Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi


-§. Jarayonni boshqarish asoslari va unda ishlatiladigan



Download 4,1 Mb.
bet64/71
Sana25.07.2021
Hajmi4,1 Mb.
#128529
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
НГКИТ китоб 2013

10.2 -§. Jarayonni boshqarish asoslari va unda ishlatiladigan

katalizator

C3-C4 alkenlarni polimerlash natijasida benzinning qaynash temperaturasi chegarasidagi izoalkenlar aralashmasi olishda kationli polimerlashning har xil katalizatorlari ishlatiladi.asosan amalda ikki xil farfor kislotasi asosidagi katalizatorlar qo’llaniladi. Suvda R2O5 ning erishi natijasida gamma fosfor kislotalar hosil bo’ladi. Eritma tarkibida 72,4% R2O5 ning bo’lishida N3RO4 ortofosfat kislotasi hosil bo’ladi. Uning zichligi 1870 kg/m3 suyuqlanish harorati 42,30S, qaynash harorati 255,30S ga teng. Eritma tarkibida R2O5 ning ortishi bilan (qator) molekulasida 105 gacha fosfor bo’lgan qator polifosforli kislotaar hosil bo’ladi. Tarkibida 79,7% R2O5 saqlagan eritma N4R2O7 tarkibga ega bo’lib, pirofosfor kislotasi deyildi. Bu tarkibli R2O5 ni kislotada 14% ortofosfat, 38% pirofosfor 23% tri-,13% tetro-, 7% penta-, 2% geksa-,1% gepta- va oktafosfat kislota izlari aralashmasidan iborat bo’ladi. Bunday kislota 610S da suyuqlanadi va 4270S da qaynaydi. Fosfor kislotalarining kuchi R2O5 miqdori ortishi bilan ortadi. 72,4% Gashmet kislotalilik funkstiyasi – 4,66 ni tashkil etadi. R2O5 80% R2O5 (≈110% N3RO4) kislotasi uchun – 5,72 ni tashkil etadi. SiO2 ga xemosorbstiyalangan N3RO4 uchun N0=-5,6 . Polimerizastiya katalizatori sifatida fosfor kislotasining aktivligi uning konstentrastiyasi ortishi bilan ortadi. N3RO4 ning miqdori 100 dan 110% gacha oshganda kislotalilik 10 marta ortsa, reakstiyaning tezligi 3 marta ortadi. Kislota konstentrastiyasining keyingi ortishi katalizatorni aktivligini pasayishiga va natijada katalizatorda smolasimon mahsulotlar to’planishiga olib keladi. N3RO4 ning jarayon uchun optimal miqdori 108-110%ni tashkil etadi.

Reakstiya haroratida kislota ustidagi suvning to’yingan bug’ bosimi kislota konstentrastiyasida ortiqroq. Agar xom ashyoda suv bug’i bo’lmasa, kislota degidratlanadi va uning konstentrastiyasi ortadi. Agar xom ashyoda suv bug’i miqdori ortiq bo’lsa, unda kislota konstentrastiyasi va uning aktivligi pasayadi. Shuning uchun kislota konstentrastiyasini kerakli maromda ushlab turish uchun xom – ashyodagi namlikni boshqarib turish kerak. Polimerizastiya katalizatori sifatida ikki xil ko’rinishdagim fosfor kislotasi foydalaniladi. Qattiq fosfor kislotasi – kizelgur poroshogiga (infuzornaya zemlya, kremniy oksidi amorf) ortofosfat kislotasi shimdirilib, tabletka holiga keltirilib 300-4000S da toblanib tayyorlanadi. Fosfor kislotasi kizelgur poroshokini bog’laydi va tabletka kerakligicha mustahkam hisoblanadi, lekin u namlanganda kislota qovushqoqligi pasayib uning mexanik mustahkamligi pasayib ketadi. Katalizatorning yaqinlashtirilgan tarkibi quyidagicha

Fosfor kislotasi qisman SiO 2 bilan ximiyaviy bog’langan, qisman fizikaviy adsorbstiyalangan.




Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish