining notekis va tez o‘sishi natijasida egatlar paydo bo‘ladi.




Download 19,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish