Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi


-§. Gazlarni fraksiyalarga ajratishning absorbstiya rektifikastion usul



Download 4,1 Mb.
bet61/71
Sana25.07.2021
Hajmi4,1 Mb.
#128529
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Bog'liq
НГКИТ китоб 2013

9.2.-§. Gazlarni fraksiyalarga ajratishning absorbstiya rektifikastion usul.

Frakstiyalarga ajralishi kerak bo’lgan gaz (H2Sdan tozalangan gaz) 1– kompressor yordamida 4 atm. Bosimgacha siqiladi, 2– sovutgichda sovutiladi, keyin gaz 3– separatorga yuboriladi, undan keyin u 17–18 atm.gacha siqish uchun 4– kompressorga uzatiladi. U 5– sovutgichdan o’tib, 6– gaz separatorga keladi, u erda gaz kondensatidan ajratiladi. Keyin 30–350Cga ega gaz 7– absorberni pastki qismiga keladi. Absorberda R= 14–16 atm.da ushlab turiladi. Yuqori qismidan absorbent beriladi. Absorberni yuqori qismida harorat 300S, pastki qismida esa 450Sni tashkil etadi. Absorberdan SN4 va N2dan iborat gaz yana 8–ga uzatiladi. To’yingan absorbent 7– absorberni pastki qismiga o’z yo’nalishi bo’yicha harakatlanib tushadi va u 9–desorberga uzatiladi. Desorberda R= 10–11 atm. Desorberni pastki qismida T=1100C, yuqori qismida esa harorat 350Sga teng.

Desorberni yuqori qismidan etan–etilen frakstiyasi 10– tozalagichiga yuboriladi. Bu erda

N2S gazi NaOHstirkulyastiyasi 12– nasos yordamida amalga oshiriladi. Etan–etilen frakstiyasi 12– kolonnada suv bilan yuvilgandan so’ng kompressor yordamida siqilib qayta ishlashga yuboriladi.

Desorberni pastki qismidan engil uglevodorodlarga ajratilgan mahsulot 13– nasos bilan 14– issiqlik almashgichga uzatiladi va u 15– propan kolonnasiga beriladi. Bu kolonnada propan–propilen uglevodorodlari da S4 va undan yuqori uglevodorodlarga ajratiladi. Kolonnani pastki qismi T=140–1800S, R=16–17 atm.ga teng.

Kolonnani yuqori qismidan propan–propilen frakstiya 16– sovutkich kondensatorga tushadi, bunda u 20–250Sgacha sovutiladi, 17– yig’gichda yig’iladi. Kolonnani yuqorisidan 400S haroratni ushlab turish uchun propan–propilen frakstiyasini bir qismi 8– nasos yordamida kolonnaga yuboriladi. Pastki qismidan esa chiqayotgan mahsulot butan–butilen, pentan frakstiyalari olish uchun ajratiladi.

Absorbstiya va rektifikastiya sun’iy sovutkich ishlatmasdan propan–propilen frakstiyasini 80–850C bo’lib, 90–95%, pentan–98%dan yuqori miqdorda olish mumkin. Etan–etilen frakstiyasidagi etioenga talab katta bo’lganligi uchun ularni ajratishga e’tibor berilmoqda.

Uglevodorod qismlarga ajratiladigan gaz 35–45 atm. bosim ostida 1– issiqlik almashtirgichdan o’tib, 2– metan kolonnasiga keladi. Bunda SN4 va N2 boshqa uglevodorodlardan ajratiladi.

SN4 va N2 frakstiyasi kolonnani yuqori qismidan chiqib, etan–ammiakli 13– sovutgich sistemasidan o’tib, 1– issiqlik almashtirgichga keladi. Kolonnani yuqorisidagi harorat 98–1000S, pastki qismidagi bosim R=38–42 atm. Kondensat etan–etilen va boshqa uglevodorodlar kolonnani pastki qismidan chiqib, 4–etan kolonnasiga o’tadi.

Bu kolonnada bosim R=25–30 atm, yuqori qismida harorat –5–100C, pastki qismida harorat 86–950Cga teng. Kolonnani yuqori qismidan chiqqan etan–etilen frakstiyasi 5–kondensatorda suyuqlanib yig’gich 6ga keladi. Uning bir qismi 7–nasos yordamida sovuq oqim hosil qilish uchun olinadi, qolgani 8– etilen kolonnasiga yuboriladi. 8– kolonnani yuqori qismidan etilen, pastki qismidan etan kiradi. C3va undan yuqori uglevodorodlar etan kolonnasini pastki qismidan 10–propan kolonnasiga beriladi. Bu kolonnani yuqori qismidan propan–propilen frakstiyasi olinadi. C4va undan yuqori uglevodorod kolonnani pastki qismidan olinib, 14– butan kolonnasiga uzatiladi.



Rasm 23.


Gazlarni komponentlarga ajratishni absorbstion usuli.

Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari qurilmalarining separatoridan ko’pincha gaz olinadi. Bunda gazning bir qismi suyuq faza benzin distillyatida qoladi. Shu qatorda, gaz fazasi benzinning bir muncha engil frakstiya bug’laridan tashkil topgan bo’ladi. Bu frakstiyalarda erkin gaz olish va benzindan erigan gazlarni ajratish uchun absorbstiya va beqarorlashtirish xizmat qiladi. Barqarorlashtirish kolonnasi yuqorisidan asosan C3va C4 uglevodorodlari, pastidan barqarorlashgan benzin chiqadi. Gaz fazasi 1–gaz separatori yuqorisidan chiqarilishida, 2–absorberga yutuvchi neft mahsulotlari absorbent sifatida kiritiladi. Absorbent maxsus desorberga bog’lanadi va u desorberga to’yingan holatda beriladi.

Absorbstiya 1– navbatda gaz fazasidagi og’ir uglevodorodlar uchraydi. Absorbentning molekulyar og’irligi qanchalik kichik bo’lsa, uglevodorod gazlarini erishi shunchalik yuqori bo’ladi.

Gazlarni ajratishda absorbstiya jarayoni keng qo’llaniladi. Masalan, gazning engil quruq qismining biroz og’ir qismini oldindan ajratishda yoki benzindan gazsimon uglevodorodlarni ajratishda qo’llaniladi.

Gazsimon uglevodorodlarni aniq frakstiyalarga ajratish uchun rektifikastiya usulidan foydalaniladi. Bu usul orqali vodoroddan to “quruq gazlar” C1–C2, shuningdek C3 (propan–propilenli) frakstiyasi, C4(butan–butilen) frakstiyasi olinadi. Boyitilgan gaz separatordan so’ng 2 bosqichda kompressorlanadi. Bunda har bosqichda siqishdan so’ng gazning harorati oshadi va bir oz og’ir uglevodorodlar kondensastiyalanishdan issiqlik ajraladi. Bu issiqlik 3– sovutgich orqali pasaytiriladi va 1,2 va 4– separatorlarga kondensat tushadi. Gaz fazasi 2– kompressorlashdan so’ng 5– etan kolonnasiga tushadi.

Bu kolonnaga kondensat va benzin barqarorlashtirish kolonnasi haydalmasiga buriladi. Etan kolonnasida rektifikastiya yo’li bilan etangacha bo’lgan quruq gaz ajratiladi. 5– kolonna yuqorisidagi harorat past bo’lishini saqlash uchun propan ammiakli kondensatorda sovutiladi. Kolonna qoldig’i past bosimda ishlovchi 10–propan kolonnaga o’z oqimi bilan o’tadi. Bu kolonna yuqorisidan propan–propilen frakstiyasi chiqariladi, kolonna qoldig’i o’z oqimi bilan 11–butan kolonnasiga va yuqori qaynovchi qoldiqqa ajratiladi. Kolonnalar pastidan beriladigan issiqlik 7–bug’li qaynatgich orqali etkaziladi.

Bunday sxemadan termik kreking qurilmasi bosim ostidagi gazlarni ajratishda foydalaniladi. Bosim etan kolonnasida 36–38 atm, propan kolonnada 16–18 atm, butan kolonnasida 6–8 atm.ni tashkil etadi. Harorat etan kolonnasi yuqorisida 0+50Sgacha, propan va butan kolonnalarida 50-600C ni, pastki qismidagi harorat esa uchala kolonnada 1200C atrofida bo’ladi.

Ko’pgina zavodlarda gazlarni ajratish sxemasiga frakstiyalovchi absorber–desorber deb nomlanuvchi qurilma mujassamlovchi kolonna bo’lib, yuqori qismidan sovuq absorbent kiritiladi, pastki qismidan issiqlik ta’minlanadi. Gaz qurilmaning o’rta qismiga beriladi.

Odatda qurilma 40–50 ta tarelka bilan jihozlangan bo’lib, ular absorbstiya va desorbstiya bo’limlari orasida teng taqsimlangan. Gaz va suyuq faza ko’p pog’onali to’qnashuv kolonnasida gazni og’ir qismi absorbentga yutiladi va pastga to’yingan absorbent oqib, bug’ orqali desorbstiyalanadi. Natijada frakstiyalovchi kolonna yuqorisidan C1–C2, kolonna pasiki qismidan esa to’yingan absorbent bilan C3–S4uglevodorodlari chiqariladi. Frakstiyalovchi absorberdagi bosim odatda 12–20 atm.da saqlanadi. Bosim oshirilishi bilan gaz komponentlari yutilishi ortadi, ammo propanni yutilishi kamayadi va bu vaqtda etanni absorbstiyasi ma’lum darajada ko’payadi.

Rasm 24. 1- nasoslar, 2- sovutgichlar, 3- fraksiyalovchi absorber, 4- separator tomchi ushlagich. 5- quvurli pech. 6- issiqlik almashgich. 7,10,12,13- rektifikasiyalovchi kolonnalar. 8- havoli sovutgich. 9- yig’gich. 11- qaynatgichlar.


Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish