Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi


Nеft mоylаrini tаnlаb eritаdigаn erituvchilаr tаsnifi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana25.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#704520
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abror 20-16

Nеft mоylаrini tаnlаb eritаdigаn erituvchilаr tаsnifi, 
Moy frakstiyalari uglevodorodlarning har xil sinflari va geterostiklik 
birikmalarning aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarni fizik xossalari ularni 
ma’lum sifnlarga mansub ekanligini va molekulyar massalariga bog’liqdir. 
Geterostiklik uglevodorodlarning fizik xossalari boshqalardan farq qilib, ular har-
xil haroratda, har-xil tezlikda organik erituvchilarda tanlab eritiladi. Selektiv 
erituvchilar deb, shunday suyuq moddalarga aytiladiki, ma’lum haroratda neft 
mahsulotlari 
aralashmasidan 
faqat 
keraksiz, 
tozalanishi kerak bo’lgan 
komponentlarni ajratib oladigan, bu jarayonda boshqa uglevodorodlarni eritmasdan 
va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi. Tozalash maqsadlari uchun 
shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular birbiridan keskin farqlanadigan erkin 
haroratda har-xil moddalarni eritadigan bo’lsin. 
Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadi va keraksiz komponentlar 
eritmalardan cho’ktirilib, osongina ajratiladi. Shu tamoyilga asosan smola-
asfaltenli birikmalar va qattiq uglevodorodlar ajratib olinadi. Boshqa jarayonlarda 
esa buni teskarisi bo’lib, erituvchilar kerakli komponentlarni eritmasdan, keraksiz 
komponentlarni eritib yuboradi. Bu usul moylarni fenol va furfurol bilan selektiv 
tozalashda qo’llaniladi. Tozalangan mahsulot va keraksiz komponentlarning 


14. Maxmatqulov Abror 
konstentrati har-xil jarayonda o’zini nomiga ega. Masalan: deasfaltizastiya 
jarayonida tozalabolingan moy deasfaltizat deyiladi, smolali-asfalten moddali 
konstentrat esa smola-asfalten deyiladi. Deparafinlash jarayonida olinadigan 
maxsus deparafinlangan moy, deparafinat, qattiq uglevodorodlarni esa gach yoki 
petrolatum deyiladi. 
Fenol yoki furfurol bilan tozalanganda toza moy-rafinat va smola asfaltenli 
polistiklik aromatik uglevodorodlar aralashmasi- ekstrakt deyiladi. Erituvchilar 
selektiv ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to’liq eritadi va ikkinchisi 
qisman. Masalan, fenol polistiklik aromatik uglevodorodlarni yaxshi eritadi, lekin 
shu bilan birga moyli uglevodorodlarni ham qisman eritishi mumkin. Distillyat 
moy frakstiyalari, odatda, deasfaltizastiya qilinmaydi. Distillyat va qoldiq moylarni 
umumiy texnologik sxemasi shu bilan farq qiladi. Moy frakstiyalari tozalangandan 
so’ng, ularning rangi o’zgaradi, ular ancha rangsizlanadi. Smola va polistiklik 
aromatik uglevodoordlardan tozalash natijasida moylarni kokslanishi va 
qovushqoqlik indeksi oshadi. Smola va to’yinmagan uglevodorodlardan tozalash 
moyni termik barqarorligini oshiradi.
Kislota xususiyatiga ega bo’lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya 
aktivligin pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish haroratini 
pasaytiradi. Moylarni tovar holatiga keltirib tayyorlash kompoundirlash 
qurilmasida olib boriladi. Engil, o’rta va og’ir distillyat hamda qoldiq komponent 
bo’lsa moylarni xoxlagan navini tayyorlash mumkin. Moylarni tozalash jarayonida 
selektiv erituvchilardan foydalaniladi.
Selektiv erituvchilar suyuq modda bo’lib, ma’lum haroratda aralashmasdan, 
faqat ma’lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o’zi erimasdan) 
ajratib boradi. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadigan va keraksiz 
komponent cho’kmaga tushadi, engili ajratib olinadi. Deasfaltizastiya va 
deparafinizastiya ana shunga asoslangan. Erituvchilarga (fenol, furfurol, N- 
metilpirrolidon, dixlor etan, suyultiruvchi propan, karbomidlar) suv, benzol, toluol 


15. Maxmatqulov Abror 
qo’shib, ularning sellektivligini va erituvchilik qobiliyatini o’zgartirish yoki 
nazorat qilish mumkin bo’ladi.
Suv, benzol, toluollarni qo’shib aralashtirish erituvchilarni sellektivligini 
o’zgartirib yuboradi. Suv qo’shilganda sellektivlik oshib, umumiy erituvchanlik 
pasayadi. Benzol va toluol qo’shilganda esa erituvchilarning sellektivligi pasayadi 
va umumiy erituvchanlik ortadi.
Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish. 
Saylovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo'lib ma'lum haroratda 
aralashmadan faqat ma'lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o'zi 
erimasdan) ajratib beradi. Ba'zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadilar va 
keraksiz komponent cho'kmaga tushadi, yengil ajratib olinadi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish