Plenumda ishlash(30 minut): Plenumda kichik guruhlarning taqdimoti muhokama qilinadi, talabalarning bilimlarini mustahkamlashga, ularda shaxsiy fikr, ijodiy tafakkurning o’sishiga erishiladi.
Yakuniy qism – 5 minut: Mashg’ulot davomida muhokama qilingan tayanch tushunchalar esga solinadi, talabalarning faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.
Mashg’ulotdan kutilayotgan natijalar
Mashg’ulot yakunida talabalar quyidagilarni bilishlari zarur:
Ekspressionizm adabiy yo`nalishining maqsad va vazifalari, lirikadagi oshkoralik va so`z ijodkorligi, she`riyatdagi o`ynoqilik, urushdan ogohlantiruvchi va yakdillikka chaqiruvchi asarlar haqida aniq ilmiy tushunchalarga ega bo`lishlari;
Ekspressionizm yozuvchilar ijodi bo`yicha amaliy faoliyat ko`nikmalariga ega bo`lishlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |