Nemis va fransuz tili


Integrativ kurslarni yaratish quyidagi shartlarni inobatga olishni talab qiladi



Download 0,81 Mb.
bet4/8
Sana02.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#731187
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ergashov Sardorbek

Integrativ kurslarni yaratish quyidagi shartlarni inobatga olishni talab qiladi:
1. Loyihalarning tuzishda belgilovchi omil bu talabalar qiziqishlaridir.
2. O'qituvchini maslahatchi, etakchi funksiyasini bajarishi.
3. Munozara, muammo echish jarayonida o'quv material tuzilmasiga o'zgartirish kirita olish imkonining mavjudligi.
Integrativ kurs mazmunini tanlashda butunlik tamoyiliga rioya etish kerak, bunda asos sifatida integrativ kursning o'rganish ob'ekti umumiy bir ob'ekt bo'ladi.
Integrativ kurs ahamiyati:
Integrativ kurslar ta'lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirishga, turli jabhalarda o'zgarishlarni e'tiborga olishga imkoniyat yaratadi.
Yuqorida berilgan materiallarda integrasiyalashga muhim talablar qo'yilgan. Haqiqatdan ham ushbu talablarni qo'llash integrativ kursning samaradorligini oshirishga olib keladi. Talablar ichida didaktikaning asosiy tamoyillari ham aks etganligini ko'rishimiz mumkin. Lekin bir necha fikrlar bahsli ko'rinishi mumkin, masalan, “u yoki bu fanning ustuvorligini e'tiborga olish”.
MS: Bunga sizning fikriningiz qanday?
Qator xorijiy davlatlarda iqtisodiyot, ijtimoiy-gumanitar xamda tabiiy fanlar buyicha integrativ kurslar mavjud, masalan: Inson va tabiat, Inson va olam, Inson va texnika, Inson insonlar orasida. Bunday integrativ kurslar ta'limni insonparvarlashtirish g'oyasi asosida yaratilganligi aniq ko'rinib turibdi. Integrativ kurslarning boshqa bir salmoqli qismi tabiiy fanlar o'rtasida bog'lanishlarni kuchaytirishga qaratilgan bo'lib, kimyo, biologiya, fizika fanlarini birlashtiradilar.
Misollarni quyidagi kurslar nomlari bilan davom ettirish mumkin: kompyuter texnologiyalari va tasviriy san'at; ekologik psixologiya; informatika, ona tili va adabiyot; tabiat va mehnat; fizika va astronomiya, psixologiya va adabiyot.
Misol qilib keltirilgan integrativ kurslar nomlanishiga e'tibor bersak, ularning bir qatori birlashtirilgan fanlarning nomlaridan, boshqalari esa bog'lanish asosini anglatuvchi tushunchalardan iborat.
V: Yuqorida keltirilgan kurslar nomlarini tahlil qilib, ularni birlashtirishga nima asos bo'lganligini aniqlashga harakat qiling.
Yana misol tariqasida psixologiya va adabiyot fanlarini o'z ichiga olgan integrativ kursni keltirishimiz mumkin. Bunga badiiy asarlar qahramonlari hayoti inson psixologiyasini o'rganish uchun vosita bo'lishi mumkinligi sabab va asos bo'lgan. Ushbu integrativ kurs “badiiy asar psixologizmi” deb nom olgan.
Psixologiya va pedagogika fanlarining o'zaro bog'liqligi esa bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonida bu ikkala fanning birlashtirib o'rganilishini taqozo etadi.
Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, ko'p o'qituvchilar (ta'lim muassasasi turi, o'qituvchilar yoshidan qat'iy nazar) pedagogik jarayonni tashkillash va amalga oshirishda ushbu fanlarga oid bilimlardan etarli darajada foydalanmaydilar. Buning sabablari qatorida pedagogika, psixologiya fanlarini o'qitishning amaliy yo'nalmaganligi, fanlararo bog'lanishlarning sustligidir. Ko'p o'qituvchilar bu fanlarni o'z faoliyati uchun ahamiyatliligini etarli darajada anglamaydilar.
S.Yu.Strashnyuk tomonidan ishlab chiqilgan “Psixologiya va pedagogika” integrativ kursini misol tarqasida keltiramiz. Bu kurs psixologik-pedagogik bilimlarni maqsad, mazmun, bilish mexanizmlari, ta'lim jarayoni usul va shakllari darajasida bog'lagan. Kurs mazmunini yangilashda mavzular kengaytirilgan, mazmun mantiqiy bo'lishi uchun esa mateiral modullarga ajratilgan. Talabalarning kompleksli ko'nikmalarini rivojlantirish uchun
integrativny kompleks yaratilgan bo'lib, u o'z ichiga o'quv qo'llanma va ishchi daftarni oladi. Ishchi daftarda o'rgatuvchi va nazorat uchun vazifalar berilgan.
Integrativ ta'lim texnologiyasi haqidagi ma'lumotlar ichida “o'quv moduli” iborasi ko'p uchradi. Bu atama modulli ta'lim texnologiyasining tushunchalaridan biridir. Ushbu ta'lim texnologiyasi haqida quyida batafsilroq to'xtalamiz.



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish