XI- BОB
GAZ KONDENSATLARI
11.1 -§. Gaz kondensatlarining fizik – kimyoviy xarakteristikasi. Kondensatning kimyoviy tarkibi.
Gaz konlaridan olingan gaz yoqilg’ilari tarkibida ko’pincha uglevodo-rodlarning ancha og’ir frakstiyalari mavjud bo’ladi, ular gaz bosimi ortganda va harorati pasayganda oson suyuqlanadi. Gaz kondensatlari deb atalmish ushbu frakstiyalar neftdan olinadigan standart suyuq yoqilg’ilar o’rniga mazkur yoqilg’ilar kamyob bo’lganda yoki iqtisodiy mulohazalarga ko’ra ishlatilishi mumkin.
O’rta Osiyo gaz konlaridan olinadigan 1m3 gazning tarkibidan 15-170sm3 suyuq gaz kondensatlari olinadi. Albatta, gaz kondensatlarini ichki yonuv dvigatellarini deyarli qayta o’zgartirmagan holda qo’llash maqsadga muvofiq emas. O’rta Osiyo mazkur xom – ashyoni eng ko’p etkazib beradigan mintaqa bo’lib, nafaqat o’z talablarini, balki, Ural, Qozog’iston va Markaziy hududlarni ham ta’minlaydi. Turli konlardan olinadigan gaz kondensatlarining tarkibida uchqun bilan yondiriladigan ichki yonuv dvi-gatellari talablariga javob beradigan engil gaz kondensatlari va dizellarda qo’llash mumkin bo’lgan og’ir gaz kondensatlari mavjud bo’ladi. O’rta Osiyo regionida mansub bo’lgan ikki turkum gaz kondensatlarining ba’zi bir xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Har ikki turkum uchun umumiy jihatlar shuki gaz kondensatlari tarkibida aromatin, neften hamda parafinli uglevodorodlardan tashkil topgan.
Engil gaz kondensatlari Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past haroratda qaynay boshlaydi, bu o’z navbatida ichki yonuv dvigatellarini ta’minlash tizimida bor tiqinlarni paydo bo’lishiga moyillikni kuchaytiradi. Biroq maxsus tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, zamonaviy ichki yonuv dvigatellarining ta’minlash tizimida bor tiqinlari hosil bo’ladigan harorat mashinalarning O’rta Osiyo sharoitlarida ishlaganida yuzaga keluvchi odatdagi qiymatdan biroz yuqori bo’lar ekan.
Gaz kondensatlari uncha yuqori bo’lmagan antidetonastion xususiyatlarga ega bo’lib, ularning oktan soni 54-58 oralig’ida bo’ladi. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan aralashtirib, ularning detonastiyaga chidamliligini zamonaviy IYoD lar talab qilinadigan darajagacha oshirish mumkin. Bu holda gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo’lgan talabni 50-60% kamaytiradi.
Gaz kondensatlarining qovushqoqligi benzinlarnikiga yaqin bo’lganligi uchun ichki yonuv dvigatellarini ta’minlash tizimini konstruktiv jihatdan o’zgartirish talab qilinadi. Maxsus tajribalar engil gaz kondensatlarining etarli darajada barqaror ekanligini hamda ularni saqlash paytida yo’qotishlar yuqori ekanligini ko’rsatdi.quyidagi jadvalda gaz kondensatlarining ba’zi xossalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |