Refleksiya bosqichi(20 minut): “Juftliklarda fikrlash” metodidan foydalanib, talabalarning ma’lumotlar ustida fikrlashlarini tashkil qilish. Bu metod asosida talabalarning bilimlarini mustahkamlash, ularda shaxsiy fikr, ijodiy tafakkurning o’sishiga erishish.
Yakuniy qism – 5 minut: Mashg’ulot davomida taqdim qilingan tayanch tushunchalar esga solinadi, talabalarning faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.
Mashg’ulotdan kutilayotgan natijalar
Mashg’ulot yakunida talabalar quyidagilarni bilishlari zarur:
O`rta asr nemis adabiyoti va uning o`ziga xos xususiyatlari, risarlik adabiyoti, yirik namoyondalar, ularning mashxur asarlari, qahramonlik eposlari, ishqiy saroy adabiyoti haqida aniq ilmiy tushunchalarga ega bo`lishlari;
O`rta asr nemis adabiyotining ko`zga ko`ringan namoyondalari asarlarim qahramonlik eposlari bo`yicha amaliy faoliyat ko`nikmalariga ega bo`lishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |