Nemis va fransuz tili


Modulli ta'lim texnologiyasi



Download 0,81 Mb.
bet5/8
Sana02.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#731187
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ergashov Sardorbek

Modulli ta'lim texnologiyasi.

Axborotlar hajmi keskin ko'payib borayotgan bir paytda bilimlarni tashkillash va ta'lim oluvchiga uzatish muammolari nihoyatda muhim muammoga aylanganligi ta'lim mazmunini tashkillashning turli ko'rinishlarini yaratilishiga olib keldi.




Blok shaklida.



Ma'lum bir jixatdan (o'xshashligi, joylashuvi, hajmi, vazifasi va hokazo) kelib chiqib birlashtirilgan o'quv materialining bir qismi o'quv material bloki deb nomlanadi.

O'quv material 1, O'quv material 2, O'quv material3...





Blok hajmi bir abzasdan bir bo'limgacha va hattoki bir fandan bir necha o'quv fanlarni o'z ichiga olishi mumkin.


Bolkli o'qitish o'quv materialini bloklarga bo'lish asosida amalga oshiriladi. Bu talabalarga turli xil aqliy vazifalarni aglagan holda bajarishni va o'quv masalalarini echishda o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarni qo'llashga imkoniyat yaratadi.
Bunday o'quv dastur quyidagi ketma-ketlikdagi bloklarga ajratiladi:
- axborot bloki;
- testli-axborotli blok (o'zlashtirilgan ma'lumotni tekshirish);
- korreksiya-axborotli blok (noto'g'ri javob beirlgan bo'lsa qo'shimcha tushuntirish, maslahat va mashqlar);
- qo'llash bloki – olingan bilimlar asosida vazifalar bajarish;
nazorat va korreksiya bloki.
Modul shaklida.
Modul odatda bloklardan iborat bo'ladi.
Modulli o'qitishda blokli o'qitish g'oyalari rivoj topgan bo'lib, unda talaba modullardan tashkillangan o'quv dasturi bo'yicha ta'lim oladi.

O'quv moduli deb o'quv kursining nisbatan mustaqil bo'lgan qismi va unga biriktirilgan uslubiy materiallarga aytiladi.

O'quv material + uslubiy material




Modul bu o'quv materialining yaxlitlik va tugallanganlik xarakteriga ega bo'lgan va o'zlashtirishni nazorat qilish uchun maxsus vazifalarni o'z ichiga oluvchi mantiqiy ajratilgan qismidir.


Modul qo'yidagi elementlardan tashkil topadi:
- aniq shakllantirilgan o'quv maqsadi;
- axborot banki: o'quv dasturlari, matn shaklidagi o'quv material;
- materialni o'zlashtirish bo'yicha uslubiy tavsiyalar;
- zaruriy ko'nikmalarni shakllantirish uchun amaliy mashg'ulotlar;
- jihoz, asboblar, materiallar majmuasi;
- berilgan modulda qo'yilgan maqsadlarga qat'iy mos bo'lgan diagnostik vazifa.
Modul kurs mazmunini uch darajada namoyish qilishi mumkin: to'liq, qisqartirilgan yoki chuqurlashtirilgan.
Mazmun-mohiyatidan kelib chiqib ayrim modullar ma'lum bir vaqt ichida konsentrasiyalanib (yig'ilib) o'tilishi mumkin (masalan, botanika fanining bir moduli 3-4 kun ichida dala sharoitida).
O'quv mazmunini uzatishda barcha mavjud bo'lgan kodlar qo'llaniladi: rasmli, sonli, simvolli, verbal.
Modullar yirik yoki kichik bo'lishlari mumkin. Bir-birining natijasiga aoslanadigan modullarni o'zlashtirishda ma'lum ketma-ketlikka rioya qilinadi (bu ko'proq bitta fan modullariga taalluqli bo'lsada, bir necha fanlar modullarida ham uchrab turishi mumkin (masalan, matematika fani modullariga fizika, ximiya, biologiya fanlari modullari tayanishi mumkin)). Bundan tashqari bir necha fanlarning o'tilishida sinxron (bir paytda o'rnatiladigan) bog'lanshlar uchrashi mumkin. Bu fanlarni integrallashga sharoit yaratadi.
Modul odatda bloklardan iborat bo'lsada, ba'zan modular ham bloklarga birlashtirilishi uchrab turadi (masalan, estetika bloki).
Muammoli modulli texnologiya modulli va muammoli ta'limning integrasiyasi bo'lib, har ikkala texnologiyalarning ham yutuqli tomonlarini qo'llash uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Har bir modul o'zaro bog'langan vazifalar ko'rinishiga ega bo'lib, ularni belgilangan ketma-ketlikda bajarish nazarda tutiladi. Lekin, ta'lim oluvchilar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, ularni alohida, boshqa modullardan ajratilgan holda berish mumkin.
Ta'lim mazmuni modullar tizimidan tashkil topadi. An'anaviy ta'limda modullar tizimi bir o'quv faniga birlashtiriladi. Modul doirasida joriy nazorat amalga oshirilib, yakuniy baho modullar bo'yicha olingan baholarning o'rtachasiga teng bo'ladi.
Modul talabaga amallarni anglagan holda tartib bilan bajarishga imkon yaratadi.
Muammoli modulli ta'limning egiluvchan texnologiyasida modul tuzilmasi murakkablashadi. U o'z ichiga uslubiy bloklar majmuasini olgan tarmoqlashgan dasturni tashkillaydi:











Fanning
invariant
mazmuni

Kirish” blokining asosiy funksiyasi – faollashtiruvchi nazoratdir. Ushbu blokdan o'ta olgan talaba muammoli modulga “yo'llanma” oladi. Bu blok yangi ma'lumotni o'zlashtirish uchun zaruriy bo'lgan bilimlarni aktuallashtirish (eslash, faollashtirish)ga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda bu blokdagi vazifalar testlarni echish uchun kerakli o'quv materialga ishoralarni ham o'z ichiga oladi.


S: Bu blok vazifalari nima maqsada shunday tuziladi?
Keyingi modul KIRISh modulidir.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish